Kimyoviy muvozanat– to’g`ri va teskori reakstiyalar tezligi tenglashgandagi sodir bo’ladigan jarayon.
Kristalik moddalar - muayyan shaklga va muayyan suyuqlanish haroratiga ega bo’lgan qattiq moddalar.
Kristallogidrat – tarkibida suv bo’lgan kristalik moddalar, masalan, Cu SO4 · 5H2O, Na2 SO4 · 10 H2O, suv molekulalari bu moddalarining kristalik tuzilishida ishtirok etadi.
Normal eritma – bir litr eritma tarkibidagi erigan moddaning garmm ekvivalent hisobidagi miqdori.
Normal vodorod elektrod – turli metall elektrodlarning potenstiallarini bir-biriga solishtirish uchun standart elektrod sifatida ishlatiladigan elektrod.
O’zgarish issiqligi (yoki o’tish issiqligi) – bir allatropik yoki polimorf holatdan boshqasiga o’tish issiqligi.
Molyar eritma – bir litr eritmada ergan moddaning mollar soni bilan ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |