Globalization process and ethics problems



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/139
Sana18.01.2022
Hajmi2,32 Mb.
#391252
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   139
Bog'liq
Ritorika

«Ha,  aytib  bergan  edingiz» 
qabilida  gapirib 
qo‘ygan  ma’qul.  Odobli  odam,  garchi  hikoyani  avval  eshitgan  bo‘lsa  ham, 
so‘zlayotgan  odamni  bo‘lmaydi.  Tasodifan  eshitib  qolgan  narsalarga  chuqur 
sho‘ng‘ib ketib, munozara qilinmaydi.  
Bunda axloqiy tarbiyaning ba’zi vositalarini yoki unga yaqin yo‘llarni tanlash 
qo‘l keladi. “Axloqiy tarbiyaning eng kuchli vositasi – san’at. Bu vosita aholining 
barcha  tabaqasini,  turli  yoshdagi  shaxslarni  hamrab  oladi”.  Zero,  zamonaviy 
ruhshunoslik insonning jamiyat va borliq bilan bo‘lgan turli munosabatlarini nafaqat 
yo‘lga qo‘yadi, balki  uni  mustahkamlaydi  ham. Misol uchun, ruhiy tahlil  falsafasi 


72 
 
asoschisi Freyd ta’limotga ko‘ra, madaniy ijod bilan birgalikda badiiy ijod jamiyat 
faoliyatida shahvoniy qudrat va nafsning  ular o‘rnini bosadigan  ijobiy  hodisalarga 
aylanish  orqali,  (sublimatsiya)  ya’ni,  tubanlikdan  ulug‘vorlikka  o‘tish  natijasida 
vujudga keladi.  Ijodkor jamiyatdagi muammolarning echimini san’at asarlari orqali 
obrazli tarzda jamiyatning o‘ziga taqdim etish bilan topishga intiladi.  Ammo shunisi 
muammoliki, barchaga ham iste’dod va daholik berilavermaydi.  Shu jihatdan ham 
ruhiy  tahlil  bu  masalaning  echimni  ikki  yo‘l  bilan  hal  qilishni  taqlif  etdi.  Ilmiy 
tadqiqotlar  natijasi  insonning  axloqiy  munosabatlarida  estetik  faoliyatning  muhim 
ekanligini ta’kidlay boshladi.  Zotan, san’at asarini idrok etish insonda ijodiylik va 
hozirjavoblik qobiliyatini o‘stiradi.  
Muomalada hozirjavoblik juda katta o‘ringa ega. Aksariyat hollarda insonlar 
davraga  kirib  kelgan  kishini  sergaqligi  va  hozirjavobligiga  juda  katta  e’tibor 
beradilar. Ayniqsa etiketda ko‘rishish va so‘rashish jarayoni o‘zaro ko‘zatuvchanlik 
bilan  amalga  oshiriladi.  Agar  ulardan  biri  bu  borada  “soddalik”  qilsa,  odamlar 
orasida  buni  bildirishning  har  qanday  yo‘lidan  foydalanishga  intilishni  ko‘rish 
mumkin. Buning ruhiy-axloqiy jihati shundaki, o‘z vaqtida berilmagan “javob” yoki 
“soddalik”  boshqarilishga  loyiq  kishi  sanalishi,  boshqalar  oldida  “qo‘lgi”  bo‘lish 
havfi bir tomondan jamiyat qo‘ygan etiket qoidalarini o‘z vaqtida amalga oshirishga 
intiltirsa, ikkinchi tomondan o‘ng‘aysizlikni engish uchun hozirjavoblikni qo‘llash 
orqali  badiiy  ijodiylikka  intiltiradi.  Bu  borada  Freyd  «Hozirjavoblik  va  uning 
onglanmaganlikka munosabati» asarida hozirjavoblikning vujudga kelishi va uning 
qabul qilinishdagi ruhiy holatlar talqinini berish bilan birga Freyd qo‘lgililikka ham 
alohida  to‘xtalib,  uning  boshqa  turlarini,  ular  orasidagi  o‘zaro  farqlarni 
tushuntirishga  harakat  qiladi
1
.  Davradagi  odam  boshqaga  murojaat  qilganda  yoki 
munosabatga kirishganda, beixtiyor suhbatdoshiga so‘zlayotgan so‘zlaridan birining 
unli  yoki  undosh  harflarini  almashtirib  yuborish  orqali  qo‘lgulilikni  vujudga 
keltiradi.  Agar  bu  so‘z  o‘yini  atayin,  ongli  tarzda  amalga  oshirilgan  taqdirda  ham 
                                                             
1
 
A.T.Kronman. The  Lost  Lawyer  -  Failing  Ideals  of  the  Legal  Profession,  Harvard  Uni  Press,  Cambridge, 
Massachusetts, 1993. 
 


73 
 
so‘zlovchi  ijodiy  jarayondagi  ijodkor  kabi  onglanmaganlikka  keng  yo‘l  qo‘yib 
beradi. Zero,bu jarayon san’atkorona mahoratni talab qiladi. Muallif so‘zlardagi unli 
va undosh, so‘zlarga qo‘shiladigan qo‘shimchalarni o‘zgartirish bilan juda chiroyli 
tarzda o‘z maqsadi yo‘lida foydalanarkan, bir jihatdan so‘zlovchining ruhiyatidagi 
ziddiyatlarni qo‘lgulilik orqali o‘zini dovdir qilib yoki bilmasdan gapirib yuborgan 
qilib ko‘rsatish bilan tashqariga, suhbatdoshiga zimdan uyushtirilgan hujum sifatida 
amalga  oshiradi.    Ikkinchi  jihatdan  esa,  dilini  og‘ritmagan  holda,  ochiqdan-ochiq 
kurashlarsiz,  qo‘lgulilik  orqali  suhbatdoshini  «silliqlik»  bilan  «haqiqatga»  etkazib 
qo‘yadi.    Bunday  jarayon  muomala    etiketida  to‘satdan  paydo  bo‘lishi  mumkin 
bo‘lgan qo‘pol  munosabatlarni oldini oladi. Biroq, ortiqcha  xajviya, hozirjavoblik 
doimo to‘g‘ri kelavermasligini unutmaslik lozim.  

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish