Globalization process and ethics problems



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/139
Sana18.01.2022
Hajmi2,32 Mb.
#391252
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   139
Bog'liq
Ritorika

Bahslashish qoidalari
. Bahsning asosiy qoidasi shundan iboratki, hatto juda 
qulay vaziyatlarda ham odamlarni fikrini o‘zgartirish juda qiyin masaladir.  Agar o‘z 
qarashlaringizni boshqa birovga o‘tkazishni istasangiz, uning fikrini hurmat qiling.  
Hech qachon odamga uning nohaqligini aytmang.  Xato qilish ehtimolini o‘zingizda 
bo‘lishiga  ham  e’tibor  bering.    Bu  barcha  turdagi  bahslarga  yakun  yasaydi.    Bu 
suhbatdoshni o‘zi ham siz kabi nohaq bo‘lishini tan olishiga imkon beradi.  
Bahsni tug‘dirmaydigan shunday iboralar ham mavjudki, ularni diqqat bilan 
eshitishga  undaydi.    Masalan: 
«Sizni  dilingizdan  o‘tayotgan  fikrlarga  qarshi 
emasman, balki men ham xuddi shunday qilgan bo‘lar edim». 
 Bahs paytida 
«Janjal 
bilan biron narsaga erishib bo‘lmaydi» 
degan iborani eslashga harakat qilish lozim. 
eng yaxshi natijaga erishuvning yo‘llaridan biri bu – bahsdan qochishdir.  Bahsdan 
qizishib o‘z g‘ururini erga urishni istamay, nohaqligini bilib turib ham tan olmaslik 
mumkin  ekanligi  ehtimoli  bor.  Bunga  nisbatan  o‘z  fikrini  aytib  qo‘yishning  o‘zi 
etarli.  Balki  bir  oz  vaqt  o‘tib,  hech  qanday  bosimning  ta’sirisiz  ham  u  to‘g‘ri 
xulosaga  kelishi  mumkin.  O‘zining  haqligini  qaysarlik  bilan  isbotlash  yoki 
bahslashish  –  ma’lum  ma’noda  zo‘ravonlik  ham  hisoblanadi  va  oqibatda,  yagona 
kelishuvga  olib  kelmasligi  mumkin.  Anglashilmovchilikni  madaniyat,  munosabat, 
tavoze’lik  va  muloyimliq  aniqlik  va  sovuqqonlik  hamda  boshqani  tushunishga 
harakat qilish orqali bartaraf qilish mumkin.  
Bahs asosli va ishonchli bo‘lishi lozim. Bahsda asosan raqibni 
«chaqib» 
xafa 
qilish emas, balki  undan qochishga  harakat qilish shart.  Bahsda keltirilgan asoslar 
mutlaqo to‘g‘ri bo‘lishi lozim. Kasbiy munozara doimo asoslar zanjirini talab qiladi. 


80 
 
Tadqiqotchilarning  gaplariga  qaraganda,  mantiqdan  bexabar  kishilarga  nisbatan 
mantiqiy  isbotlarning  keltirish  usullaridan  boxabar  kishilarni  jamoatda  bahsdan 
muvaffaqiyatli chiqib ketishlariga imkoniyat darajasi balandroq bo‘lar ekan.  
Kasbga doir bahsda o‘zni  tutish  uslubi doimo  muloyimlik kasb etishi zarur.  
Bosiq va mulozamatli odam doimo g‘olib keladi.  So‘zamollik diqqatli jimlik bilan 
almashishi  lozim.  Jizzakilik  va  asabiylashishga  o‘rin  yo‘q.  Individual  bahsda 
asosiysi  –  asos,  mantiq  va  dalillardir.  Imo-ishoralar  va  hayqirishlarni  qabul  qilish 
mumkin emas. Cho‘zilib ketadigan bahslarda har ikkala taraf o‘zining axloqi haqida 
o‘ylab ko‘rishi lozim. Har holda gap bunday bahslarda singan kosa ustida ketmaydi.  
Janjallarga  sababchi  bo‘ladigan  odamlar  o‘zi  haqida  o‘ylab  ko‘radigan  bo‘lsa, 
odatda 
«asablari hech narsaga yaramasligiga amin bo‘ladi»
.  Lekin  bu  degan  sof 
vijdon bilan ochiqchasiga urishaverish kerak degani emas. Bunday odamlarga 
«nima 
uchun  men  doimo  asabiylashaman?»
  degan  savolni  o‘ziga  bermoqlikka  da’vat 
etamiz.  Ko‘p holatlarda asabiylashishning asl sababini anglab etgandan so‘ng hayot 
o‘z yo‘liga tushadi.  Harakat qilib ko‘rsa arziydi.  
Munozara – 
biror masala yuzasidan taraflarning baxsini, tortishuvini anglatadi. 
Baxo  jarayonida  xar  bir  ishtirokchi  o‘zining  xaq  ekanligini  isbotlashga  intiladi. 
Munozarada  so‘zlanadigan  nutq  mavzu  mazmunini  ochuvchi  dalillarga  hayajonli, 
tinglovchilarni  qiziqtiradigan  va  muxokamaga  tortiladigan  bo‘lishi  lozim. 
Munozarada notiq o‘zini vazmin tutadi. Suhbatdoshini hurmat qiladi. Uning shaxsiga 
tegadigan so‘zlardan foydalanmaydi. 
Munozaraga qatnashuvchi oldiga quyidagi uchta talablar kuyiladi: 
-
 
Munozara bo‘ladigan mavzuni to‘g‘ri tushinish. 
-
 
O‘z  fikrlarini  quvvatlaydigan  ashyoviy  va  mantiqiy  dalilar  topa  olishi  hamda 
ularni til orqali to‘g‘ri ifodalay olish. 
-
 
Keltirilgan dalilardan mantiqiy xulosalar chiqara bilash. 
Bu talablarga javob bermaydigan nutq tinglovchilarga ta’sir  etmagandek, notiqning 
munozarada yutib chiqishiga imkon ham yaratmaydi. 
Nutqona  so‘zlash  - 
Aytilayotgan  fikrni  tinglovchiga  etib  borishi  va  uning 
xulqiga  ta’sir etishi  notiqning  so‘zlash  maxoratiga  bog‘liqdir.  Oddiy  gaplashishdan 


81 
 
notiqona  nutqning  farqi  shundaki  notiq  xar  bir  aytilayotgan  so‘zga,  gapga,  so‘z 
bog‘lamlariga alohida munosabatda bo‘ladi. 
Notiqona  nutqning  maqsadi  va  xususiyatlariga  ko‘ra 
Tashviqiy,  tanqidiy  va 
tabrik 
nutqlarga ajratish mukin. 
Tashviqiy nutq – 
deb muallif ko‘zda tutgan biron bir voqea 

 hodisani bajarishga 
tinglovchilarni da’vat etuvchi, undovchi nutqka aytiladi. 
Tanqidiy  nutq  – 
yuz  bergan  hodisalar,  shaxslar  xatti-harakatlariga  e’tirozli 
munosabatda bo‘luvchi nutq tanqidiy nutq hisoblanadi. Tanqidiy nutq kuchli mantiqiy 
mushoxadalarga sunyanadi. Notiq ishonchli dalillar asosida nutq manbaini tanqid qiladi. 
Tabrik  nutqi  – 
tabrik  nutqida  notiq  turli  dalillarlan  foydalanadi.  Bu  dalillar 
nutq atalgan shaxsning fazilatlarini, yaxshi xulqini, xalq oldida qilgan xizmatlarini, 
insoniyligini ko‘rsatishga karatiladi. 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish