Jamoa manfaati – kishilar guruhi, korxona va firmalarga tegishli manfaatlar majmuidir. Jamoat birlashmalari – fuqarolarning qonunda belgilangan tartibda róyxatdan ótkazilgan birlashmalari. Ularga kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, faxriylar va yoshlarning tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari kiradi. Jarayon – muayyan vaqt oraliǵida bólib ótgan ózgarishlar, voqea va hodisalarning davomiyligi. Jarayonlar uzlukli va uzluksiz, tabiiy va suniy, takrorlanuvchi va betakror, boshqariluvchi va boshqarilmas bólishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |