Gazlar zichligi – bir gaz muayyan hajmi massasining xuddi shunday hajmdagi ikkinchi gaz (usha sharoitlarda olingan) massasiga nisbati birinchi gazning ikkinchi gazga nisbatan zichligi deyiladi.
Gamma nur (γ – nur) – zaryadsiz zarracha bo’lib, xuddi rentgen nuriga o’xshab elektr magnit to’lqin xossasiga ega. U juda qalin metall plastinkasidan ham o’tadi. U elektr maydonida og’maydi. O’zining tabiati jihatidan yorug’lik nurlariga o’xshaydi, lekin to’lqin uzunligining juda kichikligi bilan undan farq qiladi.
Guruh – elementlarning davrlar bo’yicha taqsimlanishi natijasida vertikal yo’nalishda bir – biriga o’xshash elementlar oilasining vujudga kelgan qatoridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |