ta‘lim-tarbiya, yosh avlod kelajagi, bir so‗z bilan aytganda, xalqimiz va Vatanimiz istiqboliga
daxldor bo‗lgan barcha chiqishlarida, kitob va risolalarida o‗z aksini topib kelmoqda.
Prezidentimiz I.Karimov o‗zining ―YUksak Ma‘naviyat – engilmas kuch‖ kitobida
ma‘naviyatning inson kamolotidagi o‗rni, jamiyat rivojidagi bemisl ahamiyatini juda chuqur
mushohada va hayotiy tajribadan kelib chiqib tahlil qilib berdi. Muallif ma‘naviyatga insonni
ruhan poklanish va qalban ulg‗ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini
baquvvat, iymon-e‘tiqodini butun qiladigan, uning vijdonini uyg‗otuvchi beqiyos kuch‖ deb
ta‘rif berar ekan, ma‘naviy tarbiya masalasini hayot-mamot masalasi deb biladi.
YUrtboshimiz yozadilar: ―Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‗lmasligi,
farzandlarimizning bizdan ko‗ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‗lib yashashi uchun bor
kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma‘naviy tarbiya masalasi,
hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni,
qat‘iyat va mas‘uliyatimizni yo‗qotsak, bu o‗ta muhim ishni o‗z holiga, o‗zbo‗larchilikka tashlab
qo‗yadigan bo‗lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‗g‗rilgan va ulardan oziqlangan
ma‘naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‗zimiz intilgan umumbashariy
taraqqiyot yo‗lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin‖ (4-bet).
I.Karimov
ma‘naviyatga
qaratilgan har qanday tahdid o‗z-o‗zidan mamlakat, uning milliy manfaatlarini, sog‗lom avlod
kelajagini ta‘minlash yo‗lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni
inqirozga olib kelishini alohida qayd etadi. CHunki, deydi muallif – dunyodagi zo‗ravon va
tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlkatni o‗ziga tobe qilib, bo‗ysundirmoqchi, uning
boyliklarini egallamoqchi bo‗lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya‘ni eng buyuk boyligi
bo‗lmish
milliy qadriyatlari, tarixi va ma‘naviyatidan judo qilishga urinadi (11-b).
Agarki,
- deydi muallif – biz bunday xatarlarga qarshi o‗z vaqtida qat‘iyat va izchillik bilan kurash olib
bormasak, turli zararli oqimlar bizning yurtimizga tez shiddat bilan yopirilib kirishi,
yoshlarimizni o‗z girdobiga tortib ketishi, oqibatda ularning ota-ona, oila, el-yurt oldidagi burchi
va mas‘uliyatini o‗ylamaydigan, faqat bir kunlik hayot bilan yashaydigan xudpisand kimsalarga
aylanib qolishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: