GLOSSARY
Didaktik- (yun. didaktikos — oʻrgatuvchi, taʼlim beruvchi) — pedagogikaning tarmogʻi. Taʼlim nazariyasi bilan shugʻullanadi. Bu atama ilk bor Yevropada 17-asrda oʻqitish va taʼlim jarayoni haqida asarlar yaratgan olimlar tomonidan qoʻllanila boshlagan
Epos- (yun. yeroz — soʻz, hikoya) — 1) badiiy adabiyot turi (lirika va drama bilan bir qatorda); 2) xalqning qahramonona oʻtmishini aks ettiruvchi asar
Pandnoma- asosan sharqiy xalqlarga xos bo’lib pand nasihat ruhida yozilgan asar.
Sipohiy- askar
Renessans- lugʻaviy fransuzcha “qayta tugʻilish” degan maʼnoni anglatadi. Atama sifatida uning mazmuni ancha keng: madaniyatda, ilm-fanda, sanʼatda, taʼlim-tarbiyada, umuman, jamiyat hayotida uzoq muddatli turgʻunlikdan keyin qayta jonlanib, tez rivojlanishni, ijtimoiy ong va qadriyatlar tizimi yangi sifat bosqichiga chiqishini bildiradi.
Gumanist- (lotincha humanitas - "insoniylik", "odamiylik") insonni oliy qadriyat deb baholovchi dunyoqarashdir. Humanizm axloqning dinga bog‘liq bo‘lib qolishiga qarshi chiqadi, zero din insonni g‘ayritabiiy mavjudotlar borligiga ishontirib, ularga hayotni toʻgʻri anglash g‘oyasini singdiradi.
Syujet- (frans.- predmet, narsa, mazmun)- badiiy asar mazmunini tashkil etadigan, bir biri bilan o’zaro bog’liqlikda kechadigan,qahramonlar o’rtasidagialoqalardan tarkib topgan voqealar tizimi.
Allegorizm- (yun. allegoria — o’zgacha ifodalash, kinoya, qochirim) —badiiy tasvir, obrazlilik turi; mavhum tushuncha yoki g’oyalarni muayyan narsa, voqea va hodisa orqali ifodalash.
Majoziylik- adabiy-badiiy usul yoki obrazlilik turi; mavhum tushuncha yoki mulohazani aniq bir obraz vositasida ifoda etish.
Traktat- ayrim masalalarga bag’ishlangan ilmiy asar, risola
Dramaturg- adabiyotning drammaturgiya janrida asarlar yaratuvchi shaxsdir. Sahna asarlarini yaratuvchi ijodkor.
Mixxat- qadimgi shummer yozuvi.
Sivilizatsiya- lotincha sivilis - fuqarolikka, davlatga, shaharga taalluqli ma’nolarin ianglatuvchi o’zakdan kelib chiqqan. U "silvaticus", ya’ni lotinchadan tarjima qilganda qo’pol, yovvoyi so’ziga qarshi ma’noda qo’llanilgan.
Doston, poema — liro-epik janr; shu janrdagi badiiy asar. Oʻzbek xalq, ogʻzaki ijodi vaoʻzbek mumtoz adabiyotida keng tarqalgan
Yemen – dehqon
Mifologiya-muayyan xalq tomonidan yaratilgan mifologik tasavvurlarning izchil tartibga solingan tizimi, asotirlar majmui.
Folklor- xalq ommasining badiiy, ijodiy-amaliy va havaskorlik faoliyati; anʼanaviy moddiy va nomoddiy madaniyatning xalq ogʻzaki badiiy ijodi (folklor), xalq musiqasi (musiqa folklori), xalq teatri (tomosha sanʼati), xalq oʻyinlari (raqs), qoʻgʻirchoqbozlik, dor va yogʻoch oyoq oʻyinlari (xalq sirki), xalq tasviriy va amaliy bezak sanʼati hamda texnikaviy va badiiy havaskorlik kabi ijodiyot turlari
Do'stlaringiz bilan baham: |