Global iqtisodiy rivojlanish


Globallashuv sharoitida rivojlanayotgan mamlakatlar davlat moliyasi va moliyaviy tizimdagi islohotlarning yo‘nalishlari



Download 3,18 Mb.
bet89/173
Sana31.03.2023
Hajmi3,18 Mb.
#923702
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   173
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A , (2)

7.4. Globallashuv sharoitida rivojlanayotgan mamlakatlar davlat moliyasi va moliyaviy tizimdagi islohotlarning yo‘nalishlari

Globallashuv jarayonlari jahon xo‘jaligida ishtirok etuvchi har bir mamlakat iqtisodiyotiga ma’lum miqdorda ta’sir etadi. Bozorning turli ishtirokchilari o‘z manfaatlari yo‘lida harakat qilib, zanjirsimon jarayonni vujudga keltiradilar. Ularning faoliyat yuritish uslubi doimiy tarzda o‘zgarib turishi sababli jahon xo‘jaligi sohalarining bir-biriga bog‘liqlik darajasi oshib bormoqda. Georg Fisherning ta’kidlashicha, jahon xo‘jaligida global o‘zgarishlar tarqalishining texnik mexanizmi mavjud.


Bunga “Buyuk depressiya” misol bo‘lib, inqiroz bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga ko‘pincha zanjirsimon shaklda tarqalgan: bozorning pasayishi – kapitalning boy berilishi – talabning qisqarishi, ishlab chiqarishni qisqartirish – davlat tomonidan import qiluvchilarga nisbatan bojxona to‘siqlarining o‘rnatilishi – xalqaro savdo kamayishi – savdo-sotiq bo‘yicha hamkor mamlakatlarda ishlab chiqarishning pasayishi – tovar sifatini pasaytiruvchi bojxona to‘siqlarining o‘rnatilishi va hokazo121.
Globallashuv sharoitida bu kabi jarayonlarning sodir bo‘lishi shubhasiz, o‘tish iqtisodiyotili mamlakatlarda tegishli iqtisodiy siyosatni olib borilishini taqozo etadi. Bu vaqtda iqtisodiy siyosatning vazifasi nafaqat jahon ho‘jaligi jarayonlarida ishtirok etishdan olinadigan nafni maksimallashtirish, balki ushbu vaziyatda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan xavfni minimallashtirishdan ham iboratdir.
Har bir davlatning yillar davomida shakllangan o‘z tarixiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy rivojlanish xususiyatlari mavjud bo‘lib, boshqa mamlakatlarning tajribalarini ko‘r-ko‘rona ko‘chirib olish yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etiladigan, iqtisodiy rivojlanishning hamma uchun umumiy retseptlarini qo‘llash samarasiz bo‘lishi va iqtisodiy vaziyatni izdan chiqarishi mumkin.
Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlar ham globallashuv jarayonida munosib siyosat yuritish ustida bosh qotirib, milliy iqtisodiyotning raqobatdoshlik darajasini oshirishning turli chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. Globallashuv sharoitida amalga oshiriladigan vazifalarning bozor tamoyillariga qat’iy amal qilishi muhim ahamiyatga ega.
Globallashuv sharoitida xususiylashtirish va unga xos mulkchilikning milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishdagi o‘rni tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘z daromadini maksimallashtirishdan manfaatdor mulkdorlar sinfining shakllanishi iqtisodiyotda raqobat muhitini yaratish, tovarlar sifatini oshirish, mahsulot tannarxini pasaytirish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etishda eng muhim omil bo‘lib hisoblanadi.
Resurslarning mutanosib ravishda taqsimlanishi, ishlab chiqarish vositalaridan eng samarali va tejamkor holda foydalanilishi mulkchilikka xos xususiyatlardandir.
Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘siq bo‘lib hisoblangan muammolardan biri bu – moliyaviy tizimga ishonchsizlik oqibatida fond bozorining to‘laqonli ravishda shakllanmay qolishi, korxonalarning rentabellik darajasining pastligi va qimmatli qog‘ozlar egalarida haqiqiy mulkchilik hissining yo‘qligidir. Makrodarajadagi moliyaviy barqarorlik (budjet tanqisligining qisqarishi, foiz stavkalari real qiymatining ijobiy o‘zgarishi, inflyatsiya darajasining pasayishi), ishlab chiqarish likvidlik darajasining oshishi, sohalarda tarkibiy jihatdan qayta tashkillashtirish natijasida korxonalar moliyaviy ahvolining yaxshilanishi hamda investitsiyalar samaradorligining o‘sishi ko‘p jihatdan investitsion faollikning oshishi va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning eng muhim omili bo‘lib hisoblanadi.
Globallashuv sharoitida monetar siyosat mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojida muhim o‘rin egallaydi. To‘g‘ri monetar siyosat makroiqtisodiy barqarorlikni, bank tizimiga ishonch oshishini, moliya bozorlarining kengayishi va mustahkamlanishi, qulay investitsion muhit vujudga kelishi va mamlakatga xorijiy investitsiyalarning kirib kelishini ta’minlaydi. Shubhasiz, bu jarayonlar iqtisodiyotni qayta qurish jarayonlarini tezlashtirib milliy xo‘jalik tizimining raqobatbardoshlik darajasini oshiradi. Natijada mamlakatning globallashuv jarayonlarida faol ishtirok etish evaziga katta yutuqlarga erishishi ta’minlanadi.
Ta’kidlash joizki, globallashuv sharoitida barqaror pul bozorining shakllanishi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u markaziy bankning maqbul hamda har tomonlama ishonchli va samarali pul-kredit siyosatini olib borishni ta’minlaydi122.
Banklar tomonidan belgilangan foiz stavkalari va olib borilayotgan valyuta siyosatining ko‘p tomonlama iqtisodiy rivojlanishini ta’minlab beradi. Masalan, foiz stavkasining haddan tashqari ko‘tarilib ketishi bank daromadlarining kamayishi, buning natijasida kredit operatsiyalari miqdorining keskin kamayishiga olib keladi. Valyuta kursini boshqarish natijasida monetar siyosatda qattiq shartlarning vujudga kelishi ichki aktivlar narxlarining bir xil holatini ta’minlasa, shu vaqtning o‘zida kelajakda valyuta kursining pasayishida xavfli hisoblangan tashqi qarzning oshishiga sabab bo‘ladi.
Rivojlangan va ma’lum muvozanatga ega moliyaviy tizim globallashuv sharoitida muhim ahamiyat kasb etuvchi iqtisodiyotning tarkibiy jihatdan qayta qurilishi va milliy xo‘jaliklarning raqobatbardoshlik darajasining oshishida iqtisodiy o‘sish imkoniyatlarini kengaytiradi, jamg‘arishning samarali tarzda investitsiyaga aylantirilishini ta’minlaydi.
Hukumat tomonidan hisob-kitob yuritish va uni boshqarishning to‘g‘ri hamda huquqiy tizimini ta’minlanishi samarali faoliyat yurituvchi moliyaviy tizimga asos soladi.
Moliyaviy tizimning erkinlashtirilishi natijasida uning ko‘zlangan maqsadga erishishi bir necha shartlarga bog‘liq. Bu kabi shartlar moliyaviy tizimni erkinlashtirgunga qadar amalga oshiriladigan vazifalar bo‘lib, makroiqtisodiy va institutsional islohot olib borish hamda umumiy barqarorlikni ta’minlash ular sirasiga kiradi.
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida islohot olib bormasdan turib moliyaviy tizimni erkinlashtirib bo‘lmaydi. Aks holda, maqsadga muvofiq bo‘lmagan kapital harakati, foiz stavkalarining oshib ketishi hamda moliyaviy korporatsiyalarning qisqa vaqt ichida tushkun ahvolga uchrashiga sabab bo‘ladi.
Globallashuv sharoitida mamlakat iqtisodiyotining jadal rivojlanishi ko‘p jihatdan moliyaviy siyosatga bog‘liq. Erkin moliyaviy siyosat bozor mexanizmlarini qanchalik ishga solsa, global raqobat uning vazifasi nechog‘liq murakkab ekanligini ko‘rsatadi. Bunday vaziyatda tashqi va ichki o‘zgarishlarga mos valyuta siyosatini yuritish ma’quldir.
Marshal-Lerner teoremasiga ko‘ra, eksport-import va tashqi qarzga xizmat ko‘rsatishda valyuta kursining munosib ravishda optimal tanlanishi mamlakat manfaatlaridan holi emas. Globallashuv sharoitida jahon xo‘jaligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishga qodir mamlakat va mintaqalardagi vaziyatni doimiy tarzda o‘rganib turish mamlakat moliyaviy tizimiga mas’ul rahbarlarning eng muhimli vazifasidir. Moliyaviy tizimni erkinlashtirish jarayonlari to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan banklar va korxonalarda tarkibiy o‘zgartirishlar olib borish, iqtisodiyotda huquqiy va raqobatdosh muhit yaratish hamda maqsadga muvofiq bo‘lgan boshqaruv va nazorat tizimini birgalikda olib borilishi islohotlardan ko‘zlangan maqsadga erishishni kafolatlaydi.
Globallashuv sharoitida yuqori soliq to‘lovlari nafaqat milliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining raqobatbardoshlik darajasini pasaytiradi, daromadlarning yashirilishi va noqonuniy iqtisodiyotning shakllanishi, ishlab chiqarish va eksportning diversifikatsiyalashuv jarayonini susaytiradi, balki kapital va malakali ishchi kuchining chetga chiqib ketishiga ham olib keladi. Ushbu muammolarning ijobiy hal qilinishi fiskal siyosat olib borishning qay darajada optimal ekanligiga ham bog‘liq. Ma’lumki, soliq tizimi to‘lov va imtiyozlar yordamida siyosat olib borish va shu yo‘l bilan iqtisodiy taraqqiyotga rahnamolik qilish xususiyatiga ega.
Erkin raqobat muhiti va huquqiy asoslangan xo‘jalik tizimini yaratish uchun soliqlar miqdori va imtiyozlar shunday belgilanishi kerakki, u sohalarga mutanosib ravishda taqsimlansin. Buning uchun sohalar orasida to‘g‘ri solishtirma tahlil olib borilib, ularning qay birida soliq miqdori oshirilishi evaziga boshqa sohalarga imtiyoz ajratilishi samarali ekanligi aniqlanadi. Shu tarzda globallashuv jarayonlarining mamlakat iqtisodiyotiga o‘tkazayotgan ta’siri kuchayib borayotgan bir paytda soliq tizimi fiskal siyosat vazifasini emas, balki rag‘batlantiruvchi omil vazifasini o‘tashi zarur. To‘lovlarning pasaytirilishi va soliqqa tortish tizimining soddalashtirilishi mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatdoshlik darajasini oshirishga xizmat qilishi talab etiladi.
Globallashuv sharoitida faol investitsiya siyosati hamda qulay investitsion muhitni yaratish iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishlab chiqarish va eksportning diversifikatsiyalash orqali milliy iqtisodiyotning jahon xomashyo bozorining beqaror kon’yunkturasiga bog‘liqlik darajasini pasaytiruvchi va aholi daromadlarini oshishini ta’minlovchi muhim omillardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Jamg‘arish va investitsiyalarning me’yori milliy iqtisodiyotning uzoq kelajakdagi raqobatdoshligini belgilovchi muhim omil bo‘lib borayotganligi sababli uning o‘rni va ahamiyatini aniqlash o‘ta mushkuldir. Qolaversa, investitsiya siyosati iqtisodiyotning boshqa vositalari orasida eng murakkab hisoblanadi. Chunki investitsiya siyosatini olib borish iqtisodiy siyosat yuritishning boshqa vositalariga qaraganda to‘laqonli ravishda mamlakat ixtiyorida mavjud resurslarga bog‘liq. Ushbu resurslar bo‘lmasa investitsiya ham bo‘lmaydi. O‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida investitsiyalarga bo‘lgan talab yuqori bo‘lib, u iqtisodiy taraqqiyot mezoni sifatida o‘rganiladi. Ushbu sohadagi siyosat resurslarning mamlakat qiyosiy afzalliklariga ega yoki ustuvorlikka erishish mumkin bo‘lgan sohalarga o‘tib borishini ta’minlash, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgartirishlarni olib borishga yo‘naltirilishi zarur. Shuningdek, jamg‘arishni rag‘batlantiruvchi qulay investitsion muhitni yaratish hamda investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilishi kerak. Bu, o‘z navbatida, iqtisodiyotning turli tarmoqlari – soliq-budjet, pul-kredit va tashqi iqtisodiy sohalarda kompleks tadbirlar olib borishni taqozo etadi.
O‘tgan 50 yillik muddat jahon iqtisodiyotida muhim globallashuv jarayonlari yuz berganligi bilan ajralib turadi. Milliy xo‘jaliklarning jahon iqtisodiyotiga tobora integratsiyalashib borishi xalqaro resurslar harakatining hajmlari va xarakteriga ta’sir qilish darajasiga chiqib bormoqda. Xalqaro savdoning yanada kengayishi imkoniyatlari, faqatgina xalqaro kelishuvlarni moliyalashtiruvchi bank sektori imkoniyatlari bilangina chegaralanib qolmoqda. Jahon moliya bozorlarining o‘sishi, ular raqobatdoshligining oshishi va faoliyat doiralarining kengayishi daromad darajasi past bo‘lgan mamlakatlarning jahon iqtisodiyotiga yanada integratsiyalashishiga imkoniyat yaratadi. Jiddiy moliyaviy muammolar domiga tushib qolgan (investitsiyalar va asbob-uskunalar, xomashyo, ehtiyot qismlar importi hajmining chegaralanganligi, shuningdek, ular tomonidan tuzilgan savdo shartnomalariga ishonchning pastligi) rivojlanayotgan mamlakatlar kengayib borayotgan jahon moliya bozorlarida qatnashishni faollashtirgan holda rivojlanishning yangi imkoniyatlarini ochishi va iqtisodiy muammolarni hal qilishda tanlov va qarorlar xilma-xilligini oshirishi mumkin.
Lekin hozirgi davrda hanuzgacha rivojlanayotgan mamlakatlar xalqaro bozorlar globallashuvidan yutadimi yoki yo‘qmi aniq emas. Qator sabablar tufayli rivojlanayotgan davlatlarning jahon iqtisodiyotida to‘laqonli qatnashish imkoniyatlari hali mavjud emas. Milliy bozorlar tobora ochiqlashib borayotgan bir paytda jahon bozorlariga chiqish hali ham qiyin bo‘lib qolmoqda. Hatto globallashuv jarayonlarida bevosita qatnashib kelayotgan rivojlanayotgan davlatlar uchun ham uzoq muddatli rivojlanish istiqbollari umuman noaniqdir. Hozirgi davrda moliyaviy mablag‘larni yer sharining istalgan nuqtasiga o‘tkazish deyarli bir zumda amalga oshirilishi mumkin. Boshqa tarafdan esa, moliyaviy bozorlarning beqarorligi bilan bog‘liq risklar oshib bormoqda, yuqori texnologiyalardan foydalanmaydigan ishlab chiqaruvchilar uchun jahon bozoriga chiqish qiyinlashib bormoqda.



Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish