Global menejer uchun etikaning ahamiyati. Xalqaro biznesni axloqiy yuritishning asosiy belgilari



Download 27,39 Kb.
bet1/2
Sana25.06.2021
Hajmi27,39 Kb.
#101477
  1   2
Bog'liq
Dadamuxamedova N . xalqaro m.


4-bilet

  1. Global menejer uchun etikaning ahamiyati.

  2. Xalqaro biznesni axloqiy yuritishning asosiy belgilari.

  3. Xalqaro firmaning madaniyat vositalari yordamida muvaffaqiyatli hal etiladigan boshqaruv muommalari.

Javoblar

  1. Global menejer uchun turli mamlakatlar va qit’alar sharoitida mehnat qilish bilan bilan bog’liq bo’lgan ahloq, ma’naviy talablar va me’yorlarning umuminsoniy xarakterini tushunish ichki milliy va xalqaro nizolarning oldini olishga yordam beradi. Bunday ziddiyatlar ehtimoli kompaniya boshqaruvchisiga nisbatan xalqaro menejer uchun yuqoriroq hisoblanadi.

Xalqaro menejerning o’z kundalik faoliyatida duch keladigan davlatlar o’rtasidagi iqtisodiy va siyosiy tafovutlar ko’pincha sayyoramizda yashovchi etnik guruhlarning ijtimoiy-madaniy rivojlanishidagi farqlarning natijasi ekanligiga ishonch hosil qiladi. Bu tafovutlar menejment uslubiga, ishlab chiqarish va sotishni tashkil etishga, mahalliy mutaxassislar bilan ishlab chiqarish munosabatlariga va pirovardida qabul qiluvchi mamlakatda mehnat unumdorligi va xalqaro kompaniya xorijiy filiali haqidagi ommaviy fikrga bevosita ta’sir etadi.

Ziddiyatlar xalqaro menejerning bir tomondan qabul qiluvchi mamlakat ijtimoiy fikrini inkor etib, faqat iqtisodiy yutuqka erishishga qaratilgan faoliyat yuritganda, boshqa tomondan esa, ko’p sonli shaxslar guruhlarini o’z faoliyatining to’g’riligi, foydaliligi yoki hech bo’lmaganda zararsiz ekanligiga ishontira olmaganda vujudga keladi. Bunday guruhlarga masalan, qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro kompaniyaning filiali ishchi va xizmatchilari, mahalliy hissadorlar, hukumat mansabdorlari, tegishli kasaba uyushmalar rahbariyati va hokazolar kiradi. Menejer va ular o’rtasida ba’zan maxsus mahalliy qonunchilik yordamida hal qilish mumkin bo’lmagan baxsli ziddiyatlar vujudga keladi.

Bu holda global menejer jamiyat oldidagi o’z ma’suliyatini anglashi va har qanday yo’l bilan foyda olish prinsipini cheklash yo’li bilan o’z xatti-harakatlarini ahloqiy jihatdan qoralanishiga yo’l qo’ymasligi zarur. Bu foyda olish prinsipini umuman inkor etishni emas, balki qabul qiluvchi mamlakatdagi mavjud ijtimoiy me’yorlarni buzishga olib kelganda, iqtisodiy samaradorlik mantiqi bilan rivojlanayotgan taraqqiyot kishilar uchun havf-xatar manbaiga aylangan holda uni cheklashni nazarda tutadi.

Xalqaro menejerning ahloqiy jihatdan qo’pol xatolariga quyidagilarni kiritish mumkin:

- qabul qiluvchi mamlakatlarda ishbilarmonlik muhiti va madaniy hayot xususiyatlarini o’rganishni inkor etish;

- xorijiy faoliyat natijalarini oshirib kutish;

- chet ellik sheriklar bilan o’zaro tushunishga erishishga intilmaslik;

- chet ellik sheriklar bilan muntazam muloqot qilmaslik, shu jumladan, ular bilan iliq shaxsiy munosabatlar ahamiyatini yetarli baholamaslik;

- vujudga kelgan muammolar va kelishmovchiliklarning sabablarini yaxshi o’rganmasdan turib, chet ellik sheriklar bilan munosabatni uzish.

Jahon iqtisodiyotining zamonaviy bosqichida global menejer malakasi iqtisodiy va texnik bilimlardan tashqari ijtimoiy sohadagi bilimlar va muloqotga kirishuvchanligini ham o’z ichiga olishi kerak. Ziddiyatlar vujudga kelganda tinchlik o’rnatilishini kifoya deb biluvchi an’analar eskirib qoldi. Hozirgi vaqtda xalqaro menejer duch keladigan muammolarning hal qilinishi bundan manfaatdor bo’lgan barcha shaxslar va huquq sub’ektlari o’rtasida kelishuvga, ya’ni konsensusga erishish bilan bog’liq.



  1. Xalqaro biznes – bu turli davlatlardagi sheriklarning o’zaro ishonchi bo’lib, busiz hamkorlikni amalga oshirish mumkin emas.

Biznesni ahloqiy yuritishning 3 ta asosiy belgilari mavjud:
  1. Biznesning o’z maqsadlariga muvofiqligi.


  2. Sog’lom tafakkurga bo’ysunish.


  3. Oddiy madaniy prinsiplar asosida harakatlanish.


Xorijiy sharoitlarga moslashishning asosiy omili bo’lib, mahalliy aholi bilan og’zaki, yozma va so’zsiz vositalar (gavda tutilishi, mimika va harakatlar) yordamida muloqot o’rnatilishi hisoblanadi. Bunda estetika me’yorlari - rang, dizayn, simvollar, didlar bo’yicha millatlar tafovutlarini hisobga olish zarur. Din xususiyatlari hatto yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga tatbiq qilinishiga ta’sir etishi mumkin. Katta oilalar va qardosh guruhlar ko’p bo’lgan mamlakatlarda firmalar odatda xodimlarni yaxshi uy-joylar bilan ta’minlash, xodimlar farzandining ta’lim olishi, sog’liqni saqlashi va dam olishi uchun sharoitlar yaratishga mas’ul. Bunday xususiyatlarni hisobga olmasdan turib xorijiy korporatsiya qabul qiluvchi mamlakatlarda ziddiyatlardan xalos bo’la olmaydi.

Shu bilan birga xalqaro biznes etikasi o’zining sog’lom fikr va oddiy insoniylik tushunchalari bilan barcha mamlakatlar va qit’alarga bir xil darajada tarqalgan. Bir davlatda talabga ega bo’lmagan, boshqa mamlakatda iste’molchilarning daromadlari va didiga mos keluvchi tovarlarni sotish ahloqiydir. Masalan, hozirgi vaqtda past aholi turmush darajasiga ega davlatlarda oq-qora televizorlarni eksport qilish ahloqan mumkindir. Shu bilan birga biror mamlakatda inson salomatligi va atrof-muhit uchun zararli deb hisoblangan tovarlarni hech qaysi bir mamlakatda sotish mumkin emas.

Biznesda raqobat mumkin va ahloqiy jihatdan qoralanmaydi. Biroq u har doim sog’lom fikr va oddiy insoniylikning jiddiy me’yorlari bilan cheklangan bo’lishi hamda obro’ tushishiga olib kelmasligi kerak. Vujudga kelgan sharoitlar ishlab chiqaruvchini nisbatan yuqori sifatli tovarni ishlab chiqarib pastroq bahoda sotishga majbur qilishi mumkin. Lekin hech bir vaziyat yolg’on, tuhmat, o’g’rilik, jismoniy zo’rlash va qonunbuzarlikni oqlay olmaydi. Xususan, iste’molchilarni aldashga yo’l qo’yilmaydi, chunki ular bilan munosabatlar reklama singari uzoq muddatli yetkazib berishlar va sotuvlarga yo’naltirilgan holda olib borilishi kerak.



  1. Xalqaro firmaning madaniyat vositalari yordamida muvaffaqiyatli hal etiladigan boshqaruv muammolari quyidagilardan iborat:





  1. Download 27,39 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish