Globallashuv asoslari


sohadagi faoliyatimizni xalqimizning ma‟naviy ehtiyojlari, zamon talablari asosida yanada



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/82
Sana11.09.2021
Hajmi1,82 Mb.
#171358
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   82
Bog'liq
globallashuv asoslari

sohadagi faoliyatimizni xalqimizning ma‟naviy ehtiyojlari, zamon talablari asosida yanada 
kuchaytirishimiz, yangi bosqichga ko„tarishimiz zarur. 
Aholining 
xolis 
va 
haqqoniy 
axborotga 
ega 
bo‗lishini 
ta‘minlash, 
yurtdoshlarimizning madaniy saviyasi, bilim va dunyoqarashini oshirish, qadimiy an‘analarimiz, 
tarixiy  merosimizni  asrab-avaylash  va  rivojlantirish,  shu  bilan  birga,  fuqarolarimiz  ongida 
demokratik  qadriyatlar,  grajdanlik  pozitsiyasini  shakllantirish,  yosh  avlodni  vatanparvarlik  va 
umuminsoniy  qadriyatlarga  hurmat  ruhida  tarbiyalashni  ommaviy  axborot  vositalari  oldida 
turgan yana bir muhim vazifa sifatida qayd etish mumkin. 
Inson  kundalik  hayotida  turli  narsalardan  foydalanadi.  Inson  ularni  iste‘mol  qilar 
ekan har gal muayyan tartib-qoidalar, sodda qilib aytganda, madaniyatga rioya qiladi. Aytaylik, 
kiyim-bosh kiyish yoki oziq-ovqat iste‘mol qilishning o‗ziga xos madaniyati bor. Bugungi kunda 
axborot  ham  iste‘mol  qilinadigan  tovarga  aylangan  ekan,  har  bir  inson  yoki  alohida  olingan 
jamiyat o‗zida uni iste‘mol qilish madaniyatini tarbiyalashi lozim. 
Xo‗sh,  axborot  iste‘moli  madaniyati  deganda  nimani  tushunish  kerak?  Axborot 
iste‘moli  madaniyati,  eng  umumiy  ma‘noda,  axborot  oqimidan  inson  manfaatlari,  kamoloti 
hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ma‘lumotlarni qabul qilish, saralash, tushunish va 
talqin etish xizmat qiladigan bilimlar, qobiliyat va malaka tizimini anglatadi. 
Inson  o‗zida  bunday  madaniyatni  tarbiyalashi  uchun  nima  qilishi  zarur?  Buning 
uchun  u  yoki  bu  axborotni  eshitar  ekan,  har  bir  inson  hech  bo‗lmaganda  ―Bu  axborotni  kim 
uzatayapti?‖,  ―Nima  uchun  uzatayapti?‖  va  ―Qanday  maqsadda  uzatayapti?‖  degan  savollarni 
o‗z-o‗ziga berishi, unga asosli javob topishga harakat qilishi kerak bo‗ladi. Ana shundagina turli 
g‗oyalar  ta‘siriga  tushib  qolish,  taqdim  etilayotgan  ma‘lumotlarga  ko‗r-ko‗rona  ergashishning 
oldi  olinadi.  SHakllangan  axborot  iste‘moli  madaniyati  milliy  manfaatlarimiz  va 
qadriyatlarimizga  zid  bo‗lgan  xabar,  ma‘lumotlarga  nisbatan  o‗ziga  xos  qalqon  rolini  o‗taydi, 
shaxs dunyoqarashi va xulqidagi sobitlikni ta‘minlashga xizmat qiladi.  
Mafkuraviy  globallashuv  axborot  vositalarining  rivoji  va  bu  sohada  sodir 
bo‗layotgan inqilob bilan bog‗liq. Mutaxassislar fikricha, insoniyat bugungi kunda yangi axborot 
inqilobini boshdan kechirmoqda va u kishilik jamiyati tarixidagi birinchi inqilob emas. Nutqning 
shakllanishi  axborot uzatish  imkoniyatlarini kengaytirgan bo‗lsa,  yozuvning paydo bo‗lishi uni 
uzoq  vaqt  davomida  saqlash  va  axborotni  uning  yaratuvchisidan  ajratgan  holda  ulkan 
masofalarga  etkazish,  hatto  zamonlararo  olib  o‗tishga  yo‗l  ochdi.  Gazeta  va  jurnallarni  nashr 
etishning  yo‗lga  qo‗yilishi  yozma  axborotni  uzatishdagi  tezkorlik  va  qamrovlilikni  yanada 
kengaytirdi.  Radio  va  televidenie  esa  axborotni  ovoz  va  tasvir  orqali  uzatishni  ta‘minlab,  uni 
yangi sifatiy bosqichga ko‗tardi.  
Hozirgi axborot inqilobi oldingi davrlarda paydo bo‗lgan axborot uzatish usullarining 
ko‗pgina  tomonlarini  o‗zida  sintez  qilgan,  zamonaviy  kompyuter  texnologiyalariga  asoslangan 
internet  kabi  hodisalarning  paydo  bo‗lishi  bilan  bog‗liq. Bugungi  kunda  turli  shakl  va 
mazmundagi  axborotlar  inson  va  jamiyat  hayoti,  taraqqiyoti  va  kamolotining  zaruriy  shartiga, 
elektron ommaviy axborot vositalari (EOAV) va turli tashkilotlarning rasmiy veb-sahifalari esa 
uni  tarqatishning  muhim  bo‗g‗iniga  aylangan.  Xususan,  har  qanday  kishi  murakkab  ijtimoiy-
siyosiy va madaniy jarayonlarda to‗g‗ri yo‗l topa olishi, o‗zining individual tajribasi doirasidan 
chiqishga va keng qamrovli jarayonlar mohiyatini his qilishida internet radio, televidenie, gazeta 
va jurnallardan ham muhimroq ahamiyat kasb etadi.  
50 millionlik auditoriyaga erishib, ommalashish uchun radioga 38  yil, televideniega 
13 yil, kabel televideniega 10 yil kerak bo‗lgani holda, bu bosqichni internet 5 yilda bosib o‗tdi.  
Internet odamlar ongi va hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulq-atvorlariga ta‘sir ko‗rsatishda katta 


imkoniyatlarga ega. Internetning bugungi kundagi rivoji g‗oyaviy ta‘sir o‗tkazishning miqyosi va 
ko‗lamining  keskin  darajada  o‗sishiga  olib  keldi.Internet  bugungi  axborot  makonining  muhim 
bo‗g‗iniga  aylandi.  Hozirda  internetdan  nafaqat  kompyuter  tarmog‗i,  balki  kosmik  aloqa 
yo‗ldoshlari,  radiosignal,  kabel  televideniesi,  telefon,  uyali  aloqa  orqali  ham  foydalanish 
mumkin.  Avvallari  faqatgina  so‗zlashuv  uchun  ishlatilgan  telefondan  bugun  internet,  tovushli 
aloqa va ma‘lumotlar uzatish kabi turli qo‗shimcha xizmatlardan foydalanish, videotelefoniya va 
hatto teleko‗rsatuvlar ko‗rish imkoni bor.  
Internet  kishilar  hayotining  ajralmas  qismiga  aylanib  borayotganini  quyidagi 
raqamlardan  bilib  olish  mumkin: 2000  yildan  2012  yil  oxiriga  qadar  dunyoda  internetdan 
foydalanuvchilar soni 9,6 barobarga oshib, 2,4 milliard kishiga etdi, mobil aloqa abonentlari soni 
esa  13,4  barobarga  oshib,  6,7  milliardni  tashkil  etdi.  Internetdan  foydalanuvchilarning  44,8  % 
(1,1  mlrd.  kishi)  Osiyo,  21,6  %  (519  mln.  kishi)  Yevropa,  11,4  %  (274  mln.  kishi)  SHimoliy 
Amerika  qit‘alariga  to‗g‗ri  keladi. Jahon  veb-auditoriyasining  45  %ini  25  yoshgacha  bo‗lgan 
shaxslar tashkil etadi. Mazkur o‗smirlarning 68 % har kuni kimgadir SMS-xabar jo‗natadi, 51 % 
ijtimoiy  tarmoqlarga  kiradi,  30  %  elektron  pochtadan  foydalanadi. Ayni  vaqtda  virtual  olamda 
600 mln.ga yaqin internet saytlar mavjud bo‗lib, har oyda o‗rtacha 201,4 trln. videorolik ko‗rib 
chiqiladi, har kuni 144 mlrd. elektron maktub jo‗natiladi.  
Yaratib berilayotgan  huquqiy kafolatlar va shart-sharoitlar samarasi  o‗laroq, hozirgi 
kunda  yurtimizda  faoliyat  ko‗rsatayotgan  ommaviy  axborot  vositalari  qariyb  1200  taga  etdi. 
Bosma  ommaviy  axborot  vositalarining  soni  1,5  barobar,  elektron  ommaviy  axborot 
vositalarining soni esa 7 barobarga ko‗paydi. Mavjud barcha bosma nashrlar 60 %, telekanallar 
53 %ga yaqini, radiokanallarning esa 85 % nodavlat ommaviy axborot vositalari hissasiga to‗g‗ri 
kelayotgani  mamlakatimizda  ushbu  sohaga  bozor  mexanizmlari  jadal  sur‘atlarda  joriy 
etilayotganining yorqin isbotidir. 
O‗zbekistonda  keyingi  yillarda  suniy  yo‗ldosh  aloqa  tarmog‗i  orqali 
teleradiodasturlarni tarqatish yo‗lga qo‗yildi. Bugun mamlakatimiz telekommunikatsiyalar tizimi 
dunyoning  180  ta  mamlakatiga  28  ta  yo‗nalish  bo‗yicha  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  chiqadigan  xalqaro 
kanallarga  ega.  YUrtimizdagi  teleradiokanallar  tomonidan  tayyorlanayotgan  ko‗rsatuv  va 
eshittirishlar  Internet  global  tarmog‗i  orqali  real  vaqt  rejimida  jahonga  uzatilmoqda.  Hozirgi 
kunda mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni 9,8 milliondan oshdi. 16 mingga yaqin 
Uz  domenidagi  veb-saytlar  faoliyat  olib  bormoqda.  200  dan  ortiq  veb-sayt  ommaviy  axborot 
vositasi  sifatida  ro‗yxatga  olingan.  Internetning  ta‘sir  kuchi  beriladigan  materiallarning 
tezkorligi,  ko‗tarilayotgan  masalalarning  dolzarbligi  hamda  tahliliylik  darajasi  va  mavjud 
muammolarning samarali echimlarini taklif etishiga ko‗p darajada bog‗liq.  
Prezidentimiz ta‘kidlaganlaridek, ―Bugungi  kunda zamonaviy  axborot maydonidagi 
harakatlar shu qadar tig‗iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda 
yuz  beribdi,  uning  bizga  aloqasi  yo‗q,  deb  beparvo  qarab  bo‗lmaydi.  Ana  shunday  kayfiyatga 
berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas‖. Internet 
orqali  amalga  oshiriladigan  va  katta  mablag‗  talab  qilmaydigan  g‗oyaviy  ta‘sir  va  tazyiqning 
o‗ziga  xosligi  shundaki,  u  o‗quvchi,  tinglovchi  yoki  tomoshabinga  sezdirilmasdan  amalga 
oshiriladi  va  bevosita  qurbonlarni  keltirib  chiqarmaydi.  Axborot  urushi  dushmanni  yo‗q 
qilmagan,  katta  xarajatni  talab  qilmagan  holda,  yuqori  samara  beradi.   Bunda  g‗oyaviy  ta‘sir 
yo‗naltirilgan  mamlakatlar  aholisining  xohish-istaklari,  mentaliteti,  mavjud  muammolari  jiddiy 
o‗rganilgan holda, asosiy diqqat kishilar ongi va dunyoqarashiga ta‘sir ko‗rsatishga, shakllangan 
qadriyatlarni  o‗zgartirishga,  ularning  regulyatorlik  rolini  kamaytirishga  yoki  butunlay  yo‗qqa 
chiqarishga  qaratiladi. Internet  rivoji  hozirgi  davrdagi  g‗oyaviy  kurashga  o‗ziga  xoslik 


bag‗ishlamoqda.  Bu  ma‘lumotlar  oqimi  manfaatdorlik  nuqtai  nazaridan  etkazilishida  yoki 
ataylab  qarama-qarshi  xarakterdagi  ma‘lumotlarni  poyma-poy  berish  orqali  oxir-oqibatda 
odamlar  idrokini  susayishtirishga  intilishda  yorqin  namoyon  bo‗ladi.  Bu  o‗ziga  xoslik  jamiyat 
a‘zolaridan  tizimli  ravishda  axborotning  muayyan  qatlamini  yashirish,  ularni  muhokama 
ob‘ektiga aylantirmaslikka intilishda ham yaqqol ko‗rinadi.  
Har  kuni  dunyoda  millionlab  voqealar  sodir  bo‗ladi.  Ammo  internetda  kishilar 
diqqatiga  muayyan  ijtimoiy-siyosiy  kuchlar  manfaatidan  kelib  chiqib  e‘tibor  qaratgan 
masalalargina  havola  etiladi.  Bu  ularning  hodisalarni  yoritishning  ustuvor  yo‗nalishlarini 
belgilab  berishini,  muayyan  ma‘lumotlarni  olish,  talqin  qilish,  baholash  va  tarqatish  orqali 
fuqarolarda tegishli  fikr  va xulosalar shakllanishiga xizmat qilishini  ko‗rsatadi. Bu internetning 
ijtimoiy  fikrni  kerak  bo‗lgan  shaklga  yo‗naltira  olishi,  u  bilan  manipulyasiya  qila  olishidan 
dalolat  beradi.  Mazkur  jarayonda  soxta,  to‗qib  chiqarilgan  axborotni  xaqiqat  sifatida  taqdim 
etish,  voqelikni  biryoqlama  taqdim  etish  yoki  buzib  ko‗rsatish,  reallikni  adekvat  qabul  qilishga 
yordam  beradigan  muhim,  kerak  elementlarni  yashirishga  alohida  e‘tibor  berilishini  ta‘kidlash 
zarur.  
BMT  Bosh  assambleyasi  2006  yil  8  sentyabrda  qabul  qilingan  ―BMTning  global 
aksilterror  strategiyasi‖da  yangi  uslublar  qatorida  bioterrorizm  hamda  internetdan  terror 
maqsadida  foydalanishning  oldini  olish  choralarini  kuchaytirish  alohida  qayd  etilgan. 2007  yil 
noyabrda  AQSH  Davlat  departamenti  ―Tashqi  raqamli  aloqalar  guruhi‖  nomli  maxsus  axborot 
dasturini  joriy  qilgan.   Dastur  maqsadi  –  arab,  fors,  urdu  va  boshqa  tillardagi  internet  saytlari, 
chat  va  bloglarda  AQSH  siyosati  haqidagi  dezinformatsiya  (noto‗g‗ri  ma‘lumotlar)ga  qarshi 
kurash hisoblanadi. Dasturga ko‗ra, zarur hollarda, departament xodimlari internet orqali rasman 
muloqotga kirishi va savollarga javob berishi, aniq hujjatlar asosida ma‘lumot keltirishi ko‗zda 
tutilgan.So‗nggi yillarda terroristik tashkilotlar g‗oyalarini targ‗ibtashviq qilishga qaratilgan veb-
saytlarning  soni  bir  necha  barobarga  oshgan.  Xususan,  10  yil  avval  bunday  saytlar  soni  20  ta 
bo‗lsa, bugungi kunda dunyoda terroristlar foydalanigan 7000 dan ortiq internet saytlari mavjud 
bo‗lib, 
ularga 
xizmat 
ko‗rsatuvchi 
portallar 
soni 
ortib 
bormoqda. 
Bunday  internet  saytlar  to‗satdan  paydo  bo‗ladi,  vaqt  o‗tgach  yo‗qoladi,  mazmunini 
o‗zgartirmagan holda, tez-tez nomlanishi va domenini o‗zgartirib turadi.  

  Internet quyidagilar bilan terroristlar uchun qulay hisoblanadi:     

  Internetga kirishning osonligi;

      

 
Foydalanuvchilar sonining ko‗pligi;

  

  Aloqaning anonimligi;

 

  Tashqaridan boshqarish va tahrir qilish cheklangani;

 

  Axborotlar qisqa muddatda keng makonda tez tarqalishi;

  

   Faoliyat sarf-xarajatlarining bir necha barobar kamligi.

 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish