ZIP
- Fayl nomi kengaytmasi- расширение файлов.
Abonent ingl.: subscriber rus.: абонент. Xizmat ko‘rsatuvchi axborot obyekti (tizim, tarmoq, majmua) bilan
o‘zaro ishlash huquqiga ega qurilma, yuridik yoki jismoniy shaxs. Abonentning har qanday foydalanuvchidan
farqi shundaki, u xizmat ko‘rsatuvchi axborot obyekti foydalanuvchilari ro‘yxatiga kiritilgan bo‘ladi.
Internet ingl.: Internet rus.:
Интернет 1. Butun jahon global tarmog‘i. U davlat, ta’lim,
tijorat, harbiy va korporativ tarmoqlarni birlashtirib, IP (Inter-network Protocol) ma’lumotlarni uzatish
bayonnomasiga asoslangan.
2. Ommaviy yoki xususiy ravishda yuqori darajali kommunikatsiya xizmatlarini ta’minlovchi global
axborot tizimi. Uning qismlari IP bayonnomasiga asoslangan noyob manzil makoni orqali o‘zaro bog‘liqdir.
3. Yer sharini qamrab olgan o‘zaro bog‘liq kompyuter tarmoqlari to‘plami. Internet,
barchasi IP bayonnomasidan foydalanuvchi kompyuterlar, elektron pochtasi, e’lonlar doskalari,
ma’lumotlar bazalari va mulohaza guruhlaridan erkin foydalanishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |