Demak, hozirgacha qadriyatlar falsafasiga globallashuv jarayonlarining o`ta shiddatli tarzda yoshlarimiz ongiga turli yot g`oya va qarashlarning kirib kelishi ularning qalbida toshbag`rlik, zo`ravonlik, axloqsizlik kabi illatlar jonlanishining oldini olish uchun nihoyatda zarurdir. - Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig`iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo`q, deb beparvo qarab bo`lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas. Globallashuv jarayonining yana bir o`ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda mafkuraviy ta`sir o`tkazishning nihoyatda o`tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganlarini sog`lom fikrlaydigan har qanday inson, albatta, kuzatishi muqarrar. Bu haqda gapirganda, men ilgari bildirgan ba`zi fikrlarni takrorlash o`rinli, deb o`ylayman.
GLOBALLASHUVNING SALBIY VA IJOBIY TOMONLARI - Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo’lgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. Hozirgi paytda uning g’oyat o’tkir va keng qamrovli ta’sirini deyarli barcha sohalarda ko’rish, his etish mumkin. Ayniqsa, davlatlar va xalqlar o’rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi, xorijiy investitsiyalar, kapital va tovarlar, ishchi kuchining erkin qarakati uchun qulayliklar vujudga kelishi, ko’plab yangi ish o’rinlarining yaratilishi, zamonaviy kommuni-katsiya va axborot texnologiyalarining, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg’unla-shuvi, tsivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi, ekologik ofatlar paytida o’zaro yordam ko’rsatish imkoniyatlarining ortishi — tabiiyki, bularning barchasiga globallashuv tufayli erishilmoqda.
Globallashuv jarayonlari o`ta shiddat bilan hayotimizning barcha sohalarini qamrab olayotgan bugungi kunda ilm-fan va texnologiyalarni chuqur o`zlashtirmasak, faqat tariximiz olis ajdodlarimizning kashfiyotlari bilan maqtanib, ularga mahliyo bo`lib yashaydigan bo`lsak, uni yanad boyitib, unga o`z hissamizni qo`shmasak, jahonning yetakchi va rivojlangan mamlakatlari safidan munosib o`rin egallashimiz qiyin bo`ladi. Shunday holga tushmaslik uchun mamlakatimiz prezidenti I.Karimov uqtirganlaridek, “Ta`limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta`limdan ajratib bo`lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi” degan purma`no so`zlari milliy falsafa fanimizning tadqiqot doirasidan asosiy o`rinni egallashi lozim. - Globallashuv jarayonlari o`ta shiddat bilan hayotimizning barcha sohalarini qamrab olayotgan bugungi kunda ilm-fan va texnologiyalarni chuqur o`zlashtirmasak, faqat tariximiz olis ajdodlarimizning kashfiyotlari bilan maqtanib, ularga mahliyo bo`lib yashaydigan bo`lsak, uni yanad boyitib, unga o`z hissamizni qo`shmasak, jahonning yetakchi va rivojlangan mamlakatlari safidan munosib o`rin egallashimiz qiyin bo`ladi. Shunday holga tushmaslik uchun mamlakatimiz prezidenti I.Karimov uqtirganlaridek, “Ta`limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta`limdan ajratib bo`lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi” degan purma`no so`zlari milliy falsafa fanimizning tadqiqot doirasidan asosiy o`rinni egallashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |