Kimyoviy o’zgarishlar – kimyoviy reaktsiyalar ham deyiladi, ularda dastlabki moddalardan, ya‘ni xom ashyodan boshqa tarkibga va boshqa xossalarga ega bo’lgan mahsulotlar olinadi.
Kimyoviy ekvivalent – elementning bir massa qism vodorod va 8 massa qism kislorod bilan birika oladigan yoki shularga almashina oladigan miqdoridir.
Katod nurlari – elektrodlar kavsharlangan shisha nayda havo so’rib olinsa va unga yuqori kuchlanishli elektr quvvati ulansa, katodda nur tarala boshlaydi. Bu nurlar katod nurlaridir.
Kichik davrlar – bitta qatordan tashkiltopgan 1… davrlardir.
Katta davrlar – juft va toq qatorlardan tashkil topgan 4…7 davrlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |