İjtimoiy uyushmalar – fuqarolar manfaatlari umumiyligi va ixtiyoriylik asosida vujudga keluvchi, lekin óz faoliyati natijasida daromad olishni kózlamaydigan tashkilotlar (siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, ayollar, keksalar, nogironlar, yoshlar, bolalar tashkilotlari, ilmiy texnik, madaniy-marifiy, sport va boshqa kóngilli jamiyatlar, jamǵarmalar, assotsiatsiyalar, boshqa tuzilmalar). Demak, fuqarolarning har qanday kóngilli uyushmasi – ijtimoiy uyushmadir. Mavjud siyosiy hayotni ózgartirishga yoki unga tasir etishga urinuvchi ijtimoiy uyushmalar siyosiy, deb qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |