- tibbiyot psixologiyasi - shifokor faoliyati psixologiyasini, vemor xulk-atvorining psixologik
jixatlarini urganadi.
-din psixoloxiyasi-diniy ong xususiyatlari, uning psixologik va ijtimoiy psixologik asoslari,
vazifalari va tizimi, diniy xis tuygular xususiyatlari, dinning jamiyat ma’naviy xayotidagio‘rni va
vazifalari, diniy guruxlar psixologiyasini o‘rganadi.
Iroda –Bu qiyinchiliklarni yengish, qo‘yilgan maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan, oldindan
o‘ylangan ongli xatti-xarakatni amalga oshirishdagi xarakatda
AVTOGENEZ - (yunon autos - o’zim, genesis- kelib chiqish) organik dunyoning tarixiy
taraqqiyoti organizmning ichki, moddiy bo’lmagan omillari ta’sirida sodir bo’ladi, deb da’vo
qiluvchi reaktsion nazariyadir. Avtogenez organizmning butunligini, hayot sharoitlariga
bog’liqligini, uning taraqqiyot jarayonida, muhit, yashash sharoitlari ta’sirida tarkib topadigan
belgi va xususiyatlarni inkor qilad
AKT - (lotin actus – hulq, xatti - harakat) – psixologiyada akt deganda organizmning turli
tuman xarakterlari tushuniladi. (Masalan: Sensor akt).
AKULPTOR – ta’sir – markaziy asab tizimining har qanday ta’sirida va uni
boshqarishda ishtirok etishga kirishadi. Termin P.K. Anoxin tomonidan kiritilgan.
Analizator - tashqi va ichki muhitdan keladigan ta’surotlarni qabul qilib olib, fiziologik
jarayon bo’lgan qo’zg’alishni psixik jarayonga, ya’ni sezgilarga aylantiruvchi asab mexanizmlari
tizimi. Analizatorlar 3 qismdan iborat bo’ladi: taa’surotni kabul qilib oluvchi retseptorlar,
retseptorlarda hosil bo’lgan qo’zg’alishni tegishli nerv markazlariga uzatadigan o’gkazuvchi
asab yo’li va qo’zg’alishni psixik jarayonga aylantiruvchi orka miya yoki bosh miyadagi tegishli
asab markazlari. Analizatorlarning biror qismi zararlansa xam tegishli sezgi hosil bo’lmaydi.
Barcha sezgi a’zolarimiz analizatorlarning retseptor kismlarini tashkil qiladi. Analizatorlar
hakidagi ta’limot I.P.Pavlov tomonidan yaratilgan.
ANIMIZM- (lotincha ashta - jon) - ibtidoiy odamlarning atrofdagi narsa va hodisalar
haqidagi fan tarakqiy etguncha bo’lgan tasavvurlari. Animistik tasavvurlarga ko’ra xar bir
narsaning o’z ruhi, o’z joni bor, tabiat kuchlari va hodisalarini jonlantirishdan iborat diniy
e’tiqod. Animizm O’rta Osiyo xalklarida, ayniksa, o’zbek, tojik, qirg’iz dindorlarida "pir"
ma’nosida ishlatiladi. SHunga ko’ra har bir narsaning o’z "piri" bo’lgan.
ASSOTSIATSIYa- (lotincha associato - birlashish, qo’shilish) - ongimizdagi avvalgi
turmush tajribalari bilan belgilanadigan tasavvurlar bog’lanishi. SHu bog’lanishlar tufayli
ongimizda paydo bo’lgan muayyan tasavvurlar o’xshashlik, yondoshlik va qarama-qarshilik
belgilariga ko’ra shunga bog’liq bo’lgan boshqa tasavvurlarni xosil qiladi. Assotsiatsiya tashqi
ta’surotlar tufayli xosil bo’lib, voqealikdagi narsa va hodisalarning real bog’lanishlarini aks
ettiradi. Inson psixik hayotida assotsiatsiyalarning ahamiyati katta: bilim, ko’nikma va
malakalarni o’zlashtirish assotsiatsiyalarga asoslanadi. Assotsiyalarning fiziologik asoslari bosh
miya yarim sharlari qobig’ida hosil bo’ladigan muvaqqat asab bog’lanishlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |