Global moliyaviy inqirozlar va ulardan chiqish yo’llari Reja



Download 0,98 Mb.
bet3/8
Sana13.06.2022
Hajmi0,98 Mb.
#666289
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ashurov U MM 65h

1-jadval7
Iqtisodiyotdagi muvozanat va tebranish jarayonlarini tavsiflovchi
asosiy omillar

Omillar

Ko’rsatkichlar

Iqtisodiy o’sish

Iqtisodiy
muvozanat

Iqtisodiy
inqiroz

Ishlab chiqarish omillari

Mahsulot (Y)
Xarajatlar (S)

Y>C

Y=C

Y

Talab va taklif

Talab (X)
Taklif (Y)

X>Y

X=Y

X

Pul, kredit

Barcha to’lovlar summasi (MV)
Barcha tovarlar
baholari summasi (PQ)

MV>PQ

MV=PQ

MV< PQ

Investitsiyalar
va jamg’arma

Investitsiyalar(I)
Jamg’arma (S)

I>C

I=C

I

Tadbirkorlarning
kutishlari

Konyunktura holati borasidagi axborot

Konyunktura borasidagi to’liq axborot

Bozor
muvozanati borasidagi axborot

Konyunktura borasidagi axborotning yetarli emasligi

Endi moliyaviy inqirozning mohiyati va xususiyatlarini yoritishga harakat qilamiz. Moliyaviy inqiroz tizimli ravishda moliya bozorlari, moliya sektori muassasalari, pul muomalasi va kredit, xalqaro moliya, davlat, munitsipal va korporativ moliyani qamrab oluvchi inqiroz bo’lib, mamlakatdagi iqtisodiy faollik va aholining turmush tarzi darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Uning moliya sektori va moliya bozorlarida yuzaga kelishi foiz stavkasining oshishi, bank va nobank muassasalar to’lov qobiliyatining pasayishi, muammoli aktivlar salmog’ining ortishi, iqtisodiyot va uy xo’jaliklariga beriladigan kreditlar hajmining qisqarishi, bankrotlikning zanjirli bog’lanish kasb etishi, qimmatli qog’ozlar baholarining keng ko’lamli pasayishi, to’lov tizimining tanazzulga uchrashi, noto’lovlar hajmining ortishi, hosilaviy qimmatli qog’ozlar bozorida yirik hajmdagi zararlarning yuzaga kelishi, moliya bozori va moliya muassasalari likvidliligining tushib ketishi, domino effekti orqali esa bank sarosimasining vujudga kelishi kabi oqibatlarga olib keladi.
Xalqaro moliya sohasida moliyaviy inqirozning yuz berishi milliy valuta almashuv kursining tartibga solib bo’lmas darajada pasayishi, mamlakatdan kapitalning keng ko’lamda chiqib ketishi, davlat va tijorat tashkilotlari tashqi qarzi va ular bo’yicha muddati o’tgan qarzdorlik hajmining ortishi, tizimli riskning xalqaro bozorlar va boshqa davlatlar moliya bozorlariga ko’chishiga sabab bo’ladi.
Pul muomalasi sohasida moliyaviy inqiroz baholarning keskin tarzda ko’tarilishi va uning surunkali inflyatsiyaga aylanishi, milliy valutadan qochish va mamlakat ichkarisida xorijiy rezerv valutalardan foydalanish ko’lamining ortishi (dollarlashuv jarayoni va dollar fetishizmining ortishi) kabi salbiy oqibatlarga olib keladi.
Shuningdek, moliyaviy inqiroz davlat moliyasi sohasida mamlakat oltin-valuta zaxiralari va davlat barqarorlashtirish fondlari mablag’lari hajmining keskin kamayishi, davlat budjeti defitsitining paydo bo’lishi yoki defltsit hajmining sezilarli darajada orti- shi, soliqlar yig’iluvchanligining pasayishi, davlat ichki qarzining ortishiga sabab bo’ladi.
Moliya bozorining bir segmentida yuzaga kelgan tizimli risklar (xususiy holdagi inqiroz) uning boshqa segmentlariga tarqalar ekan, tizimli risk mexanizmi orqali butun moliya-kredit tizimini tanazzulga boshlaydi.
Xususiy holdagi inqirozlarga quyidagilar taalluqlidir:8
1. Qimmatli qog’ozlar bozoridagi inqiroz - qimmatli qog’ozlar bahosining keskin pasayishi, bozor likvidliligining tushib ketishi, foiz stavkalarining birdaniga oshishi bilan yuz berib, inqiroz jarayonlarining yanada chuqurlashib, keng ko’lamdagi moliyaviy inqirozga aylanishiga zamin yaratadi. Ushbu inqiroz «sovun ko’piklari», qimmatli qog’ozlar bahosining o’sishi yoki pasayishiga qaratilgan spekulyativ o’yinlar bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Bunday turdagi inqirozlar, odatda, bazaviy va hosilaviy (derivativlar) moliya instrumentlari bozorlariga parallel ravishda amalga oshirilgan spekulyativ hujumlar natijasida yuzaga keladi;
2. Qarz-majburiyatlar bilan bog’liq inqirozlar - moliyaviy inqirozlarning dastlabki sabablaridan biri boiib, yirik qarz oluvchilar guruhi, xususan, davlat (agar xalqaro qarz inqirozi boisa) yoki yirik tijorat va investitsiya banklari olgan qarzlari bo’yicha toiovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega boimay qoladi va ularda defoltga yetaklovchi yirik miqdordagi zararlar shakllanadi. Yirik xalqaro qarzdorlik inqirozi XX asrning 80-yillarida yuz bergan boiib, qator rivojlanayotgan davlatlar yuqori daromadli sanoat davlatlaridan jalb qilgan qarzlari bo’yicha toiovlarni amalga oshira olmay qolgan edi;
3. Valuta inqirozlari, moliya bozorining boshqa segmentlarida inqiroz holatlarining ko’payishini ta’minlab, bir valutaning boshqa valutaga nisbatan almashuv kursining keskin o’zgarishi xalqaro moliya va ichki iqtisodiyotdagi iqtisodiy manfaatlar tizimining sezilarli darajada qayta tuzilishiga, to’lov balansi muammolarining yuzaga kelishiga olib keladi;
4. Bank inqirozlari, domino effektiga asoslangan bank sektori inqirozlari bo’lib, qator banklarda muammoli aktivlarning jamlanishi va ular to’lov qobiliyatining pasayib ketishi bank sarosimasiga, omonatlarning keng ko’lamda bank tizimidan qaytarib olinishiga, banklararo kreditlar hajmining keskin kamayishiga sabab bo’ladi va banklarga nisbatan ishonchning pasayishi zamirida banklar tomonidan toiovlar hajmining qisqarishiga va, natijada, toiov tizimi hamda moliya bozori tanazzuliga olib keladi;
5. Likvidlilik inqirozi, likvidlilik riskining ortishi, moliyaviy holatning yomonlashuvi bilan bog’liq tarzda to’lovlarni amalga oshirish imkoniyatini qisqa vaqt ichida yo’qolishini anglatib, makroiqtisodiy darajada to’lov tizimidagi tanglik, uning asosini tashkil etuvchi banklarda likvidlilikning keskin pasayishi, xalq xo’jaligidagi hisob-kitoblar uzluksizligini ta’minlash uchun iqtisodiyotda pul mablag’larining sezilarli darajada yetishmasligidir. Moliyaviy inqiroz, odatda, bozor iqtisodiyoti qaror topayotgan davlatlarda (emerging markets) quyidagi parametrlar bilan tavsiflanadi:

  • aksiyalar bozori kapitallashuvining 20% dan ortiqqa pasayishi;

  • obligatsiyalar hajmining bozor qiymati bo’yicha ichki va tashqi bozorlarda 15% dan ortiqqa qisqarishi;

  • bozor foiz stavkasining 20% dan ortiqqa oshishi;

  • yillik inflyatsiya sur’atining 20% dan ortiqqa o’sishi;

  • xorijga chiqib ketadigan kapital miqdorining 30% dan ortiqqa ko’payishi;

  • milliy valuta almashuv kursining 15% dan ortiqqa pasayishi;

  • Markaziy bank oltin-valuta zaxiralarining 20% dan ortiqqa kamayishi;

  • bank sektori depozit bazasining 10% dan ortiqqa kamayishi;

  • ichki kreditlar hajmining 10% dan ortiqqa qisqarishi.

Rivojlanayotgan davlatlarga moliyaviy inqirozning tez sur’atlarda tarqalishining muhim sabablaridan biri shundaki, biror bir rivojlanayotgan davlatning tanazzulga yuz tutishi zanjirli reaksiya orqali investorlarni mazkur mamlakatga o’xshagan (risk darajasi aynan bo’lgan) davlatlarning qimmatli qog’ozlaridan voz kechishga undaydi.


  1. Download 0,98 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish