Vodorod ko’rsatgich – eritmadagi vodorod ionlari kontsentratsiyasining teskari ishora bilan olingan unli logarifmi vodorod ko’rsatgich yoik rN deb ataladi. «Vodorod ko’rsatgich» tushunchasini 1909 yilda daniyalik kimyogar Syorensen kiritgan.
Vodorod elektrod – elementlarning standart elektrod potentsialini o’lchashda ishlatiladigan vodorod elektroddir. Bu qurilmadagi vodorod elektrodi sifatida ishlatiladigan platina plastinka yuza sathini kattalashtirish maqsadida g’ovakli platina bilan qoplangan bo’lib,u Н+ ionining kontsentratsiyasi 1 mol · l–1 bo’lgan sulfat kislota eritmasiga tushirilgan bo’ladi. Elektrod tagidagi gaz holidagi tozalangan vodorod oqimi yuboriladi, erkin holdagi vodorod va eritmdagi N+orasida muvozanat holat yuz beradi, bunda molekulyar vodorod atomar holga o’tishini platina elektrod amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |