Zamonaviy demokratiya – vakillik demokratiyasi hisoblanadi. Ma'lumki katta jamoalarda, ya'ni shaharlarda, barcha xalqni bir joyga yig‘ib masala hal etishga imkon yo‘q. Shuning uchun shunday jamoalar fuqarolari qonunlari va boshqa masalalar bo‘yicha qaror qabul qilishda ular tomonidan ishtirok etish uchun o‘zlarining shaharlari yoki yurtlaridan bir guruhni saylaydilar. Fuqarolar tomonidan saylangan vakillar birlashmasi kengash (council), qonun chiqaruvchi hokimiyat (legistatura), parlament (parlament), yoki kongress (congres) kabi nomlar bilan ataladi. Xalq tomonidan mustaqil tarzda saylangan vakillar orqali boshqariladigan xalq hokimiyati ba'zida respublika hukumati yoki demokratik respublika deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |