G`ofurova Zilolaning “Rauf Parfining “Turkiston yodi” she`ri badiiy tahlili” mavzusida yozgan kurs ishi Reja



Download 37,01 Kb.
Sana11.03.2022
Hajmi37,01 Kb.
#489068
Bog'liq
Rauf Parfining “Turkiston yodi” she`ri badiiy tahlili


Andijon Davlat Universiteti
filologiya fakulteti o`zbek tili va adabiyoti yo`nalishi 402 – guruh talabasi
G`ofurova Zilolaning
“Rauf Parfining “Turkiston yodi” she`ri badiiy tahlili” mavzusida yozgan

kurs ishi


Reja.
1. Kirish.
2. Asosiy qism.
2.1. Rauf Parfining badiiyatiga bir nazar.
2.2. “Turkiston yodi” she`ri badiiy tahlili.
2.3. “Turkiston yodi” she`ri va istiqlol adabiyotshunosligi.
2.4. “Turkiston yodi” she`ri mazmuni va obrazlar tizimi.
3. Xulosa.
4. Adabiyotlar ro‘yxati.

Kirish.
Аsl shoirlarning tarjimai holi nihoyatda qisqa, taqdirlari esa gʼoyat uzun boʼladi. Tugʼilishu soʼnggi nafas oraligʼida kechgan umr, bu — yorugʼ qismat, achchiq koʼrgulik. Tun bilan kunlarning, shom bilan tonglarning oʼrin almashinishi, bu — tabiat silsilasining shunchaki bir odatiy koʼrinishi, holati emas. U — ezgulik bilan yovuzlik, mutelik bilan erkin nafas, yaxshilik bilan yomonlik, adolat bilan yolgʼon-riyo, nur bilan zulmat oʼrtasida kechadigan azaliy va abadiy kurash, muhoraba jarayonlari. Qismat — bu sheʼriyat. Sheʼriyatda shoirning birovdan yashiradigan maxfiy narsasi yoʼq. Faqat sheʼrning sir-asrori boʼladi. Bu — badiiyatga aylangan qismat. Taqdirning olov koʼzlarini koʼngliga joylagan sheʼr. Rauf Parfi ilk sheʼrlaridanoq dunyoqarashi, ruhoniyati, maʼnaviy eʼtiqod shakllangan ijodkor sifatida oʼzligini namoyon qildi. XX asrning 60-yil oʼrtalari, 70-yil boshlari sheʼriyatga kirib kelgan, yorqin oʼzligini namoyon etgan Rauf Parfi yangi, ohori toʼkilmagan, kutilmagan noanʼanaviy majoziy (Qushcha, Chiroq, Daraxt, Nay, Nur) obrazlari bilan adabiy jamoatchilik muhabbatini qozondi; majoziy obrazlilik asosiga qurilgan badiiy tafakkur tabiati bilan el-yurt nazariga tushdi. Rauf Parfi sheʼrlaridagi insonga mehr-muhabbat harorati, ishonch-eʼtibor ruhi, dardchil-maʼyus va mahzun ohang, koʼz koʼrmagan, quloq eshitmagan samimiylik koʼzga surtgudek eʼzoz-ehgirom topdi. Va yanayam muhimi, shoir asarlarining ijtimoiy-falsafiy magzi sheʼriyatimizda yangi yoʼnalish edi. Xususan, birinchidan, hayotdan -tiriklikdan maqsad ruhni kamol topdirishdir. Ikkinchidan, ruhiy erkinliksiz bani odam oʼzligini namoyon qila bilmaydi; uchinchidan, milliy birliksiz millat, xalq oʼz borligʼini saqlab qola olmaydi, degan ustuvor gʼoyalar shoir sheʼriyatining estetik qimmatini belgilab berdi. «Аyni orzularda, ayni qaygʼularda, ayni sevinchlarda yashamoq» tiriklikning mohiyatidir, deb bilar edi u. “Turkiston yodi”da kuzatilganidek, jamiyat voqeligiga, davrning siyosiy nafasiga munosabat ishoralar orqali ayonlashayotir. Shartli maʼnodorlik yuzaga chiqayotir. Oʼq, tomir, havo, gʼisht, singari detallar vositasida hayotdagi nohaqlik, zulm-zoʼravonlik, jamiyatda ildiz otgan, keng palak yozgan adolatsizlik koʼrinishlariga lirik qahramonning munosabati oydinlashmoqtsa.

Rauf Parfining badiiyatiga bir nazar.


Rauf Parfining ilk sheʼrlaridan eʼtiboran erk istagi va ozodlik ruhi, jamiyatdagi zulmga, ijtimoiy adolatsizlikka, tengsizlikka, nohaqlikka qarshi isyon gʼoyalari yetakchilik qiladi. Shoirning 70-yillar boshida kurtak yozgan, uch koʼrsatgan ruh erkinligi, fikr erkinligi, qalb hurligi gʼoyalari keyingi bosqich sheʼriyatimiz taraqqiyotida millatsevarlik, millatparvarlik yoʼnalishining oʼzak magʼzini tashkil etdi. Rauf Parfi ijodining ijtimoiy-estetik mohiyatini, salaflaridan, ustozlaridan, tengqur shoirlardan farqlanib turgan badiiyatining tabiatini belgilab berdi. Dalalar, tigʼlar ramzli obrazlar zimmasiga shoir chuqur maʼnolar yuklaydi. Xususan, osuda cheki yoʼq osmon ogʼushida dalalar shunchaki yastanib qolmayapti. Ular oʼy surishga chaqiryapti. Oʼylar esa “qancha qochsang, shuncha qilgay hujumlar”. Mil tortgan chizgu— lirik qahramonning xotiralaridir. U odamlarning dilidagi armonlarini, gʼamlarini, tilining uchida yongan dardlarini yodga solyapti. Shuning uchun ham «Bu kenglikda oʼylar meni gʼijimlar».Ramzli obrazlarga yuklangan mazmunni oʼqish unchalik qiyin emas. Hotira — mustamlaka zulmatiga choʼmgan jamiyat, oʼylar — odamlar ongi tafakkuriga fikr yorugʼligini eltishga tutingan shoir dardi. Oʼylar — faqat yetaklayotgani yoʼq. Ular hasratga botib kuylayapti. Demak, odamlar koʼnglini yangi tuygʼular, kechinmalar bilan boyitadi, poklaydi.
Yigʼla, endi koʼzim, sen-da yigʼlab ol,
Toʼysin koʼz yoshingga bu turkiy sitam. - satrlari bevosita 80-yillardan jamiyatda siyosiy vaziyat hiyla yumshatilganiga, odamlarga eʼtibor ortganiga, shaxs erki uchun otlangan kurashchan Soʼz maʼnaviy hayotda tong yangligʼ, Oftob yangligʼ maqomga erisha boshlaganiga bir ishoradir. Yangi obrazlar vositasida ayonlashayotgan maʼno teranligi va fikriy qudratdir.
Rauf Parfining ilk sheʼrlarida kuzatilganidek, badiiy idrok va ifoda tarzi, tafakkur tabiati va timsolli obrazlari bilan oʼziga xos betakror uslubga ega boʼlgan shoir koʼz ochgan, oʼz nuqtai nazari bilan dunyo shevalarini taniy boshlagan, oʼzligini ham dunyoga tanitishga tutingan shaxs edi. Bu — Rauf Parfi fenomeni edi.
Insonning ruhoniy erkinligi masalasi Rauf Parfi ijodining oʼzak magʼzini tashkil etadi. Shu boisdan ham shoir lirikasida tuygʼular hayotini, kechinmalar manzarasini holat-kayfiyatlar suratini chizish alohida tamoyilga aylangan. Shu boisdan ham uni tuygʼu-kechinmalar musavviri deyishadi. Shu maʼnoda birgina “Turkiston yodi”ning boshlanishini koʼzdan kechirish kifoya. Osmon — sharqona tasavvurlarga koʼra — qut-baraka, ilohiy neʼmat, yaxshilik va ezgulik urugʼi. Unga shoirlar oʼz ruhoniy holatlari, kayfiyatlariga monand maʼnolar yuklashadi. Yaʼni, har bir shoir oʼz estetik printsiplaridan kelib chiqib, osmon vositasida turfa xil badiiy-falsafiy mazmunni ifodalashga intiladi.
Lirik qahramon kechinmalari osmonga esh. Undan surur, umid tuyadi.
Koʼrinadiki, timsolli, majoziy lirizm Rauf Parfi uslubining oʼtli nafasi, oʼzak magʼzi. Davr voqeligiga, jamiyatdagi hodisalarga, inson shaʼni-erkini, haqni oyoq osti etuvchi, adolatsizlik koʼrinishlarini yuzaga chiqaruvchi ijtimoiy zulmga qarshi tugʼyon Rauf Parfi sheʼrlarida tuygʼular realizmi ustivor deyishga asos beradi. Rauf Parfi XX asr oʼzbek poeziyasida fikr bilan kechinmaning sintezini badiiy sanʼat darajasiga koʼtargan, sof tuygʼuning tabiiy oqimini, qabariq majoziy ifodasini omuxtalashtirgan betakror uslub yaratdi. Bu — XX asr oʼrtalaridan eʼtiboran XXI asr oʼzbek sheʼriyati taraqqiyotida alohida yoʼnalish kasb etdi. Mustaqil badiiy idrok va ifoda madaniyati sifatida shakllandi.XX asrning 80-yillar oxirlari, 90-yillar boshlaridan eʼtiboran oʼzbek sheʼriyatiga Rauf Parfi olib kirgan yangi epkin mustaqil badiiy-estetik yoʼnalishga aylandi. XXI asr oʼzbek badiiy-estetik tafakkurida ham Rauf Parfi tamal toshini qoʼygan timsolli lirizm, majozlar asosiga qurilgan idrok va ifoda madaniyati ustivorlik qilmoqda. Mana, vafotidan soʼng ham, u oʼz Soʼzi bilan oʼzbek sheʼriyati hissiy tafakkur gulxanining taftini oshiryapti. Boʼy-bastini yuksaltiryapti. Kechinmali mushohadalari bilan fikrchan hislarini koʼngil gulxanida yoqayapti. Ne tongki, hamma shoirlarning ham yuragi bu gulxanda yonavermaydi. Bu shunday bir otashgohki, barcha shoirlarni ham oʼz bagʼriga olavermaydi.

“Turkiston yodi” she`ri badiiy tahlili.


Rauf Parfi yuragi — boqiy sheʼriyat gulxanida yonayapti. Odamlarning ongiga nur, qalbiga harorat choʼgʼlarini qalayapti, alangalatyapti.
Bu — shoirning yorugʼ qismati. Balki, peshonasiga bitilgan yozugʼi — tolei shudir. Bu — oʼzbek badiiy Soʼz madaniyatining baxti. Xudo yuqgirgan yorugʼlik sharofati. Zero, Qodir Egam nazari, boqiy nazarkardalik ham benazir qismatdir. Аsl shoir sheʼriyati, bu — uning tarjimai holi. U oʼz yuragidagi ranglar maʼnosini tarjima qilib berayotgandek tuyuladi. Rauf Parfi sheʼriyatining obrazlar tizimini, tahayyulli tafakkur tabiatini, serqatlam ramzlar maʼnosini idrok etish uchun maʼlum adabiy tayyorgarlikka ega boʼlish kerak.
Xususan, maktab oʼquvchisidan tortib akademikkacha, dehqonu ishchigacha, shofyoru shaxtyorgacha, farroshdan tortib korandayu olimgacha — ommabop shoirlar asarlaridagi tagmaʼnoni, aytilmoqchi boʼlgan fikrlarni soʼzlab berishlari mumkin. Va lekin, Rauf Parfi sheʼrlarining magʼzini chaqish, ikki karra ikki — toʼrt qabilida oson emas. Buning uchun charxlangan badiiy did, adabiy malaka taqozo etiladi. Shu maʼnoda, Rauf Parfini ommabop shoir, deyish qiyin. Yaʼni, yetti yoshdan yetmish yoshgacha hammaga birdek tushunarli emas.
Shu bilan barobar, el-yurtda nihoyatda mashhur. Tiriklik chogʼidayoq ijodiy maktabini yaratgan shoir sifatida elda aziz boʼlgan. Tirikligidayoq XX asr oʼzbek sheʼriyatining klassigiga aylangan. Ushbu goʼzallik hodisasining jozibasi, shukuhi, tarovati nimada? Sheʼrlarining qatimiga yashiringan maʼnolar mohiyatini darrov aytib berishi qiyin. Va hatto, uch-toʼrt oʼqigandan keyin ham kosa tagidagi nimkosa — tagdor maʼnolarni xamirdan qil sugʼurgandek sip-silliq aytishga qiynaladi. Va lekin, Rauf Parfi sheʼrlaridagi majoziy obrazlilikning «hazm» boʼlishi murakkab emas. Kimlardir togʼ havosidan yoki gulzor atridan, kimlardir dengiz havosi yoki jiydazorning ifori epkinidan beadad bahra oladi. Olam-olam zavq, surur tuyadi. Va aksincha, kimlarningdir oʼpkasi yoki yuragi xasta boʼlsa, dengizning salqin shabadasidan, togʼning muzdek chinni havosidan bebahra oʼtadi. Shu boisdan bir narsadan hamma ham birdek rohat-farogʼat tuyushi, beadad surur-zavq olishi amri mahol.
Demak, aytish joizki, lazzatlanish, zavqlanish, maftunkorlik va hayratlanishning barcha turlari uchun mezonlar bir xil emas. Shu maʼnoda, didlar va saviyalarni bitta qolipga solib boʼlmaydi. Harorati va darajasini bir xil mezon bilan oʼlchash ham mumkin emas. Bu oʼrinda Rauf Parfi lirikasining oʼziga xosligini belgilovchi asosiy omil, bu — janrlar xilma-xilligi emas. Аksincha, ana shu turfa xil janr va sheʼriy shakllarni yuzaga keltirgan badiiy tafakkur tabiatidir. Xususan, fikriy-hissiy maʼnoning fojeiy hazin ohangga yoʼgʼrilganligi Rauf Parfi uslubining zohiriy alomati.
Serqatlam maʼnoli metaforalar asosiga qurilgan shoir lirikasi yangi sheʼrni yuzaga keltirishi bilan barobar yana yangi shaxslar avlodining ham tugʼilishi va shakllanishiga zamin yaratdi. Istibdodga, xiyonatga, yolgʼon va zulmga qarshi isyonkor lirikasi yurakdan chak- chak tomayotgan qon zardoblarini eslatadi. Erk, haqiqat, ezgulik va goʼzallikning taʼmi, rangi, chehrasi umumbashariy. Dunyodagi barcha ellar va elatlar uchun tanish, jondosh va qondosh. Rauf Parfi sheʼriyatidagi Ishq, Qush, Daraxt, Nur timsollari erkka intilib yonib yashayotgan shaxs ruhoniy hayotini aks ettiruvchi yangi ramzli maʼnodorlik kasb etdi. Bu — lirik qahramonning oniy kayfiyatini ifodalayotgan holat emas. Bu — ruhning hayqirigʼi. Jamiyat illatlaridan yuz burgan, chirkin muhitdan bosh olib ketib pokiza havolarga choʼmgan, olovga oshno tutingan haq Soʼz. U yolgʼonga, xiyonatga, zulmga qasida toʼqishdan koʼra bokiralikning, yorugʼlikning oyogʼini oʼpishni maʼqul koʼradi. Oʼziga munosib biladi. Mahzun asnolarida lirik qahramon chaqmoq bilan, momaqaldiroq bilan soʼzlashishni xush koʼradi. Boisi, chinakam shoir quyoshning oyogʼida, olovning quchogʼida yashaydi, deb biladi. Sheʼr — yorugʼlik bilan olov farzandi, deydi u. Yonmagan dil bamisoli qoʼlmak suv. Kul uyumlari orasida miltiragan choʼgʼdan alangalar hosil qilmagan kimsa — bamisoli tunda yaltiragan shilliq qurt.
Rauf Parfi sheʼriyatida tabiat unsurlari, moddiy olam oʼz hayoti, xayollari bilan yashaydi. Xoh osmon kengliklariyu yudduzlarmi, xoh bulutlaru oftob nurlarimi - barchasi oʼz quvonchi, tashvishi, dardi-dunyosi bilan betakror qiyofasini namoyon etadi. Sirli olam sinoatlarini tushunishga koʼmak beradi. Tabiat obrazlari koʼzimizga singib kirarkan, koʼnglimizdan joy oladi. Yana muhimi, tabiat detallari, ranglari, obrazlari jamiyatni, insonni tushunishimizga koʼmaklashadi.
Tomchida oftob aks etgani singari Rauf Parfi sheʼrlari — bu shaxs ruhoniyatining namoyon boʼlish holatlarini aks etgiradi. Qaysi satrini oʼqimang, undan shoirning nigohini tuyasiz, nafasini his etasiz. Oʼtkir, sinchkov, olov koʼzlarini koʼrasiz. Har bir sahifadan yurib kelayotgan, qoʼl choʼzib, «Аssalomu alaykum», deya soʼrashayotgan ochiq chehra shoirning oʼzi bilan tanishasiz.Shoirning ilk sheʼrlaridan boshlab, Tong, Oʼlim, Oftob, Nur, Daraxt, Qushcha timsollari, Oq va Qora rang obrazlari uygʼoq «men»ning, betakror shaxsning behalovat ruhiyatiga esh. Ulardagi teran maʼno qirralari qirgʼoqlarga urilib qaynab chiqayotgan, oʼz irmogʼini ochib ketayotgan buloq mavjlarini eslatadi. Аytish mumkinki, shoir har bir sheʼridan oʼzini izlaydi. Jamiyat va inson sir-sinoatlariga, hukmron mafkura kirdikorlariga - oʼyinlariga munosabat bildirayotgan uygʼoq dilning timsollarga aylangan nolalari, dardlari koʼzlarini ochadi.Yovuzlik, zulm-qabohat oʼlim bilmaydi. Аksincha, yoʼqdikka suyanib ezgulik va yorugʼlikning kushandasi boʼlib qolaveradi. Yomonlik, yovuz kuchlar yorugʼ orzu-umidlarning hayotiga zomin boʼlaveradi. Erkni, hur fikrlarni boʼgʼizlab, qonini ichaveradi. Dunyo shevalari munchalar chigal, turfa va jumboqli. Jannat bilan doʼzax, kun bilan tun, issiq bilan sovuq, olov bilan suv, tiriklik ila oʼlim “ bari insonning ikki dunyosi uchun.
Ne saodat va ne qabohatki, inson feʼlida shaytonu koʼnglida rahmon yashaydi: hurlik ila qullik ham insonning bir burda umriga sinov. Bu dunyosi — yorugʼligiyu, u dunyosi — oxirati uchun ham sinov. Inson — ikki dunyo ziynati. Inson qismati munchalik chigal? Har bir odimida, har nafasida fojea yoʼldosh.
Rauf Parfi sheʼriyati insonning ana shu azaliy yozugʼi haqida. Peshonasiga bitilgan yozuqning fojeali ruhi toʼgʼrisida. Bu — shoir sheʼriyatining badiiy-estetik asosi “ qon tomiri. Lirik qahramon qoʼlida qora lola. Yongan, kuygan va lekin, ado boʼlmagan jola. U endi tirik nola; tugʼyon va isyon. U endi fikrlarning uyini kuydiradi. Kechinmalarning suyak-suyaklarini burdalab yoqadi. U lirik qahramonning mutelik holatiga, qullikning uyiga oʼt qoʼyadi. Bor-budini, oʼzini ham yondiradi. Soʼzlar yonganda ana shu taxlit dunyoga oʼt ketadi. Hoʼlu quruq baravar kuyadi.
Barru bahrlar alanga ichida qoladi. Bu — badiiy Soʼzning qudratidan. Shoir isteʼdodining chaqmoqlarga, momaqaldiroqlarga aylangan sehrli qudratidan. Sarbast, xokku, tanka, sonet, sakkizlik, oltilik, toʼrtlik, fard va h.k. lirika janrlari va poetik shakllardagi izlanishlari isteʼdodning zohiriy koʼrinishlaridir. Rauf Parfi yaratgan yangi Soʼzning magʼzini, yangi sheʼrning tabiatini olam, jamiyat va odamni yangicha anglash, tushunish hamda anglatish madaniyati tashkil etadi. Ilmiy ifoda bilan aytganda, badiiy uygʼunlikning yangicha koʼrinishi yuzaga keldi, demakdir.
Rauf Parfining milliy madaniyatimiz taraqqiyotidagi, badiiy tafakkur takomilidagi oʼrni va xizmatlari yana shu narsa bilan belgilanadiki, u yangi Soʼzni, yangi mazmunni qabul qiladigan, vujudiga singdiradigan va oʼzgalarga ham tushuntira biladigan kitobxonlar zumrasini yuzaga keltirdi. Tarbiyalab, kamol topdirdi. Buning uchun Sharq, Gʼarb va Lotin Аmerikasi (yapon, hind, turk, arab, frantsuz, nemis, ingliz, rus, ozarbayjon, chili, italyan va h.k.) badiiy anʼanalarini oʼrganish, oʼzlashtirish hamda oʼzbek milliy madaniyatiga muvofiqlashtirishdek katta va masʼul vazifani ado etdi (Isikava Takuboku, Rabindranat Thakur, Nozim Hikmat, Jubron Halil, Pol Elyuar, Sen-Jon Persi, Jak Prever, Pol Valeri, Rene Shar, Giyo Аpolliner, Bayron, Hugo, Pushkin, Blok, Kvazimodo, Husayn Jovid, Pablo Neruda va h.k.).
Rauf Parfi ijodiy tajribasining oʼzbek poetik soʼz madaniyatidagi novatorligi shundan iboratki, u boy badiiy anʼanalardan voz kechmadi. Ularga tayanib, oʼz soʼqmogʼini ochishga, oʼz yoʼlini belgilashga erishdi. Mavjud hijo tizimiga asoslangan turkiy sheʼr madaniyatini, tarkiblarini takomillashtirdi, boyitdi, rivojlantirdi.
Mumtoz sheʼr madaniyatidagi, xalq ogʼzaki ijodidagi sheʼr tuzilishining pinakka ketgan shakllari koʼzlarini uyqudan uygʼotdi. Qaytadan jon bagʼishladi, qanot berdi.
XX asr tongi adabiy hayotiga oqib kelgan nasriy sheʼrni qiyomiga yetkazdi. Goʼzal badiiyat namunalarini yaratdi. Oʼzbek poetik madaniyatiga verlibr sheʼr tuzilishini olib kirdi, deyish ancha cheklanganlik boʼlurdi. Erkin sheʼr tuzilishi turkiy sheʼr uchun begona emasligini, qadimiy sheʼr madaniyatimiz tarixida mavjud boʼlganligini ijodiy tajribasi orqali tasdiqladi. Ularni XX asr oʼzbek xalqining nafaqat orzu-armonlari, dardi-alamlari, shu bilan barobar yana tafakkur madaniyati, qalb zarblari, oʼzbekona milliy ruhi bilan boyitdi. Sonet, xokku, tanka va h.k. jahon sheʼriyati janrlariga, poetik shakllariga milliy ruh olib kirdi. Tomirlariga turkona harorat, olovli soʼz va tafakkur nurini qoʼshdi.Rauf Parfi oʼziga xos oksimoron obrazlar tizimini yaratdi. Sheʼriy satrlar musiqiyligini kuchaytirishda hayratangiz izlanishlar olib bordi. Satrlar takrorida nafaqat fikriy koʼchimlarni, yana his-tuygʼular toʼlqinini, kechinmalar poʼrtanasini vujudga keltirdi. Ushbu jarayonda emotsional holat va kayfiyatlardagi, ruhoniy kechinmalardagi hislar oqimi favqulodda sheʼr musiqiyligini hosil qiladi. Bu — yolgʼiz Rauf Parfi ijodiy izlanishlari uchun xos boʼlgan betakror samaradir. Satrlarning ichki qofiyalanishi, alliteratsiya — ohangdosh soʼzlar bilan boyitilishi sheʼrning emotsional taʼsir kuchini oshiradi. Tafakkur toʼlqinining ong-shuurlarda mixlanib qolishini taʼminlaydi, asoslaydi.

“Turkiston yodi” she`ri va istiqlol adabiyotshunosligi.


Rauf Parfi qalamiga mansub “Turkiston yodi” sheʼri mustabid tuzim istibdodini asoslab bera olgan sodda tilda yozilgan nazm hisoblanadi. Bu sheʼr orqali tmustabid tuzimda mustamlakalarga oʼtkazilgan zulm haqida bilib olish mumkin.
Poetik goʼzallikning eng chiroyli, sodda va xalqona goʼzal namunalari inson qalbida kuy boʼlib yangrashi shu xalqqa daxldor boʼlgan insonni befarq qoldirmasa kerak. Uni qogʼozdan qalbga koʼchirishni uddalay olgan shoir Rauf Parfi qalamiga mansub boʼlgan “Turkiston yodi” ham ana shunday yaxshi asarlardan biri hisoblanadi. “Turkiston yodi”ni oʼqigach, istibdod zulmi haqida, mustamlakaning chirigan siyosatini anglab, beixtiyor oʼyga tolamiz. Bizni shunday azoblarga giriftor qiilgan insondan oʼzbek xalqining bir vakili sifatida nafratlanamiz. Sababi bosqinchining qilmishi yuraklarga sigʼmaydi. Dushmanning zulmi kuraklarda turmaydi. Аna shunday zulmlarni va zulmlar sababchisini “Turkiston yodi”ni oʼqish jarayonida anglab boramiz.
Shu oʼrinda “Turkiston yodi”da shoir Mirtemirning oʼlimi borasidagi misralarga ahamiyat bersak:
Kecha sodiq oʼgʼling oʼtdi dunyodan,
Saxiy inson edi, u shoir edi.
Sanchilib yashaydi bir umr yodda,
Ketayotib, men yigʼlab, boʼldim, dedi.
Yoshlik davrida uzoq oʼlkalarga qamoq jazosini oʼtash uchun yuborilgan oʼzbek yigitining dardi bor bunda:
«Yolgʼon daʼvo qilganlar…» Soʼzlar shoir.
«Oqni qaro deganlar…» Аyting, kimlar?!
Keyingi misralarda shoir aybdori kimligini aytadi:
Maqbara boshimga yiqilar hozir,
Yana tovush: «Harom yegan hokimlar…»
Zamon zayli bilan mehribon millatimiz, soddadil xalqimiz baxtni rus millati olib keldi deb oʼylaydi. Vaholanki, musulmon xalqimiz boriga qanoati, Аllohdan qilgan andishasi ila, mustamlaka boʼlganligini anglamagan hatto. Аllohdan qoʼrqmaydigan, mustabid tuzumning tizimidan chiqmaydigan odamlar shu tizimning boshqaruvchilari hisoblanardi. Ular inson taqdiriga mutlaqo befarq qaraydigan ateistlar va boshliqning soʼzini soʼzsiz bajaradigan qullar kabi martabada boʼladi. Qilmishlari bilan beozor xalqni bezor qiladi.
Sheьrda shoirning boshiga tushgan azob-uqubatlar, ranjlarning sababchisi xokimlar hisoblanadi.
Rauf Parfi haqli ravishda Vatan lirikasining eng yaxshi vakillaridan biri hisoblanadi. Vatanga bag‘ishlangan she’rlari mumtozdir. Shu bilan birga, shoir ko'pincha yangilikchi sifatida harakat qildi, o'z davrida mavjud bo'lgan adabiy qonunlarni pisand qilmay, dadil qadam tashladi. Ana shunday noodatiy asarlar qatoriga “Turkiston yodi” (1981) she’rini aytish mumkin. " Turkiston yodi " she'ri avvalgi ijodi mahsullaridan keskin farq qiladi. Shoir o'sha paytda ko`plab yo`qotishlarni boshidan o`tkazgan edi, shuning uchun u hayotni asta-sekin so'nayotgandek qabul qildi. Rauf Parfining “Turkiston yodi” (1981) she’ri bir qarashda shoir uchun an’anaviy bo‘lgan manzara lirikasi janriga ishora qiladi. Biroq, uning bu she`ri millat va yurt hayotidagi asosiy fojianing yashirin belgisini o'z ichiga oladi. Bu – Vatan ozodligi haqida xatto o`zaro fikr qila olmaydigan xalq iztirobi. Farovon hayot kechirayotganga o`xshasada, bu farovonlik xalqqa baxt keltirmadi, bu uning doimiy ruhiy bezovtaligiga sabab bo`ldi? Desa ham bo`ladi.
Lirik qahramon – bu shoirning o`zidir. Uning qalbi ko'plab qarama-qarshi tuyg'ularni boshdan kechiradi (gamgin va qayg'uli). Muallif uchun ular hamma narsadan ustun. Tabiat qahramonga e'tibor bermay, o'z hayotini yashaydi:
Naqadar uzundir, og‘irdir bu yo‘l,
Dalalar yastanib yotar ko‘k kabi.
Vaziyat birdan o'zgaradi. Lirik qahramon o`zining yolg'izligini keskin namoyon etadi:
Tig‘lab xotiramni osmon — cheki yo‘q,
Tizginsiz bu shiddat kenglik asabi.
Taxmin qilish mumkinki, muallifning fikrlari aralashgan, o‘z ahvolining jiddiyligini bezaksiz tasvirlagan :
Bu kenglikda o‘ylar meni g‘ijimlar,
Ul o‘z qofiyasin sudrab keladir.
Rauf Parfi o'zi yashagan yillarning ma'nosi haqida tobora ko'p o'ylardi. U Ona Vatanda yashab turib, Vatan sog`inchini his etar ekan, o`z tuyg`ularini she`rlarda bitdi. Buni hisobga olgan holda, kenglikda sayir etayotgan yo`lovchining tasviri orqali yozuvchi o‘zini kamayib borayotgan yillarida xaqiqatni ochishga ulgurishga xarakat qilayotganligini taxmin qilish mumkin. Uzoq umr maqsadsiz sargardonlikka o'xshaydi. U tezda uchib ketadi va cheksiz xotiralar qoldiradi:
Bu kenglikda o‘ylar meni g‘ijimlar,
Ul o‘z qofiyasin sudrab keladir.
Qancha qochsang shuncha qilgay hujumlar,
O‘q singari xotiramni tiladir.
Shoir o`zini dikkinafas bo`layotganday his etadi. Hayot endi unga yangilik keltira olmaydi. Vatan haqida o`ylari faqat og'riq va azob-uqubat keltiradi.
Ilgari sevgi qiziqishlari, mag'lubiyat va g'alabalar bo'lgan. Rauf Parfi farovonlik va shon-sharafga erishdi. Eng yaxshi yillar oldinda edi, voqe`likni xotirjamlik bilan idrok etish, hayot ostiga ma`nodor chiziq chizish qoldi.

“Turkiston yodi” she`ri mazmuni va obrazlar tizimi.


She’rning birinchi baytidan to so`nggi baytigacha g‘am-g‘ussa tuyg‘ulari bilan sug‘orilgan. Sovuq va befarq tabiat nihoyatda qayg'uli. Kenglik ma’yus inson ko‘ngliga shodlik keltira olmaydi. Vatanni sevgan odam kafasda o`zini xuddi shunday his qiladi. Uning hislari xiralashgan, hech narsa uni xursand qilmaydi. U uzoq vaqtdan beri barcha umid va orzulardan voz kechdi va kelajakdan hech narsa kutmaydi. Rauf Parfi har doim his tuyg`ularni nozik idrok etishi va tavsifi bilan mashhur bo'lgan. Ammo bu holda u ishlatgan epitet hayratlanarli - " Xotirot mozori ".
Tuyg'ularning qisqa muddatli tiklanishi endi odamni alday olmaydi. Baribir, uning so'nggi hissiyoti qayg'u bo'ladi. She’rda savol berilganda unga hayqirib javob beriladi. Ya`ni she`rda bizgacha etib kelgan yagona tovush bor. Bu kontseptsiyaning noaniqligi, aslida, qayg'u kabi, muallifning qaynoq tuyg`ularini bildiradi. She'rning o'lchami iambik tetrametrdir. Bu qayg'uli fikrlarni tasvirlash uchun juda mos keladi. Hissiylik asta-sekin o'sib boradi, lekin bir baytdan keyingi baytda muallif mo'tadil ritmga o'tadi.
Birinchi va ikkinchi baytlar ishlatilgan epitetlarning qarama-qarshiligi asosida qurilgan ("tig‘lab ", " tizginsiz " ," g‘ijimlar ", " sudrab "). Muallif timsollardan keng foydalanadi (“yorgay tomirimni ko‘r hayajonim”, “yana yiroqlarga chorlaydir moziy”).She'rda aniq voqea yo'nalishi yo'q, u taassurot va tuyg'ularning alohida parchasi. Muallif o'quvchini etishmayotgan tafsilotlarni taqdim etishga taklif qilganga o'xshaydi. Gamginlik har bir kishiga bunday tahlil uchun etarli vaqt beradi.
Rauf Parfining qarashlari har misrada namoyon bo'ladi. She'r inson xotirasiga bag'ishlangan, ammo bu faqat oxirida aniq bo'ladi. Ko'p sonli hodisalar, inson his-tuyg'ularidagi tartibsizliklar tasviri ajoyib bo'lib, mehrga to`la bir tuyg`uni yaratadi. Asarda syujet yo'q, lirik qahramon haqida faqat kichik ma'lumotlardan ("tig‘lab xotiramni osmon — cheki yo‘q ", " bu kenglikda o‘ylar meni g‘ijimlar ") taxmin qilish mumkin. She’rda turli olmoshlar qo`llanilgan (“kim”, “bu”, “men”, “sen”,). Bunday chalg`ishlar biroz charchatadi, lekin u oxirgi iborada ajoyib xulosaga keladi: " naqadar uzundir, og‘irdir bu yo‘l." Rauf Parfining yana bir usuli - fe'llarning to'liq yo'qligi. Dinamika hissi kaleydoskopdagidek miltillovchi turli xil otlarning tez o'zgarishi bilan yaratiladi. Sifatdoshlar kerakli joyda ishlatiladi.Va nihoyat, she'rning tuzilishiga e'tibor qaratish lozim. Bu bitta uzun jumla. Rauf Parfi an'anaviy to`rt qatorli misralardan foydalanadi, har uchinchi qatorga alohida urg'u berib, oraliq natijalarni umumlashtiradi. Umuman olganda, she`rda hissiy taranglikning kuchayganini qayd etish mumkin.
Nahotki, inson hayoti shunchalik beqadr boʼlgan boʼlsa, deb oʼylab qolasiz. Yoki oʼz aybini bilmay qamalgan Mirtemirni tuhmat tufayli Sibirga surgun qilinishi-chi? Oʼz dardlari bilan yurgan Mirtemirni tuhmat bilan qamalishi istibdod fitnasi emasmidi?
Millat ziyolilarini yoʼq qilish, xalqning uygʼonishidan qoʼrqqan insonga dushman sifatida qaralishini “Turkiston yodi”ni oʼqish jarayonida anglab borasiz. Xalqni uygʼotuvchi siymolarning qadri baland ekanligidan tashvishga tushganlar, oʼzlarining oʼrinlarini yoʼqotib qoʼyishdan qoʼrqib, ularni tutib berishda qatnashadilar va xoinlik koʼchasiga qadam bosadilar.
Аmmo oʼz ayblaridan qoʼrqmaydigan kimsalar, ulardan keyigni insonlar uni yomon koʼrishidan qoʼrqmaydilarmi? Qamoqxonada kogʼozlardan quroq qilgan qaysi bobomizning bizga atagan merosini yoʼq qilib tashlagan u nozirni inson deb atay olamizmi? Choʼlpon, Аbdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Fayzulla Xoʼjaev, Mirtemir va Turkistonni uygʼota oladigan millatimizning va millatlarning ogoh insonlarini qatagʼon qilinishi, aslida bu razilliklarga bardosh berolmagan halq “nolasi” emasmidi?
“Turkiston yodi”ni oʼqigan inson kechinmalari yuraklarni jiz ettirib ketadi. Аyniqsa, begunoh insonlarni qamoqxonada soʼroqqa tutilishi, sobiq shuro boshqaruv tizimining eng jirkanch jinoyatlaridan biridek tuyuladi. Yaxshi hamki Mirtemir oqlandi, yaxshi hamki yana yashashga kuch topdi.
“Turkiston yodi”ni oʼqib, ramziy obrazlar va sodda barkamollik uning eng yaxshi topilmalaridan biri ekanligiga yana bir bor amin boʼlasiz.
Rauf Parfi sheʼriyatining eng oliy fazilati, fikrimcha, bu uning sof va pok samimiyatida mujassamdir. Samimiyat, xalqona ruh uning sheʼrlarini jilolantirib, bezab, ularga betakror koʼrku tarovat bagʼishlaydi. Eng yaxshi fazilatlaridan yana biri - loqaydlikdan yiroqlik, hayotga befarq emaslik. Kuykanak koʼngil, ammo yigʼloqilik, qoʼl qovushtirib, taqdirga tan berib oʼtirish unga yot. U koʼrgan, zavqlangan yoki nafratlangan narsasini darhol ifodalashga intiladi, qoʼliga qalam oladi. Ijodining tematikasi ham keng. “Turkiston yodi”da boʼy choʼzib turgan muhtasham obraz - bu, albatta, Vatan obrazi, Oʼzbekiston timsoli.
Rauf Parfining Vatanga muhabbati juda gʼaroyib. Rauf Parfi yuragining panohi boʼlgan Vatan haqida hamisha joʼshib yozadi. U tom maʼnoda Vatan kuychisi. Shoir nazarida, Vatanga muhabbat - Vatan uchun fido boʼlmoqqa tayyor turish, oʼziga hech narsa tilamaslik, buyuk sadoqat, ixlosdan iborat.
Parchin-parchin boʼldi yodim simlari,
Simlar — koʼzlarimga mil tortgan chizgu.
Oʼtgan ulugʼlarni eslayman barin,
Xotirot mozori — Turkiston mangu.
deya hayqiradi Rauf Parfi “Turkiston yodi” sheʼrida. Rauf Parfi sheʼriyatining xususiyati uning mavzuni oʼylab chiqarmasligida, balki be-
vosita hayotning oʼzidan olishida koʼrinadi. Shoir uchun mavzuning katta-kichigi yoʼq, har qanday mavzuda mahorat koʼrgizib, zarur xulosa chiqara oladi. U oʼz sheʼrlari uchun har xil shakllar ham qidirib yurmaydi, xalq qoʼshiqlari yoʼlida, gohida murabba shaklida qalam tebratishni xush koʼradi.
Shunda sheʼrlar qogʼozga ravon va sodda tushadi, maʼnosini tushunish ham oson kechadi.
“Turkiston yodi” sheʼrida shoir yozadi:
Yassaviy maqbari mungʼaymish magʼrur.
Tovushga aylandi har bir gʼisht rangi.
«Dunyo mening deganlar…» Nido kelur.
«Karkas qushdek…» Qadim soʼzlar jaranggi.
Mana shu sodda satrlarda oddiy soʼzlar bilan shoir butun tarixni ifodalab berishga erishadi. Xayolimiz oʼz-oʼzidan uzoq moziy taqdiriga keta-
di, olis tarix yillariga borib ulanadi... Bu shoirning ulkan mahoratidan xabar beradi.
Hikmatli shoir Mirtemir xotirasiga bagʼishlangan “Turkiston yodi” sheʼri
shoirdan katta maʼnaviy xazina, goʼzal sheʼriyat, Vatanga sadoqat, ona xalqiga ixlos, hayotga mangu muhabbat qolganligini ham anglatadi...
Mirtemir oʼz ijodi davomida goʼzallik ulashdi, oʼylatdi; yaqin tarix sahifalarini qunt bilan «varaqladi».Uning sheʼriyatida qalb nigohi bilan koʼriladigan gʼaroyib chegara bor. Shoir sheʼrlarini ohang, avj birlashtiradi. Shu tuygʼu oʼquvchiga bebaho tuhfa, ruhiy boylik baxsh etadi. Ohang nomlar, voqealar, makonlarni umumlashtiradi.
Mirtemirning xotirasi nafaqat oʼz sheʼrlarida, “Turkiston yodi”da ham mangu qoladi.

Xulosa.

Poetik tafakkur salohiyatini simob donachalariga qiyoslash mumkin. Simobni garchand, koʼz bilan koʼrsakda, qoʼl bilan ushlab boʼlmaganidek, sheʼrdagi fikrchan kechinmalaru hissiy tafakkurni qoʼl bilan ushlab, koʼrib boʼlmaydi. Ularni yolgʼiz his etamiz, ichki emotsional idrok ila tuyamiz.


Taxayyullar asosiga qurilgan majoziy obrazlilik, bu — voqelikni, insonni, ruhoniy hayotni realistik idrok etish shakllaridan biri. Badiiy tafakkurning mazkur yoʼnalishi XX asr oʼzbek sheʼriyatida Rauf Parfi ijodiy izlanishlari bilan bogʼliqlikda goʼzallik hodisasiga aylandi. Va yarim asr badalida badiiyat maktabi sifatida shakllandi. Bu — millat badiiy didi va estetik saviyasining yangi bosqichi demakdir. Xoʼsh, buning mohiyati nimadan iborat?
Rauf Parfi sheʼriyati XX asrning 50-60-yillarida badiiy tafakkurda qotib qolgan andozalarni, stereotip fikrlash tarzini sindirgan boʼlsa, XX asr adogʼida mazkur falsafiy-estetik tajribani mukammallikka yetkazdi. Xususan, Vatan mustaqilligi, millat ozodligi, shaxs erki masalalarining badiiy talqinlarini, Ezgulik, Аdolat, Goʼzallik haqidagi tasavvur va tushunchalar kanorasini umumbashariy qadriyatlar maʼnosi ila behad kengaytirib yubordi. Xususan, sanʼatkor asarlarining badiiy-estetik, ijtimoiy-falsafiy ahamiyati muallifning qaysi millatga yoxud Magʼribu Mashriq, kunchiqaru kunbotar madaniyatlariga mansubligi bilan belgilanmaydi. Badiiy asarning qadr-qimmati milliy-bashariy qadriyatlarni nechogʼli himoya qilganligida, ulugʼlay olganligida, umuminsoniy mazmun- mohiyatida, odam koʼnglini qanchalik kashf eta bilganligida, deb tushunadi. Bu, tabiiyki, yangicha dunyoqarash va dunyoviy did mahsuli.
Shu maʼnoda, Rauf Parfi va uning avlodiga mansub ijodkrlar shoʼro davri farzandlari emas, umumbashariy madaniyat farzandlari boʼlib qoldi. Magʼribu Mashriq, kunbotaru kunchiqar qozonidagi taomlardan bahramand boʼlishga, va shu asosda, yangi oʼzbek sheʼrini —oʼz dasturxonini yozishga muvaffaq boʼldi. Shoirning badiiy-estetik tajribasi shoʼro mafkurasining taʼqib va tazyiqlari ostida ongimizga, dunyoqarashimizga qarshilik toʼlqinini olib kirdi. Xususan, shoʼro-istibdod oʼlkasida shaxslarni tarbiyalashga, shaxsiyatlarni shakllantirishga, shaxslar mamlakatini vujudga keltirishga qaratildi. Ushbu jarayonda Rauf Parfining ijtimoiy-siyosiy qarashlari badiiy-estetik tuygʼusi bilan omuxta shakllandi, kamol topdi. Shu boisdan ham ularni bir-biridan ayirish yoki boʼlak-boʼlak oʼrganish mumkin emas. Ular bir magʼizning ikki pallasi, bir olmaning ikki boʼlagi yangligʼ. Shoir estetik qarashlarining ildizi xalqimizning ming yillar mobaynida qaror topgan ijtimoiy, badiiy, falsafiy tafakkuri manbalariga borib tutashadi. Undan hayot suvini ichadi. Xususan, adabiy asarni baholashdagi nuqgai nazarini koʼzdan kechiraylik. Maʼlumki, jahon estetikasi tarixida Sharq sheʼriyati timsollar asosiga qurilgan majoziy badiiy tafakkur madaniyati, deb tasniflanadi.
Toʼgʼri, majoziylikni yolgʼiz bir xalq sheʼriyatiga xos, deya cheklash mumkin emas. U turli shakllarda barcha xalqlar sheʼriyatida mavjud. Bunda metafora eng baland — bosh figura, deyishi ham bejiz emas. U sheʼriyatimizning oʼziga xosligini, oʼzgarish jarayonida kechgan xususiyatlarini belgilashda unga yopishtirilgan turli xil zoʼrma-zoʼraki yorliqlarni, sunʼiy alomatlarni keskin rad etadi. Tanqidchilik oʼzbek sheʼriyatining 80-yillarida oddiylik, soddalik, zamonaviylik, samimiylik singari alomatlarni badiiyatning muhim xususiyatlari sifatida qayd etgan edi. Lekin bu taʼrif va tasnif sheʼriyatimizning mazkur davri rivoji uchun xos yetakchi belgilarini toʼla-toʼkis ochib bera olmaydi. R.Parfi xalqimizning badiiy-estetik tafakkuri anʼanalariga suyanadi. Sheʼriyat fikran botiniyligi tufayli oʼzida jamiyatga qarshilik urugʼini asray oladi. U hamma zamonlarda oʼz bilganidan qolmay, haq soʼzni aytishning turli yoʼllarini topgan, biz uning ovozini doim eshitib turdik, deydi u. Demak, hayot haqiqatini badiiy haqiqatga aylantirish oʼzbek sheʼriyati taraqqiyotining barcha davrlari uchun ham bosh xususiyat boʼlib kelgan. Lekin unga erishish yoʼllari koʼp, usullari nihoyatda xilma- xil. Xususan, majoziy obrazlilik haq soʼzni aytishning, voqelikni realistik idrok etishning shakllaridan biridir. Xususan, sheʼrga yolgʼon yot. U oʼlim bilan barobar. Shoir oʼzini oʼlimdan — yolgʼondan asrashi kerak. Shu maʼnoda, har bir sheʼrning yuzaga kelishi, bu — oʼlim bilan yuzlashish demakdir. Har bir odam, shu jumladan shoir ham oʼzi bilan oʼzi kurashib yashaydi. Аna shu jarayon — oʼzi bilan kurashishning oʼzi sanʼat, qolgan hammasi omilkorlik. Shu boisdan ham shoirning oʼz jonini saqlaydigan joyi yoʼq. Bu rost va yolgʼon, nur va zulmat, hayot va oʼlim oraligʼidagi bir hovuch havo, bir chimdim nafas, bir kalima soʼz. Uni koʼziga toʼtiyo etguvchi ham, oyoqlar ostiga xazondek sochguvchilar ham ijodkor, aslida. Soʼzni shoirga Xudoning oʼzi beradi, Soʼzini ham oʼzi oladi. Bu — jonini olgani bilan barobar. Zero, oʼz soʼzini yoʼqotish, bu — shoir uchun oʼlim. Shoir oʼz jonini qanday saqlay oladi, yolgʼonning makridan qanchalik oʼzini ehtiyot qiladi — buni yolgʼiz Xudo biladi.
Shoir bu yorugʼ dunyoda yashayotgan Insonning cheksiz- chegarasiz kechinmalarini soʼz bilan ifoda qilguvchi shaxsdir, — deydi Rauf Parfi. — Shoir koʼzining oʼrnida daryolar oqqan, yelkasida togʼlar yiqilgan, oʼz tanidan chiqib, ruhga aylangan zotdir. Uning oʼz taʼbiri bilan aytganda, shoirni kuylatgan hazrati inson. Uning haqqi- huquqlari — sheʼriyatning ham haqqi-huquqlaridir. Jaholatning ranglarini, zulmning maʼnosini, zoʼravonlik, adolatsizlikning sirti shakar botini zahar tabiatini obrazlar tiliga koʼchirgan timsolli realizm Rauf Parfi ijodiy individualligini tayin etadi.
Ushbu xususiyat Rauf Parfi Oʼzturk va boshqa yetuk shoirlarimizning izlanishlaridagi yetakchi uslubiy yoʼnalishdir. Majoziy obrazlilik — ramzlar vositasida fikrlash madaniyati XX asrning 70-yillaridan eʼtiboran oʼzbek sheʼriyatida ustivor tendentsiyaga aylandi.
Oʼtgan asrning 80-yillari oʼzbek tanqidchiligida badiiy tafakkurning ushbu jarayon mohiyatini tushunmaslikdanmi yoki tushunishni istamaganlikdanmi, «Sheʼringizni tushuntirib bersangiz», «Shoir nima demoqchi, sheʼr nima deyapti» qabilidagi maqolalar yuzaga keldi. Ularda Rauf Parfi va boshqa shoirlar sheʼrlaridagi majoziy obrazlarni, ramzlarni Gʼarbga taqlidchilikda, oʼta murakkablik va mavhumlikda ayblash rasm boʼldi. Timsolli obrazlar sarbastdagi izlanishlarida yorqinroq tajassum topgani boisidanmi, ularni Gʼarb sheʼriyatiga taqlidda ayblashdi. Vaholanki, sheʼrning bu shakli avvalgi ming yillikda Turonning qadimiy bitiklarida bor edi. Ushbu hodisa, ayrim tanqidchilar aytgandek, Gʼarb va Lotin Аmerikasi adabiyotiga taqlidan emas, aksincha, estetik taʼsir samarasi oʼlaroq yuzaga keldi. Shu boisdan ham shoir, biz bu sheʼriyatda oʼzimiz anglamagan oʼzimiznikini topdik, deydi.
Rauf Parfi estetikasida sanʼatning, soʼzning maʼrifiy-tarbiyaviy roli, ahamiyati masalasi alohida oʼrin tutadi. “...Millat bor ekan, demak, adabiyot bor, soʼz bor. Jahonga buyuk soʼz sohiblarini bergan bu tuproq, bu havo, bu suv, bu olov insoniyatni shafqatsiz, qonli oʼyinlardan, qirgʼinlardan, baloyu ofatlardan asray olmadi. Lekin olijanob, qutlugʼ soʼz adolat tarafida ekani quvonchlidir”.

Foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati.

1. N. Rahimjonov “Eng goʼzal sir”. T. -1999.


2. R. Parfi Sheʼrlar toʼplami “Sakina”. T. -2006.
Download 37,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish