Globallashuv sharoitida shiddat bilan rivojlanib borayotgan davr


► bakteriyalar bemor tanasiga tushib, uni zararlantirishining oldini olish uchun; ►



Download 0,69 Mb.
bet4/7
Sana24.06.2022
Hajmi0,69 Mb.
#700987
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
pisa test oybek tayyorladi

bakteriyalar bemor tanasiga tushib, uni zararlantirishining oldini olish uchun;
operatsiya qilinadigan bemor tanasiga bakteriyalar tushmasligi uchun.
Agar o‘quvchilar o‘z javoblarida jarrohlik asboblarida bakteriyalar yoki mikroblar
yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun degan fkrni qayd etishsa-yu, ammo kasallik
tarqalishining oldini olish haqida aytilmagan bo‘lsa, javob qisman qabul qilinadi (1 ball).
Bunday javob quyidagicha bo‘lishi mumkin:
ulardagi barcha mikroblarni o‘ldirish uchun.
Agar javobda kasallik tarqalishining oldini olish uchun, degan fkr bo‘lsa-yu, ammo bu
jarrohlik asboblarida bakteriyalar yo‘q qilinganligi sababli ekani qayd etilmagan bo‘lsa, javob
qisman qabul qilinadi. Bunday javob quyidagicha bo‘lishi mumkin:
kasalliklar tarqalishining oldini olish uchun.
Javob yo‘q yoki boshqa javoblar (masalan, jarrohlik asboblarini toza holda saqlash uchun)
bo‘lsa, javob qabul qilinmaydi (0 ball).
Mazkur topshiriq o‘quvchilarning hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish
kompetensiyasini baholashga qaratilgan.
3-savol
Bemorlar operatsiyadan keyin ovqat va suv
iste’mol qila olmaganliklari sababli ularga tarkibida
suv, glukoza va minerallar bo‘lgan tomchi qo‘yiladi.
Ba’zi hollarda tomchiga antibiotiklar va tinchlantiruvchi vositalar ham qo‘shiladi.
Nima sababdan tomchiga qo‘shiladigan glukoza operatsiyadan keyin bemorlar uchun nihoyatda zarur sanaladi?
A Suvsizlanishning oldini olish uchun
B Operatsiyadan keyingi og‘riqni kamaytirish uchun
C Operatsiyadan keyingi infeksiyalarni davolash uchun
D Zarur bo‘lgan oziq moddalar bilan ta’minlash uchun
Baholash mezoni
Mazkur topshiriqni bajarish uchun o‘quvchilar biologiyadan tegishli bilimlarni yodga
olishlari kerak: iste’mol qilingan oziq-ovqat tarkibidagi uglevodlar glukozagacha parchalanib, qonga so‘riladi. Bu jarayon uchun ko‘p vaqt talab etiladi. Tomchi orqali yuborilgan
glukoza parchalanib, undan energiya hosil bo‘lishiga esa nisbatan kamroq vaqt saranadi.
Operatsiyadan keyin ovqat hazm qilish sistemasi o‘z funksiyasini to‘liqligicha davom ettirishi uchun esa ko‘p vaqt talab etiladi.
Agar o‘quvchilar “D Zarur bo‘lgan oziq moddalar bilan ta’minlash uchun” javob variantini belgilashsa, javob to‘liq qabul qilinadi (1 ball) . Javob yo‘q yoki boshqa javoblar bo‘lsa,
javob qabul qilinmaydi (0 ball).
Mazkur topshiriq o‘quvchilarning hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish
kompetensiyasini baholashga qaratilgan.
4-savol
Organlarni ko‘chirib o‘tkazish jarrohlik amaliyoti yordamida amalga oshiriladi va bu holat keng tarqalmoqda. Quyidagi diagrammada 2003-yil davomida shifoxonalardan birida ko‘chirib o‘tkazilgan organlar soni ko‘rsatilgan.


Yuqoridagi diagrammaga asoslanib, quyidagi xulosalarga kelish
mumkinmi? Ko`chirib o`tkazilgan organlar soni
Buyraklar Jigar Yurak O‘pkalar


Tikanbaliq akvariumda parvarish qilish oson bo‘lgan baliqdir.

Urchish davrida erkak baliqlarning qorin qismi kumushrangdan qizil rangga o‘zgaradi.
Erkak tikanbaliq o‘zi yashaydigan hududga kelib qolgan har qaysi raqobatchi erkak
baliqqa hamla qiladi va uni haydab chiqarishga harakat qiladi.
Agar kumushrangli urg‘ochi baliq yaqinlashsa, uni tuxum qo‘yish uchun o‘zining
uyasi tomonga yo‘llashga harakat qiladi.
O‘quvchi erkak baliqning tajovuzkor xatti-harakatlar qilishiga nima majbur etishini
tajribada o‘rganmoqchi.
O‘quvchining akvariumida yolg‘iz erkak tikanbaliq bor. O‘quvchi mumdan uchta baliq modelini yasaydi va ularning har birini simga mahkamlaydi. U har qaysi modelni alohida holda bir xil muddatga akvariumga tushiradi. Shundan so‘ng
TIKANBALIQNING XATTI-HARAKATLARI
99 –o‘quvchi erkak tikanbaliq mumdan yasalgan fguralarni necha marta itarib, tajovuzkor xatti-harakatlar qilganini sanaydi.

1-savol
Ushbu tajriba yordamida qaysi savolga javob berishga harakat
qilinmoqda?
______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
__________________________________________________________________________
Topshiriq tavsif
Agar o‘quvchilar o‘z javoblarida “Qaysi rang erkak tikanbaliqning tajovuzkor xatti-harakatiga sabab bo‘ladi?” degan savolni qayd etishsa, javob to‘liq qabul qilinadi (1 ball).
To‘g‘ri javoblar quyidagicha bo‘lishi ham mumkin:
Erkak tikanbaliq kumushrangli baliqqa nisbatan qizil rangli baliqqa yanada tajovuzkorroq munosabatda bo‘ladimi?
Tajovuzkor xatti-harakat va rang o‘rtasida bog‘liqlik bormi?
Baliqlarning rangi erkak tikanbaliqning tajovuzkor xatti-harakatlariga sabab bo‘ladimi?
Baliqning qanday rangi erkak tikanbaliqning eng ko‘p tajovuzkor xatti-harakatiga
sabab bo‘ladi?
Javob yo‘q yoki model/baliqning rangi bilan bog‘liq bo‘lmagan barcha javoblar qabul

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish