Termistorlar temperaturani olisdan turib o‗lchashda, yong‗inga
qarshi
signal berish qurilmalarida va boshqalarda qo‗llaniladi.
Texnika va amaliyotda fotorezistorlar yoki fotoqarshiliklar keng
qo‗llaniladi. Fotorezistorlarning ixcham va yuqori darajada sezgir bo‗lishi
kuchsiz yorug‗lik oqimlarini qayd qilish va o‗lchashda ulardan fan va
texnikaning turli sohalarida foydalanishga imkon beradi.
Fotorezistorlar
yordamida sirtlarning sifat
i aniqlanadi, buyumlarning o‗lchamlari nazorat
qilib turiladi va hokozo.
Elektron, ion va yarim o‗tkazgichli asboblarning tuzilishi, ishlash prinsipi
hamda ularning fan, sanoat va texnikaning turli yo‗nalishlarida
qo‗llanilishi bilan shug‗ullanadigan musta
qil soha elektronika deyiladi.
Elektronika asbob-uskunalaridan texnologik jarayonlarni kompleks
avtomatlashtirish, tovarlarni ishlab chiqarish
jarayonlarini nazorat qilish,
rostlash va boshqarishda keng va samarali foydalanilmoqda. Chunonchi,
o‗zgaruvchan tokni o‗zgarmas tokka aylantirishda asosan yarim
o‗tkazgichli
to‗g‗rilagichlar
ishlatilmoqda.
Elektron
hisoblash
texnikasining gurillab o‗sishi, avtomatik boshqarish sistemalari (ASU)
ning
yaratilishi, yarim o‗tkazgichlar texnologiyasi va texnikasining
rivojlanishi, plyonkali integral mikrosxemalarning yaratilishi va
qo‗llanishi bilan uzviy bog‗langan.
Yarim o‗tkazgichli asboblar elektron va ion
asboblarga nisbatan quvvat
isrofi kamligi, gabarit o‗lchamlari va massasining kichik (ixcham)ligi,
arzonligi, mexanik jihatdan pishiqligi, xizmat davrining kattaligi va ishga
tushishining oddiyligi va qulayligi kabi afzalliklari tufayli keyingi yillarda
radiotexnika, energetika, avtomatika,
telemexanika va hisoblash
texnikasining qator sohalarida keng qo‗llanilmoqda.
Diod, tranzistor, rezistor, induktivlik, kondensator
kabi jajji asboblarning
maxsus texnologiya asosida plyonkaga bosilib, o‗zaro biriktirilishidan
hosil bo‗lgan sxemalar mikrosxemalar deyiladi. Bu sxemalarni yaratishda
elektron
–
nur va lazer texnikasidan foydalaniladi.
Murakkab
elektrotexnik va elektron hisoblash mashinalarida bunday jajji asboblar
ming-minglab ishlatiladi. Shu sabali ularning ixcham va pishiq,
ishlatishga qulay bo‗lishi juda katta ahamiyatga egadir.
Har biri o‗z vazifasiga (funksiyasiga) ega bo‗lgan
mikrosxemalar
yig‗indisidan iborat murakkab funksiyali sxema integral sxema deyiladi.
Hozirgi paytda integral sxemalar asosida turli-
tuman og‗ir va xavfli
texnologik vazifalarni to‗la
-
to‗kis bajaruvchi robotlar yaratilgan va ularni
takomillashtirish borasida katta ishlar olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: