HUSAYN VOIZ KOSHIFIY.
U
taxminan 1440-yillarda Xuroson
viloyatidagi Sabzovor shaxrining Bayxaki kentida tug‘ilgan. Yoshligidanoq voizlik
– so‘z san’ati bilan mukammal shug‘ullanadi. Natijada Sabzavorda o‘zi yosh
bo‘lsada ko‘zga ko‘ringan voiz bo‘lib taniladi. Uning o‘g‘li Faxriddin Ali Safiy ham
olim, shoir, yozuvchi, islom dinining targ‘ibotchisi sifatida butun Xuroson
muzofatida mashhur bo‘lgan.
Koshifiyning nutqlari o‘zining jozibadorligi bilan har qanday kishini jalb qila
olgan. Aytishlaricha, uning bunday so‘z san’atidagi mahoratini Navoiy bilan birga
Sulton Husayn Bayqaro ham Yuksak baxolagan va ular o‘z asarlarini axoli o‘rtasida
rasmiy ijro etish lozim bo‘lgan paytlarda, bu ishga Husayn Voizni munosib
ko‘rganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |