61. Molekulyar kinetika – kimyoviy reaksiyalar mehanizmi to’g’risidagi ta’limot.
62. Molyar issiqlik sig’imi – 1 mol moddaning haroratini bir birlik (1K) ka oshirish sarflanadigan issiqlik miqdori.
63. Murakkab reaksiyalar – ikki yoki undan ortiq oddiy reaksiyalardan tashkil topgan reaksiyalar.
64. Neytrallanish issiqligi – vodorod va gidroksil ionlaridan bir mol suvning hosil bo’lish reaksiyasi issiqlik effekti.
65. Oddiy haydash – suyuqlikni uzluksiz qaynaatish va hosil bo’lgan bug’ni chiqarib turish jarayoni.
66. Osmos – erituvchining yarim o’tkazgich membrana orqali konsentratsiyasi past bo’lgan eritmadan konsentratsiyasi yuqori bo’lgan eritma tomon bir tomonlama diffuziyasi jarayoni.