Katalitik reaktsiyalar – katalizatorlar ishtirokida sodir bo’ladigan kimyoviy reaktsiyalardir.
Katalitik zaharlar – katalizatorga ozgina qo’shilganda ham uning katalitik faolligini keskin kamytiradigan moddalardir.
Kimyoviy muvozanat – reaktsiyaga kirishayotgan moddlar sistemasining to’g’ri va teskari reaktsiyalarning tezligi o’zaro teng bo’lgan holatdir.
Kimyoviy muvozanatning siljishi – reaktsiya sistemasining bir muvozanat holatidan boshqasiga o’tishi holatidir. Agar sharoit o’zgarganida oxirgi moddalarning kontsentratsiyasi ko’paysa, muvozanat reaktsiya mahsulotlari tomoniga siljigan bo’ladi. Agar boshlang’ich moddalarning kontsentratsiyasi ko’paysa, u holda muvozanat boshlang’ich moddalar hosil bo’lishi tomoniga siljigan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |