Deputat – (lot. Deputatus - vakil qilingan, yuborilgan) Vakolatli davlat organiga saylangan kishi, vakil.
Diaspora – yun. diaspora -tarqalish ma’nosida bo‘lib, ma’lum bir davlat hududida yashovchi, ammo boshqa bir davlatda o‘z davlat tuzilmasiga ega, ma’lum bir xalq millat vakillarining yig‘indisi (masalan O‘zbekistonda yashovchi rus, ukrain millatining diasporasi).
Diversifikatsiya – (lot.diversificatio – o‘zgarish, xilma-xil) ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, iqtisodiy bankrotlikni oldini olish maqsadida ishlab chiqariladigan mahsulot assortimentining kengaytirilishi, mahsulot sotiladigan bozorlarni o‘zgartirish yoki yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashish.
Do'stlaringiz bilan baham: |