Globallashuv asoslari



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/82
Sana11.09.2021
Hajmi1,82 Mb.
#171358
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   82
Bog'liq
globallashuv asoslari

Nima  qilish  kerak?  Odamning  isitmasi  chiqsa,  avvalo,  uning  sababi  aniqlanadi. 
Faqat haroratni tushiradigan dorini ichish bilan vaqtincha isitmadan qutilish mumkin, ammo asl 
sabab bo‗lgan dard davolanmas ekan, ko‗p o‗tmay harorat yana ko‗tarilaveradi. Ya'ni, isitmadan 
batamom  qutilish  uchun  simptomni  emas,  balki  kasallikning  o‗zini  davolash  kerak.  Xuddi 
shuningdek,  bugun  ko‗p  gapirilayotgan,  insonning  axloqsiz  bo‗lib,  moddiylashib  borayotgani 
johillik, ma'naviyatsizlik dardining simptomlaridir. Odamning odobli bo‗lib, ruhiy dunyosining 
boyishini,  dunyoda  inson  bo‗lib  yashashini  ta'minlashga  atrof-muhitni   buzg‗unchi  vositalardan 
xoli qilish bilangina erishib bo‗lmaydi. Balki inson ma'naviyatini ko‗tarish, qalbiga ilm, ezgulik 
ziyosini kiritish bilangina johillik, ma'naviy buzuqlik dardiga davo topish mumkin.        
Johillik bugun epidemiya tarzida keng  yoyilgan. Ilm uning davosi, emidir. Ilm agar 
insonning  hayotida  aks  etmay,  faqat  xayolda,  qog‗oz-qalamdagina  qolsa,  bu  ilmdan  uning 
egasiga  naf  yo‗q.  Xorijlik  bir  tanishimning  shunday  degani  esimda:  «Universitetda  ko‗plab 
professorlarni ko‗rdim,  bag‗oyat  ilmli,  o‗z sohalarida tengi  yo‗q mutaxassislar. Ammo  shaxsiy 
hayotlaridagi  o‗zlarini  tutishlari,  arzimas  narsa  uchun  pastkashlikka  borishlari,  axloqsizliklari 
meni ajablantirardi». 
Darhaqiqat,  ilmning  o‗zi  ham  inson  ma'naviyatini  ifodalamaydi.  Aslida,  ilm  nima, 
uning  mezoni  qanday  bo‗lishi  kerak,  bular  ham  bahsli  savollar.  Odam  qo‗lida  oliy  ilm  unvoni 
bo‗laturib  o‗zi  ma'naviyatsiz  bo‗lishi  hech  gap  emas.  Umr  bo‗yi  tog‗da  qo‗y  boqqan  cho‗pon 
yoki dalada ketmon chopgan dehqon esa ma'naviy barkamol, axloq-odobda komil inson bo‗lishi 
mumkinligi ham haqiqat. 
Bugungi  tezkor  globallashuv  jarayonida  ma'naviyatni  saqlab  qolishning  yagona 
chorasi insonning qoniga, joniga ma'naviyatni singdirishdir. Xo‗sh, bu qanday amalga oshiriladi? 
Bu muhim  vazifaning umumiy  yo‗nalishini Yurtboshimiz shunday belgilab bergan: 
«Ma'lumki,  har  qanday  kasallikning  oldini  olish  uchun,  avvalo,  kishi  organizmida  unga  qarshi 
immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-
bobolarimizning  muqaddas  diniga  sadoqat  ruhida  tarbiyalash  uchun,  ta'bir  joiz  bo‗lsa,  avvalo, 


ularning  qalbi  va  ongida  mafkuraviy  immunitetni  kuchaytirishimiz  zarur.  Toki  yoshlarimiz 
milliy  o‗zligini,  shu  bilan  birga,  dunyoni  chuqur  anglaydigan,  zamon  bilan  barobar  qadam 
tashlaydigan insonlar bo‗lib yetishsin. Ana shunda johil aqidaparastlarning «da'vati» ham, axloq-
odob tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona  g‗oyalar ham  ularga o‗z ta'sirini 
o‗tkaza olmaydi». 
Tarbiyaning eng samarali usullaridan biri o‗rnak bo‗lish orqali ta'lim berishdir. Ya'ni, 
yoshlarimizga tarbiya beradigan mutaxassislar, ustoz-tarbiyachilar, avvalo, o‗zlari tarbiyalangan 
bo‗lmoqlari  va  yoshlarga  oliy  namuna  maktabi  vazifasini  o‗tamoqlari  lozim.  Ma'naviyat 
tarbiyachining yurish-turishida ufurib tursa, u milliy urf-odatlarga sodiqlik, qadriyatlarga hurmat 
ko‗rsatsa va bunga o‗z hayotida amal qilsa, ko‗zlangan maqsadlarga erishish samaraliroq bo‗ladi. 
Bu  borada  vatanparvarlik,  ezgulik,  xayr-saxovatni  tarannum  etuvchi  badiiy  asarlar, 
filmlarning ham o‗rni beqiyos. Agar film yoki badiiy asar yuqori sifatli bo‗lsa, uning ijobiy ta'siri 
boshqa har qanday vositadan kuchli bo‗lishi shubhasiz. Yoshlarni sport ishlariga muntazam jalb 
etish  ham  yuqori  samara  berishi  ma'lum.  Do‗stlik,  vatanparvarlik  g‗oyalarini  singdirishda 
sportdan  o‗tadigani  yo‗q.  Ma'rifiy  ishlar  bilan  birga  sport  musobaqalarini  barobar  olib  borish 
yoshlarimizning  ham  jismonan,  ham  ma'nan  sog‗lom  bo‗lishlarini  ta'minlaydi.  Bu  tadbirlarni 
erta, imkon bo‗lsa, bog‗cha yoshidan boshlash kerak. Chunki bu davrda murg‗ak qalblarga yo‗l 
topish oson bo‗ladi. Ayni shu davrda ularda ma'naviyat immunitetini shakllantirish mumkin. 
Bizning  ma'naviyatimiz  shunday  bir  hayot  yo‗liki,  shaxsni,  davlatni  va  hatto 
jamiyatni  usiz  tasavvur  etib  bo‗lmaydi.  U  har  jabhada  hayotimizga  singib  ketgan.  Demak, 
ma'naviyatni  saqlab  qolish  uchun  davlatning  aralashuvi  jamiyatdagi  plyuralizmga  zid  harakat 
emas, balki xalqning istayotganini o‗ziga qaytarishdir. Zero, demokratiya, plyuralizm degani bu - 
birovga zararing tegmasa, istalgan buzuqlikni qilishing mumkin, degani emas. 
Globallashuv jarayonida internet yangi aloqaviy vositadir. Kimdir ma‘lumot, kimdir 
axborot  oladi  va  yana  boshqa  birov  tanish  orttiradi,  xat  yozishmalar  sifatida  foydalaniladi  va 
barcha  sohalar  ma‘lumot  beruvchi  ensiklopediya  o‗rnini  egallaydi.  Globallashuv  jarayonida 
kishilar  internetdan  xohlagan  manbani  topadi.  Internet  ko‗pchilikni  birlashtiradi  yoki  ajratishi 
ham  mumkin,  bundan tashqari agressiv maqsadda ishlaydi,  ya‘ni u mafkuraviy urush qurolidir, 
buni ilmda «kiberterrorizm» deydi. 
Globallashuv  jarayonda  dunyoda  sodir  bo‗layotgan  voqealar  va  harakatlar  tezlikda 
internet tarmoqlari orqali tarqaladi. Bu esa axborot kommunikatsiya dunyosining rivojlanishidan 
dalolat  beradi.  Internetda  ishlagan  kishi  dunyo  yangiliklaridan  habardor  bo‗ladi,  ayrim  yoshlar 
o‗zini virtual dunyoda ekanligini his qilmaydi. Unda ishlash ruhiy g‗oyalarning rivojlanishiga va 
sog‗ligiga  zarar  etkazishi  ham  mumkin.  Internet  dunyo  hamjamiyatini  o‗zining  beg‗araz 
(pornografik) saytlari bilan tashvishga solmoqda, o‗spirin  yoshlarning ongiga ta‘sir qilib,  ba‘zi 
noan‘anaviy  xabarlarni  ham  tarqatmoqda.  SHuning  uchun  ham  ota-onalar  farzandlarining 
internetda  ishlayotgan  jarayonini  nazorat  qilishsa  maqsadga  muvofiqdir.  Hozirgi  kunda 
internetning  har  xil  saytlari  yoshlar  ongiga  salbiy  ta‘sir  qiladi,  lekin  kun  sayin  unga  o‗rganib 
qolayotganlar  soni  ortib  bormoqda.  Bunday  ruhiy  bog‗lanish  fojeali  oqibatlarga  olib  keladi. 
Ayrim  yoshlar  kompyuter  klublarida  har  xil  o‗yinlar  bilan  mashg‗ul.  Bu  nafaqat  ¤zbekistonda 
balki  boshqa  davlatlarda  ham  mavjud.  Masalan,  Janubiy  Koreyada  kompyuter  o‗yinlari  juda 
ommalashgan. 
Umuman  olganda,  barcha  tadqiqotchi  olimlar  global  o‗zgarishlar  madaniy  o‗ziga 
xosliklarga,  ayniqsa  o‗sib  kelayotgan  yosh  avlod  tarbiyasiga,  ularning  ongi  va  mafkurasiga 
ta‘sirini  o‗tkazishini  ta‘kidlaydilar.  YOsh  avlodning  miyasi  hali  yozilmagan  oq  qog‗oz  misoli 


toza  bo‗ladi.  Unga  nima  yozilsa,  kiritilsa,  o‗sha  narsa  namoyon  bo‗ladi.  Biroq  ushbu  ta‘sir 
doirasi to‗g‗risida har xil munosabat bildiradilar. 
Ba‘zilari yangi texnologiyalarning keng tarqalishini qo‗llab-quvvatlaydilar, bu bilan 
globallashuv jarayoni barcha salbiy oqibatlarning oldini olishga qodir, deb hisoblaydilar. G‘arb 
sivilizatsiyasining  yutuqlaridan  hayratlangan  boshqalar  globallashuv  faqatgina  ijobiy 
o‗zgarishlarga  olib  keladi,  degan  fikrda.  Ushbu  toifadagi  tadqiqotchi  va  olimlar  bu  o‗rindagi 
madaniy  o‗ziga  xoslikni  qoloqlik,  kambag‗allik,  taraqqiyotdan  voz  kechish  kabi 
tushunchalarning  sinonimi  sifatida  baholaydilar.  Uchinchi  bir  guruhdagilar  esa  global 
o‗zgarishlarda katta tahdid mujassam ekanligini ta‘kidlaydilar. 
Boshqalarning tasavvuriga muvofiq, globallashuv iqtisodiy sohada emas, balki diniy 
sohada  katta  xavf-xatar  tayyorlamoqda,  chunki,  globalizm  va  axborot  dunyoviy  xarakterga  ega 
bo‗lgan  bir  paytda  xudosizlik  targ‗iboti  bilan  uyg‗unlashtiriladi.  YAna  boshqalarning 
qarashlarida  globallashuv  millatga  va  milliy  o‗ziga  xoslikka  putur  etkazadi.  Madaniy,  shu 
jumladan diniy qadriyatlar, turmush tarzi ham xavf ostida qoladi. Bunday yondashuvga moyillik 
bildirayotgan  fan  va  siyosat  arboblari  uchun  madaniy  o‗ziga  xoslikni  saqlashga  intilish  asosiy 
maqsaddir.  CHunki  hozirda  internet  tarmog‗idan  foydalanadiganlarning  asosiy  qismini  yoshlar 
tashkil qilmoqda. YOshlar esa millat va davlat kelajagidir. 
Globalizm  milliy  davlatlar  suvernitetini  sezilarli  darajada  cheklab  qo‗ydi  va  bu 
jarayon  kuchayib  bormoqda.  CHeklab-chegaralash  mexanizmlarini  yaratish  va  kuchaytirish 
orqali  vaziyatni  to‗laligicha  nazorat  qilish  kabi  tor  va  sayoz  fikrlash  konsepsiyasi  allaqachon 
eskirgan. 
Barcha  sohadagi  globallashuvni  jamiyatning  ichiga  olib  kirish  masalasida  ko‗p 
o‗ylagan  va  o‗ylayotgan  davlatlar  ertami-kechmi  shu  narsani  tushunadilarki,  globallashuvni 
inkor  qilish  ushbu  fenomenning  ta‘sir  doirasiga  tushishning  eng  halokatli  yo‗lidir.  CHunki, 
o‗zini-o‗zi cheklab chegaralash bilan qoloqlik domiga tushgach, baribir bu boradagi islohotlarni 
boshlash  lozimligini anglaydi.  Globalizm,  jumladan axborot globallashuvining  mutlaqo domiga 
tushmaslikning  chorasi  mavjud  emas  va  buning  iloji  ham  yo‗q.  Eng  yaxshi  yo‗l  –  bu  ma‘lum 
milliy  davlat  manfaatlarini  saqlash  va  himoya  qilish  maqsadida  axborot  texnologiyalarini, 
dasturlarini  imkon  qadar  tezlashtirish,  iqtisodiy  va  siyosiy  sohadagi  islohotlarni  izchil  yo‗lga 
qo‗yishdir. 
Hayot  tajribasi  shuni  ko‗rsatmoqdaki,  globalizmning  mudhish  oqibatlariga 
yo‗liqmaslik  va  domiga  tushmaslikning  birdan-bir  yo‗li  –  tezroq  ushbu  jarayon  ichiga  kirib 
borishdir  va  shu  to‗g‗risida  o‗ziga  kerakli  tushunchalar  hosil  qilishdir.  Milliy  davlatlar, 
jamiyatlar,  hukumatlarning  hayotiyligini  ta‘minlashning  sharti  ham  barcha  sohada  zamonaviy 
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy taraqqiyot dasturlarini qabul qilish, jamiyatni axborotlashtirishdir. 
Albatta,  bugun  internet  maydoni  sayyoramizdagi  mavjud  har  xil  madaniyatlar, 
g‗oyalar,  qadriyatlar  va  manfaatlarni  o‗zida  aks  ettirgan  yagona  global  tarmoqdir  ammo,  ba‘zi 
masalalarni  keng  miqyosda  nazoratga  olishni  taqozo  qilmoqda.  Bundaylar  safiga  terrorizmni 
parvarishlovchi,  diniy  ekstremistik  g‗oyalar  tarqatuvchi,  pornografiya  kabi  axloqsizlikka 
moyillikni  rivojlantiruvchi  saytlarni  kiritish  mumkin.  Biroq,  mazkur  saytlarga  bo‗lgan 
munosabat darajasi ham dunyo mamlakatlarida har xildir. 
Global  miqyosda  insoniyatning  ba‘zi  masalalarda  murosaga  yuzlanishiga  to‗g‗ri 
keladi.  SHulardan  biri,  bizningcha,  internetda  terrorizmni  parvarishlovchi  sahifalarni  nazorat 
qilishga  yo‗naltirilgan  hamkorlikdir.  SHunisi  qiziqki,  bu  veb  sahifalarning  qurboni  faqatgina 
yoshlar  emas,  balki  katta  yoshdagi  kishilar  ham  o‗zining  ma‘naviy  boyligining  to‗liq  emasligi 
hamda  buzg‗unchi  g‗oyalarga  moyilligi  tufayli  qurbonga  aylanmoqdalar.  Buning  uchun, 


terroristik  deb  tan  olingan  guruhlar,  kimsalarga  mutaxassislar  tomonidan  tan  olingan  saytlarga 
serverlardan  joy  bermaslik,  ularni  yopishga  qaratilgan  chora-tadbirlarni  qilish  maqsadga 
muvofiqdir. Bu o‗rinda BMT katta rol o‗ynashi mumkin. 
SHubhasiz,  bu  yo‗nalishda  ma‘lum  ishlar  amalga  oshirilib,  muayyan  halqaro 
hujjatlar  ham  qabul  qilingan.  Ammo  kibermaydonda  zikr  etilgan  illatlarning  yoyilishi 
muammosini  yuqori  o‗ringa  ko‗tarish,  mavjud  imkoniyatlarni  safarbar  etish  fursati  allaqachon 
etib kelgan. 
Bugungi  kunda  O‘zbekistonda  internet  tijorati  firmalari,  gazeta-jurnal  saytlari 
nihoyatda  rivojlanib,  mukammallashib  bormoqda,  uni  ta‘qib  qilish  qiyin.  Ammo  milliy  urf-
odatga va axloqiy darajaga to‗g‗ri kelmaydigan saytlar ham  ko‗p. Bu  yoshlar va kelajak avlod 
ongiga  katta  ta‘sir  qiladi.  Ayrim  qo‗shtirnoq  ichidagi  beg‗araz  insonlar  yoshlarni  pornografik 
saytlar  orqali  nishonga  oladi,  ya‘ni,  ma‘naviy  ozuqa  bilan  birga,  ruhiy  hayot  tarziga  ta‘sir 
o‗tkazadi. Hozirgi kunda buning oldini olish maqsadida ayrim saytlarni filterdan o‗tkazish zarur. 
Jahon  sahnida  etarli  darajada  mavqega  ega  bo‗lgan  internet  yoshlarning  ongidagi  bo‗shliqni 
ortiqcha  ma‘lumotlar  bilan  to‗ldiradi.  YOshlar  virtual  hayotga  shunchalik  kirib  ketmoqdaki, 
milliy  ma‘naviy  qadriyatlar  ming  yillar  davomida  shakllangan,  o‗tmish  avlodlardan  o‗tib 
kelayotgan ma‘naviy boylik ekanligini bilishmaydi. ¤smir yoshdagi bolalarning internetga qattiq 
bog‗lanib  qolish  holatlari  kuzatilmoqda.  Bu  esa  ―internet  kasalligi‖ni  keltirib  chiqaradi.  Bir 
necha yil oldin Pekin shahrida ―internet kasalligi‖ga chalingan bemorlarning shifoxonasi ochildi. 
―Bugungi  kunda  zamonaviy  axborot  maydonidagi  harakatlar  shu  qadar  tig‗iz,  shu 
qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi 
yo‗q,  deb  beparvo  qarab  bo‗lmaydi.  Ana  shunday  kayfiyatga  berilgan  xalq  yoki  millat 
taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas.‖ 
Islom Karimov 
Globallashuv  XXI  asr  jahon  taraqqiyotining  ob‘ektiv  qonuniyatlaridan  biri  sifatida 
e‘tirof  etilmoqda.    Globallashuv  fenomeni  haqida  gapirganda,  bu  atama  bugungi  kunda  ilmiy-
falsafiy,  hayotiy  tushuncha  sifatida  juda  keng  ma‘noni  anglatishi  mumkin.  Umumiy  nuqtai 
nazardan qaraganda, bu jarayon mutlaqo yangicha ma‘no-mazmundagi xo‗jalik, ijtimoiy-siyosiy, 
tabiiy-biologik  global  muhitning  shakllanishini  va  shu  bilan  birga  mavjud  milliy  mintaqaviy 
muammolarning jahon miqyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda.  

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish