Hindiston ta’lim tizimi
Hindistonda mustaqillikdan so’ng yo’lga qo’yilgan ta’lim siyosatida ko’proq sekulyar va markazlashgan tizimiga xizmat qiluvchi kadrlar tayyorlashga e’tibor qaratilgandi. U ijobiy va salbiy natijalar berdi. Ijobiy natijasi shu bo’ldiki, Hindiston ta’lim tizimi dunyo ish bozorida raqobatbardosh doktor, menejer, injener kabi mutaxassislar yarata oldi. Salbiy tomoni, bu kadrlar axloqan nokomil, ma’nan tarbiyasiz bo’lib o’sdi, chunki ularga umumiy axloqiy tarbiya bera oladigan muhit bu tizimda mavjud emasdi. Mamlakatdagi mashhur “Hindu” gazetasi muharririning aytishicha, Hindiston oliy o’quv yurti bitiruvchilarining 80 foizdan ziyodi chet elga pul ishlash uchun chiqishni istaydi. Aksar malakali mutaxassislari chet elga ketishni xohlaydigan yurtining esa kelajagi yo’q.
Yoshlarning milliy qadriyatlardan yiroqlashib borayotgani bugun hukumat darajasidagi muammoga aylangan. Buning salbiy oqibatlarini kamaytirish yuzasidan taegishli chora – tadbirlar ham ishlab chiqilmoqda. Masalan, 1986 – yili Hindiston Ta’lim boshqarmasi “Ta’lim to’g’risida milliy siyosat loyihasi”ni tayyorladi. 5200 dan ortiq o’quv muassasasi uchun mo’ljallangan bu dasturda mamlakatning siyosiy, ijtimoy hayoti o’tish bosqichida ekani va bu davrda azaldan urfda bo’lgan milliy qadriyatlarning yo’qolishi xavfi kuchaygani kuyunchak bilan tilga olingan. Loyiha bu xavfni bartaraf etish uchun qadriyatlarni o’qitishni ta’lim tizimiga kritish lozim deb hisoblaydi. Bu borada nodavlat tashkilotlar ham Ta’lim boshqarmasi bilan bir fikrda. Ular o’tkazgan tadqiqotlar milliy qadriyatlarni, axloq – odobni ta’lim tizimi orqali yoshlar ongiga kiritish zarur ekanini ko’rsatmoqda.
Axloq tarbiyasini va qadriyatlar mohiyatini yetkazdigan dinshunoslik, etika, ijtimoiy nazariya kabi fanlar yaxshi rivojlanmagan yoki o’qitiladigan mavzularining qamrov doirasi tor. Bu bo’shliqni to’ldiruvchi yangi o’quv qo’llanmalari va dasturlarni yaratishga urinishlar bor. Masalan, Butun Hindiston nasorolar ta’lim Assosiatsiyasi bu borada o’z dasturlarini ishlab chiqqan. Ular din, axloq, ijtimoiy muammolar kabi axloq – etikani tarbiyalovchi fanlarni yo’lga qo’yish bilan birga, matematika, tilshunoslik, fizika, biologiya kabi aniq fanlar bo’yicha o’quv qo’llanmalarini yaratishda ham dinshunos va nazariyotchilarning maslahatlaridan foydalanishni ko’zda tutadi. Bu, asosan, nasoro jamiyati talabalari uchun amalga oshayotgan bo’lsa – da,hindu va musulmon jamiyatlari ham o’z doiralarida shunga o’xshash faoliyatlarni olib bormoqda. Ayni paytda dinlararo do’stlik aloqalarini mustahkamlashga ham ta’lim tizimining muhim vazifalaridan biri sifatida qaraladi. Chunki etnik va diniy ziddiyatlar qonli to’qnashuvlargacha yetib borgan Hindistondek mamlakat uchun bu juda zarur.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ham ma’nan va axloqan yetuk kadrlarni tayyorlash bejiz ta’lim tizimining asosiy maqsadlaridan biri sifatida ko’rsatilmagan. Ma’naviyati yuksak yosh avlodni tarbiyalash yurt rahbarining ham doimiy e’tiboridagi masala bo’lib kelayotgani sir emas.
Hindiston mustaqillikka erishgan paytda mamlakat aholisining 965 savodsiz bo’lgan. 1949 – yilda qabul qilingan konstitutsiya bo’yicha 6 yoshdan 14 yoshgacha to’lgan bolalar uchun bepul majburiy ta’lim joriy etildi.
2005 – yilda savodxonlik darajasi 52% ga yetdi.
Hindistonda xalq ta’limi tizimi maktabgacha ta’lim tizim, boshlang’ich va kichik asosiy maktab, to’liqsiz o’rta va to’liq o’rta maktabdan iborat.
Oliy o’quv yurtlarida o’qish muddati 5 – 6 yil va o’qish pullik. Mamlakatda 219 ta universitet va institut hamda 7 mingdan ziyod kollej bor. Oliy o’quv yurtlari: Bombey universiteti, Kalkutta universiteti, Chennoy universiteti.
Asosiy kutubxonalari:
Kalkuttadagi milliy kutubxona, Dehlidagi ommaviy kutubxona, Chennoydagi ommaviy markaziy kutubxonalar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |