Globalization process and ethics problems


 - mavzu. Ritorikaning axloqiy tamoyillari



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/139
Sana18.01.2022
Hajmi2,32 Mb.
#391252
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   139
Bog'liq
Ritorika

 
7 - mavzu. Ritorikaning axloqiy tamoyillari 
Reja 
1.
 
Chiroyli so‘zlashning axloqiy funksiyalari. 
2.
 
Nutq odobi. 
3.
 
Muomalada oddiylik. 
4.
 
Notiq shaxsiga qo‘yiladigan talablar. 
Muomala  axloq  ko‘rki  sanaladi.  Har  bir  insonning  qanday  dunyoqarashga 
egaligi,  bilimliligi,  uning  boshqalarga  qilayotgan  muomalasidan  ma’lum  bo‘ladi. 
Shuni  ta’kidlash  lozimki,  muomala  insonlar  o‘rtasidagi  o‘zaro  aloqa  vositasi 
hisoblanadi.  Bir-birimizga  bo‘ladigan  muomalamiz,  munosabatimizning  zamirida 
ham chiroyli muomalaning shartlari yotadi.  
Nutq odobi – insonning umumiy axloqini belgilovchi asosiy mezondir. o’rta 
Osiyoda  axloqiy  tarbiya  o’z  an`analariga  egadir.  Axloq  haqidagi  ibratli,  dastlabki 
fikrlar  qadimgi  turkiy  yodnomalarda,  buyuk  allomalarning  asarlarida  va  boshqa 


97 
 
yozma  yodgorliklarda  bizgacha  etib  kelgan.  Nutq  shaxsiy  hodisa,  Nutqni  har  bir 
shaxs o’zi tuzadi. Normativlarni tanlash, baholash ham shaxs tomonidan bajariladi. 
Insonning  muomalasiga  qarab,  axloqiga  ham  baxo  beriladi.  So‘z  orqali 
insonlarning  tafakkuri,  fikri  anglashiladi,  muomala  madaniyati  orqali  u  kishining 
odobi, kelib chiqishi, naslu - nasabi, ota - onasi va ustozining bergan ta’lim tarbiyasi 
namoyon  bo‘ladi.  Til  -inson  tafakkurining  maxsuli.  U  inson  madaniyati,  fikriy 
go‘zalligini,  yaxshi,  ibratli,  havas  qilsa  arziydigan  fazilatlarni  yuzaga  chiqaruvchi 
vositadir.  Uning  insonga  ta’siri  ham  shunga  yarasha.  Xar  bir  so‘zni  o‘z  vaqtida 
so‘zlash, so‘zlashdan oldin puxta o‘ylab ko‘rish kerak. Shuning uchun ham o‘tmishda 
yashab  o‘tgan  mutafakkirlarimiz  tilga,  so‘zga  hurmat  bilan  yondoshishni 
ta’kidlaganlar. 
Husayn Voiz Koshifiy so‘z qadri, kamgaplik to‘g‘risida ibratli fikrlarni bayon 
etgan: «Har zabon tig‘i haq g‘uzorlikda noqildur ango tez-tez tig‘ zaboni birla sazo 
bermak  kerak»  yoki  «Haq  vaqtiki  so‘zlar  aytursizlar  yaxshi  so‘zdin  bo‘lakni 
aytmangizlar va ko‘p so‘zlamak ko‘ngilni qaro qilur, xor aylar» yoki «Mumkin ersa, 
yaxshi so‘z qil oshkor, yaxshi so‘zdin ho‘b yo‘qtur yodgor», «Nasihatni shirin so‘zu 
muloyimlik  birla  ibtido  qilgay,  chunki  bu  zamonda  yumshoqlik  va  xushho‘ylik 
ko‘rguzmayin  nasihat  korga  kelmas»,-deydi  va  inson  har  doim  yaxshi  so‘zni 
so‘zlashi  lozimligini  uqtiradi.  Koshifiy  bunday  kishilarni  hech  bir  so‘zida  qadr-
qimmati yo‘q, og‘zidan nima chiqayotganini bilmaydigan kishilardir, deb baxolaydi.  
Husayn Voiz Koshifiy ham chiroyli so‘z  xaqida shunday deydi  – “Agar bu 
so‘zlarning  ma’nosi  nimadir,  deb  so‘rasalar,  degilki,  odam  o‘zidan  ustun  kishiga 
yetganda,  odob  saqlab  sukut  qilsin  va  undan  o‘rgansin.  O‘zidan  tubanroqqa 
yetganda, haq so‘zlarni aytib, uning ko‘nglini ilitsin va haqqa hidoyat etsin, hulqu 
karam  bilan  foyda  yetkazsin.  O‘ziga  barobar  odamga  yetganda  esa,  shafqat  va 
marhamat yo‘lini tutsin.”
1
  
Ular e’tiborsiz, so‘z so‘zlovchilardir.  Bu kishilar jununga, Sherga  ittifoqchi 
sanaladi.  
                                                             
1
 Husayn Voiz Koshifiy.
 
Axloqi Muxsiniy. Т. Mexnat. 1991. B.51 


98 
 
Ko‘p  gapirmaslik,  so‘zni  mensimaslik,  qolaversa,  faqat  yaxshi  gapni  aytib 
yodgorlik qoldirish kerakligini ko‘p bor ta’kidlaydi. 
Oldiga kelganin yomok xayvonning ishi,  
Og‘ziga kelganni demak nodonilig ishi
 
A.Navoiy 
 
Islomiy manbalarda ham iymon qalbdadir deb bejizga ta’kidlanmagan. Biroq, 
uni so‘z bilan ifoda qilmasa, foydasi yo‘q. Namoz ham amaldir, u ham muqaddas 
so‘zlardan  tashkil  topgan.  Inson  «so‘zning  ahamiyati  yo‘q»  deyishi  bilan  o‘z-
o‘zingni inkor etadi. Chunki shu fikrni ham so‘z bilan ifoda qilayotganligini bilmay 
qoladi.  Islom  dini  insonlarni  shirinso‘z  bo‘lishga  chaqirishi  bejiz  emas.  Zero, 
Qur’onda «Bandalarimga aytgin, ular eng go‘zal bo‘lgan narsani aytsinlar. Albatta, 
shayton  oralarini  buzib  turadi»  (Isro  surasi,53  oyat)  .  Alloh  mana  shu  oyatda 
musulmonlarni  o‘zaro  suhbatlarida,  gap-so‘zlarida  shirinso‘z  bo‘lishga  buyuradi. 
Agar  ular  buyruqqa  itoat  etmay,  yomon  so‘zlarni  ixtiyor  qilsalar,  albatta  shayton 
oralarini  buzadi  va  natijada  yomonlik  va  dushmanlik  sodir  bo‘ladi.  Qur’onning 
Baqara surasi, 83-oyatida esa Alloh aytadiki, “Va odamlarga yaxshi gaplar ayting”.
1
 
So‘z inson tanasiga   turlicha ta’sir etadi. Inson  xar doim  navqiron, bardam 
bo‘lishi uchun boshqa insonlarni ranjitmasliklari, dilini vayron qilmasliklari hamda 
o‘zlari ham  xushtabiat bo‘lishlari lozim. 
Uquv va bilimning tarjimoni ham tildir. Kishiga rushnolik, yaxshilik va ezgulik 
til tufayli keladi. Agar tilga e’tibor bermasa, uni noo‘rin ko‘llansa, insonning boshiga 
kulfatlar keltiradi. 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish