Go’daklik davri reja: Kirish Go`daklik davri bo`yicha psixologik nazariyalar. Go`dakda muloqot ko`lamining kengayishi. Go`daklik davrida nutqning paydo bo`lishi. Xulosa Foydanalilgan adabiyotlar ro’yxati kirish



Download 77 Kb.
bet1/3
Sana08.12.2022
Hajmi77 Kb.
#881031
  1   2   3
Bog'liq
Go’daklik davri


GO’DAKLIK DAVRI
Reja:
Kirish
1. Go`daklik davri bo`yicha psixologik nazariyalar.
2. Go`dakda muloqot ko`lamining kengayishi.
3. Go`daklik davrida nutqning paydo bo`lishi.
Xulosa
Foydanalilgan adabiyotlar ro’yxati


KIRISH
Psixik rivojlanish va bu o'zgarishlarga sabab bo'ladigan kuchlar o'rtasidagi munosabat qonunlarini o'rganish - yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining muhim va dolzarb muammolaridan biridir. Inson shaxsining psixik rivojlanishi va uning shakllanishi murakkab tadqiqot
jarayonidir. Zero, uning o'ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini asosli ilmiy bilish, o'quvchi shaxsiga pedagogik jihatdan ta'sir ko'rsatashning zarur shartidir. Inson - biosotsial mavjudotdir. Uning birligi, bir tomondan, kishining psixik, tug'ma ravishda tashkil topgan xususiyatlari (masalan, ko'rish yoki eshitish sezgilarining, shuningdek, oliy nerv tuzilishining o'ziga xos xususiyatlari), ikkinchi tomondan esa faoliyatning ongli sub'ekti va ijtimoiy taraqqiyotning faol ishtirokchisi sifatida uning xulq-atvor (masalan, axloqiy odatlar) xususiyatlarida namoyon bo'ladi. Rossiyada psixologik tadqiqot namunalari Sharq va G'arb madaniyati ta'sirida inson ruhiyati bilan bog'liq qator og'zaki va yozma, amaliy va ilmiy asarlarda paydo bo'la boshladi. Dastlabki pedagogik-psixologik mazmundagi asarlar XVII–XVIII asrlarda diniy-axloqiy negizda yozilgan edi.
GO`DAKLIK DAVRI BO`YICHA PSIXOLOGIK NAZARIYALAR
Ma'lumki, go'daklik davridagi oddiy sezishdan boshlab, mantiqiy fikr yuritishgacha o'tadigan davr nisbatan uzundir. Endigina tug'ilgan chaqaloq ham dastlabki soatlardan boshlab sezgi organlari yordamida atrof-muhitni aks ettirishga kirishadi. Biroq uning tafakkuri bir necha oylar va, hatto, yillar davomida vujudga keladi, nutq bilan tafakkurning birligi mazkur rivojlanishni amalga oshiradi. Bunday holat o'ta murakkab hissiy bilishdan mantiqiy tafakkurga o'tish jarayoni bosqichini tadqiq etish imkonini beradi.Hozirgi psixologiya fani individual ong o'sishining turli bosqichlarida amaliyot bilan hissiy bilish o'rtasidagi, amaliyot va mavhum tafakkur orasidagi juda murakkab, o'zgaruvchan ichki munosabatlar hamda mexanizmlarni ifodalay oladi. Inson psixikasining vujudga kelishi va rivojlanishini, uning turli qirralarini o'rganish odamning psixik o'sishi, uning ob'ektiv va sub'ektiv sabablari, omillari, shart-sharoitlari to'g'risida ma'lumotlar to'plash imkonini bera oladi.Mazkur muammoga ilmiy yondashish insonning hayot sharoitlari, shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, sifatlari, qiziqish ko'lami, irodaviy fazilatlari, muayyan his-tuyg'ularining mazmuni, to'laligi va hokazolarni yoritish demakdir. Ilmiy ishlar olib borayotgan tadqiqotchi katta yoshdagi odamlardan hayot sharoitining tayyor mahsulini o'rganadi, lekin bu bilan sinaluvchining psixikasi qanday vujudga kelgani, kechishi, aks ettirish xususiyatlarini tushuntira olmaydi. Ana shu murakkab jarayonni bilish uchun bolaning psixikasi turmush hodisalari va sharoitlari bilan bog'liqligini aniqlab olinmasa, tajriba o'tkazuvchi o'zi o'rganayotgan nazariy masalalarni ishonarli darajada isbot qila olmaydi.
Inson psixikasining rivojlanishidagi sabab-oqibat va ularning variantlari, invariantlari, modifikatsiyalari, munosabatlarini bilish bola tarbiyasida eng qulay shart-sharoitlarni vujudga keltirish uchun nihoyatda zarur.Shunday qilib, Yosh davrlari psixologiyasi fanini o'rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega.
U ham boshqa fanlar qatorida rivojlandi, bunda eksperimental biologiya va genetika, meditsina, sotsiologiya kabi fanlarning xizmati kattadir. Yosh davrlari va differensial psixologiya fani dialektikaning prinsiplariga, oliy nerv faoliyati qonunlariga, differensial psixofiziologiya qonuniyatlariga, psixologlar to'plagan materiallarga tayanib, inson psixikasining kechishi, rivojlanishi, o'zgarishi yuzasidan bahs yuritadi. Ijtimoiy turmushning barcha jabhalaridagi amaliy masalalarni hal qilishda faol ishtirok etadi.
XVIII asrdan boshlab bolalar psixologiyasi bo'yicha muayyan tartibga, yo'nalishga va uslubga ega bo'lgan ilmiy fikrlar vujudga keldi. Rus tarixchisi V.N.Tatishchev (1686-1750) ning "Fanlar va bilim yurtlarining foydasi to'g'risida suhbat" kitobida fanlarning tasnifi bilimlarni egallash zarurligi, tilning xosiyati, yozuvning ahamiyati, yosh davrlarining xususiyati nuqtai nazaridan bayon qilingan. N.I.Novikov (1744–1818) bashariyat farovonligini ko'zlab yoshlar va bolalar o'rtasida foydali bilimlarni keng yoyish uchun ularni o'ziga xos yo'sinda tarbiyalash kerakligi g'oyasini ilgari suradi. Uning asarlarida insonning kamoloti uchun tafakkur, xotira, axloq, his-tuyg'u va taqlidchanlik alohida axamiyatga ega ekani ta'kidlanadi. A.N.Radishchevning (1748–1802) "Peterburgdan oskvaga sayohat" kitobini ham aslida pedagogik-psixologik asar, deyish mumkin. Rus ma'rifatparvarlari A.N.Gersen, N.G.Chernishevskiy, I.A.Dobrolyubov, V.G.Belinskiyning inson kamoloti to'g'risidagi qarashlari psixologiyani jonlantirishda muhim rol o'ynadi.Go`dakning bir yoshgacha davridagi psixologik xususiyatlarini o`rganish bo`yicha qator tadqiqotlar mavjud. Shular orasida N.L.Figurin, M.P.Denisova, M.Yu.Kistyakovskaya, A.Vallon, D.B.Elkonin, Ye.A.Arkin, S.Fayans, Sh.Byuler, F.I.Fradkinalarning asarlari alohida ahamiyatga molikdir.
S.Fayans tajribasida go`dakka chiroyli va jozibador o`yinchoqlar 9 sm masofadan ko`rsatilganda u butn vujudi bilan ularga intilgan keyinchalik oraliq 60 sm bo`lganida bolaning intilish, qo`l cho`zishi, sustlashgan va nihoyat ular 100 sm dan ko`rsatilganda bolada intilishi, cho`zilishi, ixtiyorsiz harakati mutlaqo so`ngan. U o`yinchoq bilan bir qatorda turgan katta kishiga ham ana shunday befarq qaragan. Masofa qanchalik qisqarsa, bolaning unga intilishi, qiziqishi shunchalik kuchayib borishini kuzatib borish mumkin.
Yuqoridagi tajriba materiallari asosida, shunday xulosa chiqarish mumkin: kattalr go`dak qatnashayotgan faoliyatni jonlantiradilar. Go`dakni qurshab turgan jismlar borgan sari uning nigohini o`ziga tortib, maftun qilib, qo`zg`atuvchi vazifasini bajarib, bolaning qidirish, mo`ljal olish, chamalash faoliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Tadqiqotchi A.V.Yarmolenko yarim yoshlik go`daklarda jozibali narsalarning o`zaro qiyosiy tasnifini tadqiq qilgan. Mkallif olgan ma`lumotlarga qaraganda, go`dak bexisob jismlar orasida insonni (katta yoshli odamlarni) tobora aniqroq, ravshanroq ajrata boshlagan. Shu bilan birga harakatsiz ko`ruv qo`zg`atuvchisiga diqqatni to`plash 26 sekunddan 37 sekundgacha, harakat qilmayotgan odamga bolaning tikilishi 34 sekunddan 111 sekundgacha, harakatdagi ko`ruv qo`zg`atuvchisiga qarashi, 41 sekunddan 78 sekundgacha, harakatdagi insonga e`tibor berishi 49 sekunddan 186 sekundgacha ortgan. Tajribada go`dakning harakatlanayotgan odamga diqqatni to`plab turishi to`rt marotaba ortgani aniqlangan.
Bizningcha, go`dak jonsiz narsalarga qaraganda odamga diqqatini barqarorroq qaratishi uning kattalarga munosabati o`zgarganidan emas, balki ular bilan aloqaga kirishganda sust ritseptor o`rnini faolroq retseptor egallaganidandir. Go`dakda fazoviy tassavurning boyishida jismlarni idrok qilishdagi farqlashning takomillashuvi muhim vosita hisoblanadi. hayot tajribasi ortib borishi, mashqlar natijasida jismlarning alomat va belgilarni farqlash uquvi paydo bo`ladi.
Frantsuz psixologi Anri Vallon go`dakda ijtimoiy ta`sirlanish ortib borishini atroflicha tadqiq qilgan olimdir. Uning tag`kidlashicha, yarim yoshli bolada boshqa odamlardan farqli ravshda javob reaktsiyasi (ta`siri) o`zining yuqori bosqichiga ko`tariladi. Bola olti oyligida boshqa kishilarning imo-ishorasiz ta`siriga javob berishi (ta`sirlanishi) 50 foizgi tashkil qiladi, yetti oyligida esa aynan shu reaktsiya 20 foizga kamayadi, ammo imo-ishora orqali muloqot 41 foizga ortadi; yetti-sakkiz oylikda boshqa kishilarga talpinishi, tabassum qilish birinchi yarim yillikdagidan to`rt marta ko`pdir.
Yuqoridagi tadqiqotlarning fikr-mulohazalarini umumlashtirsak, qimmatli umumpsixologik fikrlarni muayyan tartibda, izchil joylashtirish mumkin bo`ladi. Birinchidan, mazkur yosh davrida bola bilan uni parvarish qilayotgan kattalar o`rtasida yaqin va nisbatan barqaror aloqa o`rnatiladi. Ikkinchidan, go`dak qatnashadigan har qanday favquloddiy holat va muammoli vaziyatda kattalar markaziy siymoga aylanadilar. Uchinchidan, go`daklik davrining oxirida hamkorlikdagi o`yin faoliyati individual o`yin faoliyatiga aylanadi.
SHunday qilib, go`daklik davrida kattalar bilan faol aloqaga kirishish ehtiyoji tug`iladi va bu aloqa nutq davrigacha muloqotning o`ziga xos yangi shakli sifatida bolaning o`sishida muhim rol o`yynaydi. Bir yoshgacha davrda raydo bo`lgan ehtiyojning tobora chuqurlashuvi bilan nutq davrigacha muloqot cheklanganligining nomutanosibligi bir yoshdagi inqirozi keltirib chiqaradi. Vujudga kelgan qarama-qarshilik o`z yechimini nutq orqali muloqot davrida topadi va bola o`sishning bir bosqichidan ikkinchi bosqichiga o`tayotganinin ifodalaydi. Go`dakning nutq faoliyati takomillashgani sayin muloqotning mazmuni boyib, ko`lami kengayib boradi. Natijada haqiqiy ma`nodagi shaxslararo munosabat vujudga keladi, go`dakning shaxsga aylanishi va ijtimoiylashuviga keng imkoniyatlar yaratadi. Mazkur davrda go`dakning o`sishini ta`minlovchi ob`ektiv va sub`ektiv sharoitlar yaratilishi – bolaning faollligi ortishi uchun psixologik negiz bo`ladi.
Harakatning psixologik xususiyatlari va mexanizmlarini qator tajribalar asosida o`rgangan olimlardan D.B.Elkoninning ishonch bilan ta`kidlashicha 2-3 haftalik go`dakda ko`z konvergentsiyasi vujudga kelsa ham, o`z nigohini turli jismlarga qaratib turish jarayoni qiyin kechadi, hayotining 3-5 haftalarida esa uning nigohi oz fursat bo`lsada, muayyan ob`ektga to`plana boshlaydi. 4-5 haftalik go`dakda 1-1,5 metr naridagi jismlarni kuzatish ko`nikmasi hosil bo`ladi. Ikki oylik bola 2-4 metr uzoqlikdagi narsani kuzatishni o`rganadi, u uch oyligida 4-7 metr oraliqdagi jismlarni ham payqay oladi, nihoyat, 6-10 haftalik go`dak hatto, aylanayotgan predmetning harakatini idrok qilish imkoniyatiga ega bo`ladi. Keyinchalik hissiy organlarining ko`z bilan funktsional aloqalar o`rnatish qaror topadi. Go`dak to`rt oyligida uning jismga tikilish va uni tomosha qilishi nisbatan barqaror bo`ladi.
Yuqoridagi fikrlarga qaramay, mazkur yoshdagi bolalarda qo`l harakati hali beixtiyor xususiyatga ega bo`lib, jismlarna maqsadga muvofiq harakatlantirishdan ancha uzoqdir. Go`dak 4 oyligidan boshlab narsaga qo`lini yo`naltiradi, asta-sekin unda payraslash uquvi namoyon bo`la boshlaydi. 5-6 oyligida predmetni ushlash va uni o`ziga tortib olish (qo`ldan yulib olish) ko`nikmalari shakllanadi. harakat va teri tuyush organlari sifatida qo`sh vazifani o`tovchi ko`rish qobiliyati bir maromda rivojlanishdan bir muncha kechikadi. Bola 6 oyligida unda o`tirish, turish, emaklash, yurish, gapirish ko`nikmalari shakllanadi.
Qo`l ushlash harakatining vujudga kelishi ham go`daklik davrining muhim rivojlanish pallasi hisoblanadi. Chunki qo`l bilan ushlash harakati, birinchidan ko`rish harakatini muvofiqlashtirsa, ikkinchidan, mazkur psixologik holat birinchi yo`naltirilgan harakatni ifodalaydi, uchinchidan, jismlarni ishlashga intilishning o`zi predmet bilan turli harakatlarni bajarish (manipulyatsiya)ning eng qulay shartidir.
Tadqiqotchilarning ta`kidlashlaricha, “yangilik” alomati bola uchun muhim ahamiyat kasb etgani sababli unda orientir refleksi borgan sari faollashib borgan. Shuning uchun “yangi” lik alomatining qo`zg`atuvchilik xususiyati bolaning faoliyatida uchraydigan takroriy va uzluksiz harakat mexanizmlarini tushinishga, idrok qilinayotgan narsalarga faol ko`z yugurtirish va predmet bilan turli harakatlarni bajarishning psixolgik mohiyatini ochishga xizmat qiladi.
R.Ya.Abramovich – Lextman go`dakning bir yoshgacha davrida predmetlar bilan harakat qilishini o`rganib, ularning oltita rivojlanish bosqichidan iborat ekanligini aytadi. Bular: a) faol sergaklik (tetiklik)-2 haftalikdan 4-5 haftalikkacha; b) sensor faollik-1,5 oylikdan 2,5-3 oylikkacha; v) harakatoldi-2,5-3 oylikdan 4-4,5 oylikkacha; g) sodda “sermahsul” harakat –4 oylikdan 7 oygacha; d) o`zaro bog`langan (uyg`un) harakat-7 oylikdan 10 oylikkacha; ye) funetsional harakat –10-11 oylikdan 12-13 oylikkacha davom etadi. Muallif har bir bosqichining o`ziga xos xususiyatlarini ham sxematik, ham tekstual tarzda ifodalagan.
Bir yoshgacha bolalarda ta`sirlanishning eng muhim jihatlari paydo bo`lishi va shakllanishi jarayonining rivojlanishi sxemasini N.L.Figurin va M.P.Denisova tuzdilar. Buning uchun ular ta`sirlanishning 34 ta ko`rinishini tanlab: ta`sirlanish mavjud emasligi, ta`sirlanish namoyon bo`lishi, uzil-kesil ta`sirlanish shakllanishi bosqichlarida psixologik tavsif berganlar.
Predmetning xususiyatiga qarab bola harakatidagi o`zgarishlarni M.Yu.Kistyakovskaya, D.B.Elkonin, Ye.A.Arkin, V.S.Muxina, N.A.Menchinskaya va boshqalar, reptseptor faoliyat mexanizmlarni I.P.Pavlov va uning shogirdlari F.R.Dunaevskiy va boshqalar o`rganishgan. Ularning talqinicha, emaklash-go`dakning fazoda mustaqil holda o`rin almashtirishi, harakat qilishning dastlabki ko`rinishidir. Mustaqil yurish – go`dakning insonlarga xos yo`sinda fazoda siljish, joyidan qo`zg`alishni amalga oshirish uchun muayyan darajada tayyorgarlikni taqozo qiluvchi harakatlarining yangi ko`rinshidir.
SHunday qilib, go`dakning jismlar bilan bevosita amaliy aloqaga kirishuvi va ular yordamida harakatlanishi narsalarning yangi xossa va xususiyatlarini bilib borishi, ular bilan munosabatini yanada kengaytirishi uchun imkon yaratadi.

Download 77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish