MUNDARIJA
Kirish......................................................................................................6
1.Xalqaro savdo mohiyati va asosiy tushunchlar………………………8
2.Xalqaro savdo nazariyalari……………………………………….…11
3.Xalqaro savdoning tarkibi va asosiy tovar oqimlari………………...14
4.Xalqaro savdo munosabatlarini tartibga solish tizimi………………22
5.Xalqaro savdoda narxning rivojlanishi tendensiyalari…………...…28
Xulosa…………………………………………………………………35
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………....37
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi:
Xalqaro savdo — bu turli davlat-milliy xoʻjaliklari
oʻrtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo
qadimdan mavjud boʻlsada, faqat XIX asrga kelib, yaʼni deyarli barcha rivojlangan
mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori
shakliga kirdi. Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo
balansi kabi koʻrsatkichlar bilan tavsiflanadi.
Xalqaro savdo va hamkorlik ko‘pchilik mamlakatlarga yuqori foyda ko‘rishiga
asos bo‘lib kelmoqda, masalan bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar
rivojlangan mamlakatlarga va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlariga har xil turdagi
Tovar va xizmatlar eksport qilmoqda. Bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar
ichidan Xitoy va Hindiston asosan xalqaro savdoda uushi keskin oshib borayotgan
mamlakatlardan hisoblanadi.
Xalqaro savdoning yana bir afzallik tomoni shundaki, ko‘plab mamlakatlardagi
kambag‘allik muammosini qisqartirishga yuqori axamiyat kasb etayotganidir.
Hindistonda 60-70-yillarda kambag‘allik atigi 1%ga ham qisqarmagan, ma‘lum
vaqtlardan so‘ng globalizatsiya va integratsiya yordamida ishlab chiqarish xizmat
ko‘rsatish talim va boshqa barcha soxalarda o‘sish kuzatiladi. Xalqaro
hamkorlikning kuchayishi natijasida yaxshiroq ta‘lim va sog‘lik tizimini yo‘lga
qo‘yish imkoni paydo bo‘ladi. Bugungi kunda xalqalaro savdo aloqalar tobora
chuqurlashib bormoqda ayniqsa bu borada rivojanayotgan mamlakatlarning ulushi
oshib bormoqda. Bizga malumki tashqi savdo o‘sishi bilan jahon iqtisodi ham
rivojlanadi. Export jihatdan qaraganda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar
ikkalasi ham faqat kichikroq hajmda ijobiy o‘sishga erishadi (rivojlangan
mamlakatlar 1.5% va rivojlanayotgan mamlakatlar3.3 % mos ravishda). 2013-yilda,
dollar qiymatidagi tovarlar eksporti 2.8% ga o‘sdi va 18.8 trln dollarni tashkil qildi;
Bu davrda savdo xizmatlari eksporti 5.5%ga o‘sdi va bu 4.6 trln dollarni tashkil qildi.
Xalqaro savdo trendlari. Bugungi kunda transport va axborot komunikatsiya
almashinuvi narxida sezilarli pasayish kuzatildi, xalqaro savdo sistemasida
geosiyosat hal qiluvchi axamiyat kasb etadi. So‘nggi 30-yil mobaynida tovarlar va
savdo xizmatlari yiliga o‘rtacha 7% ga o‘sdi va mos ravishda o‘zinig eng yuqori
nuqtalari 18 trln dollar va 4 trln dollarga yetdi. 1980 va 2011 - yillarda
rivojlanayotgan mamlakatlar dunyo export-importi ulushida sezilarli o‘sish
kuzatildi; Duynyo exportidagi ulushi 34% dan 47% ga yetdi. Dunyo importidagi
ulushi esa 29% dan 42% ga o‘sdi, ushbu o‘sish ko‘rsatkichlarida Osiyo mamlakatlari
o‘suvchi rolnin o‘ynamoqda; So‘nggi bir nechta o‘n yillikda jahon savdosi sal kam
ikki barobarga o‘sdi.
Xalqaro savdo xalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng rivojlangan va keng
tarqalgan shakli hisoblanadi. U zamonaviy tashqi siyosiy manfaatlar va dunyo
mamlakatlarining muammolarida muhim o'rin tutadi. Shuning uchun uning
mohiyatini, rivojlanish dinamikasini va zamonaviy tuzilishini o'rganish davlatni
rivojlantirish dasturlarining tashqi siyosatini belgilashning muhim elementi bo'lib,
uning dolzarbligini tasdiqlaydi.
Shundan kelib chiqqan holda, biz ushbu kurs ishining xalqaro savdo haqidagi
ma'lumotlarni to'plash, tizimlashtirish va tahlil qilishdan iborat bo'lgan quyidagi
maqsadini shakllantirishimiz mumkin.
Men deyarli ushbu mavzuni o'rganib chiqdim va bundan keyin ham
o'rganaman. Bu tashqi savdo bilan bog'liq bo'lgan alohida tashkilotlarning ishlashi
uchun zarur shartdir, shuningdek har bir davlatning tashqi siyosatini amalga oshirish
va rivojlanishning o'rta va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqishdagi faoliyati.
Shuning uchun xalqaro savdoning holatini kuzatish, shuningdek prognozlash va
rejalashtirish jarayonlari to'xtamaydi.
Kurs ishi mavzusining o'zi nafaqat xalqaro savdodagi o'zgarishlarning
miqdoriy xususiyatlarini, balki ushbu o'zgarishlarning sifat jihatlarini ham
o'rganishni o'z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |