GLOSSARIY Aksiz markasi – ishlab chiqarilgan va mamlakat hududiga chetdan keltirilgan aksiz solig’i solinadigan tovarlarni sotishda joriy etilgan marka
Aksiz solig’i solinadigan baza – soliq idorasi tomonidan aksiz solig’i solinadigan tovar va xizmatlarning umumiy miqdori
Aksiz – keng iste’mol tovarlari, eng muhim xomashyolarga, shuningek xizmatlar uchun davlat tomonidan solinadigan qo’shimcha soliq turi
Aksiz solig’i obyekti –aksiz solig’i olinadigan tovar va xizmatlar
Advalor stavka -- aksiz solig’i stavkalari tovarning qiymatiga nisbatan foizda belgilanishi
Qat’iy stavka -- aksiz solig’i stavkalari tovarning qiymatiga nisbatan naturada ifodalangan o’lchov birligiga mutlaq summada belgilanishi
Aksizosti mahsulotlari – aksiz solig’i to’lanishi bekor qilingan mahsulotlar
Aksiz solig’i stavkasi –aksiz solig’i obyektining muayyan birligiga nisbatan undiriladigan soliq miqdori
Aksiz solig’i imtiyozi – davlat tomonidan aksiz solig’i to’lovchilarga berilgan yengilliklar
Aksiz solig’i subyekti – aksiz solig’i to’lash majburiyati yuklangan shaxslar
Aksiz solig’i manbayi – aksiz solig’i to’lovchining to’laydigan solig’i manbayi
Aksiz solig’iga tortish birligi – aksiz solig’i obyektining o’lchov birligi
Import solig’i – bir necha mamlakatlardagi soliqlar guruhi, daromad sarf qilinayotgan paytda olinadi
Aksiz solig’i siyosati – davlatning muayyan davrda aksiz solig’iga qaratilgan faoliyati
Soliq tushumi – Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan byudjet daromadlari va xarajatlari klassifikatsiyasining daromadlar qismidagi ulushi
Soliq majburiyati – soliqni hisoblash va to’lash yuzasidan talab etiladigan va bajarilishi shart bo’lganmajburiyatlarni o’zida aks ettirgan iqtisodiy munosabatlar majmuyi
Soliq deklaratsiyasi – soliq to’lovchining soliq organiga ma’lum bir davr oralig’ida olgan daromadlari hamda unga qo’llangan imtiyoz va chegirmalar o’zida aks ettirgan maxsus shakldagi rasmiy bayonoti
Soliq nazorati – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq va boshqa majburiy to’lovlarning to’liq va o’z vaqtida to’lanishini ta’minlash ustidan nazorat
Soliq hisob kitoblari – yuridik shaxslar tomonidan qonunda ko’zda tutilgan muddatlarda buxgalteriya hisobi bilan birgalikda soliq organlariga taqdim etilib, o’zida soliq to’lanilishi haqidagi ma’lumotlarni aks ettiradi
Soliqdan chegirma – aksiz to’lanadigan tovarlar olinayotganda yoki mazkur tovarlardan keyinchalik aksiz to’lanadigan tovarlar ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida foydalaniladigan bo’lsa, Respublika hududida chegirib tashlanuvchi aksiz solig’i summasi