TELERADIOJURNALISTLARI NOTIQLIGI
– bunda ko‘rsatuv yoki
eshittirish olib borayotgan jurnalist adabiy tilda omma uchun tushunarli bo‘lgan
zaylda nutq so‘zlashi, so‘zlarni aniq va ravshan ohang bilan talaffuz etishi muhim.
Shuningdek, fakt va voqealarni bayon etishda, o‘z nutqida qaytariqlarga yo‘l
qo‘ymasligi uchun oldidagi matndan foydalanishi Yoki uni mukammal o‘zlashtirgan
bo‘lishi lozim. Til, nutq hamda yozuv o‘zaro bir butunlikni hosil etibgina qolmay,
og‘zaki va yozma nutqning asosiy manbai hamdir. Nutqiy bo‘linishlar sirasidan
o‘rin olgan telenutq va radionutq ommaga muayyan tilning jozibasi va boyligini
namoyon etuvchi, etkazuvchi asosiy vositalardandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |