Atomning hayajonlangan holati – atomga tashqaridan energiya berilganda elektronning yadroga yaqin orbitadan yadrodan uzoq orbitaga o’tish holatidir. Bunda, elektron yadroga yaqin orbitaga o’tishida atom energiya chiqaradi, yadrodan uzoqroq orbitaga o’tishida esa energiya yutadi. Yadrodan uzoq turgan elektronning enegiya zapasi ko’p bo’ladi. Bu vaziyat yuqori energetik darajadagi vaziyat deyiladi. Bunda atom hayajonlangan holatda bo’ladi.
Biokimyo – tirik organizmalarda sodir bo’ladigan kimyoviy jarayonlarni o’rganadigan fandir.
Bertolilidlar – o’zgaruvchan tarkibli birikmalardir. Bertollidlarning tarkibi o’zgarib turadi va steziometrik nisbatlarga muvofiq kelmaydi. Masalan, uran (VI) – oksidning tarkibi odatda UO3 formula bilan ifodalanadi. Haqiqatda esa uning tarkibi UO2,5 dan UO3 gacha bo’ladi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |