Global iqtisodiy rivojlanish


Mintaqaviy va milliy moliya bozorlarining rivojlanishi va ularni tartibga solish muammolari



Download 3,18 Mb.
bet85/173
Sana31.03.2023
Hajmi3,18 Mb.
#923702
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   173
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A , (2)

7.3. Mintaqaviy va milliy moliya bozorlarining rivojlanishi va ularni tartibga solish muammolari

Globallashuv sharoitida jahon moliya tizimi barqarorligini, uning tarkibiy qismlari va funksiyalarining yaxlitligi nuqtai nazaridan dinamik muvozanatni saqlab qolish masalasi dolzarb hisoblanadi. Mazkur jarayonda, globallashuvning ta’sirini inobatga olgan holda xalqaro moliya-kredit munosabatlarini rivojlantirish uchun aniq tamoyillarni belgilash va zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish, ehtimoliy risklarni pasaytirish muhimdir.


Bugungi kunda moliyaviy globallashuv jarayoni xalqaro moliya tizimining institutsional muhitini sifat va miqdor jihatdan o‘zgartiruvchi asosiy omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bir nechta milliy moliya bozorlarining xamkorligida global moliya bozorining shakllanganligi bu o‘zgarishlarni aniq ko‘rsatib bermoqda.
Moliyaviy globallashuv sharoitida jahon moliyaviy arxitekturasining barqarorligiga erishishda uning tarkibiy qismlari hisoblangan milliy iqtisodiyotlardagi valyuta tizimining barqarorligi, ichki moliyaviy sektorni liberallashtirish darajasi va moliyaviy ta’minotining holati muhim o‘rin tutadi. Mazkur jarayonda, mamlakatlar tomonidan kapital harakatidagi cheklovlarning bekor qilinishi va kapitalning erkin harakati uchun sharoit yaratish hamda barqaror valyuta siyosatini shakllantirish, shuningdek, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan dasturlarning samarali amalga oshirilishi muhimdir.
Ko‘plab tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, global moliya tizimi milliy moliya tizimlari va ularni birlashtirgan xalqaro moliya tizimini o‘z ichiga oladi, bunda milliy moliyaviy oqimlarning bir qismi xalqaro valyuta-kredit oqimlariga birlashadi va har bir hamkorlik qiluvchi davlatning moliyaviy resurslarini shakllantirishda ishtirok etadi111.
Xalqaro moliya tizimi o‘ziga transmilliy kompaniyalar va banklar, moliyaviy korporatsiyalar, alohida mamlakatlarning markaziy banklari, xalqaro moliya-kredit tashkilotlari, pensiya, investitsiya fondlari va sug‘urta kompaniyalarini o‘z ichiga olgan institutsional investorlar, yirik moliyaviy markazlarni qamrab oladi. Uning instrumentlariga depozitlar, xorijiy mamlakatlardan xarid qilingan mahsulot va xizmatlar, shu jumladan, aksiyalar uchun xalqaro pul o‘tkazmalari, olingan va berilgan kreditlar, veksel, obligatsiyalar, shuningdek, hosila moliyaviy vositalar kabilarni kiritish mumkin.
Keyingi yillarda xalqaro moliya tizimida kapital harakati rivojlanishida transmilliy korporatsiyalarning (TMK) roli ortib bormoqda. Chunki, transmilliy korporatsiyalar zamonaviy jahon iqtisodiyoti va xalqaro moliya tizimidagi o‘zgarishlarni harakatga keltiruvchi asosiy kuch hisoblanadi. TMKlar yuqori darajadagi ishlab chiqarish va moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan holda ilmiy sig‘imi yuqori bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga asosiy e’tibor qaratishadi. Mazkur holat esa ularning ishlab chiqarish faoliyati kengayishiga va texnologik rivojlanishiga yordam beradi. Shu bilan birga ular mahsulotlar va xizmatlarning jahon bozoridagi raqobatbardoshlik darajasini, xalqaro kapital harakati hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Hozirgi davrda TMKlarning ta’siri barcha sohalarda kuchayib borgan holda ular xalqaro moliya tizimidagi o‘zgarishlarni tartibga solishda asosiy sub’ektlardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida zamonaviy jahon moliya tizimida TMKlarning rolini ko‘rish mumkin112:
– TMKlar jahon savdosining qariyb 2/3 qismini nazorat etadi;
– dunyo sanoat ishlab chiqarishining taxminan 1/2 qismi TMKlar hisobiga to‘g‘ri keladi;
– TMKlar bo‘linmalarida ish bilan band aholi qatlamining qariyb 10% faoliyat yuritadi;
– jahondagi mavjud patent, litsenziya va nou-xaularning deyarli 4/5 qismi TMKlar tomonidan nazorat qilinadi. Shu boisdan ular global darajada moliyaviy munosabatlar rivojlanishiga hamda xalqaro kapital harakatiga keskin ta’sir etish salohiyatiga egadir.
Jahon iqtisodiyotida faoliyat ko‘rsatayotgan TMKlarning aksariyat qismi AQShga (174 ta) to‘g‘ri keladi, Yaponiya (38 ta), Buyuk Britaniya (38 ta), Xitoy (34 ta) kabi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar keyingi o‘rinlarni egallagan113.
Hozirgi kunda ekspertlarning baholashiga ko‘ra, jahon kapitali hajmi iqtisodiyot real sektori bahosidan uch baravar ko‘p, ya’ni jahon iqtisodiyotidagi moliyaviy majburiyatlar hajmi barcha mahsulotlar va xizmatlar qiymatidan uch baravarga yuqori bo‘lib, bu tafovut yanada ortib bormoqda. Jahon kapitali, jumladan, bozor va bank depozitlari, shuningdek, obligatsiyalar hajmi 140 trln. dollardan oshib ketdi. Rivojlanayotgan va rivojlanish darajasi past bo‘lgan mamlakatlarning jahon kapital bozoridagi ishtirokining faollashuvi, sanoatlashuv darajasining ortishi hamda ularning xalqaro moliyaviy aylanmaga keng jalb etilishi natijasida jahon iqtisodiyotining moliyaviy globallashuvi yanada oshmoqda.
Mamlakatlarning xalqaro moliya tizimiga integratsiyalashuv darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, moliya sektorining investitsiya maqsadlari uchun pul mablag‘larini qayta taqsimlash hamda iqtisodiy o‘sishning barqaror sur’atlariga va rivojlanishga erishish imkoniyati shuncha ortadi. Mazkur jarayon jahon iqtisodiyotida moliyaviy sohadagi resurslar hajmining oshishiga hamda mamlakatlarning moliyaviy jihatdan integratsiyalashuvining kuchayishiga olib keladi. Bunda pul massasi, moliyaviy aktivlar, aksiyalar bozorining kapitallashuvi, kreditlar hajmi kabi ko‘rsatkichlarning jahon yalpi ichki mahsulotiga nisbatini baholash muhimdir. Misol uchun, global moliyaviy aktivlarning jahon YaIMga nisbati 1980 yildan 2008 yilgacha bo‘lgan davrda 103 foizdan 292 foizgacha oshgan, iqtisodchilarning baholashi bo‘yicha mazkur ko‘rsatkich 2020 yilda taxminan 420-450 foizni tashkil etishi keltirilgan114. Yuqoridagilardan ko‘rish mumkinki, global moliyaviy aktivlar va boshqa ko‘rsatkichlarning jahon YaIMga nisbati o‘sishda davom etmoqda. Chunki, so‘nggi yillarda moliyaviy aylanma va aktivlarning hajmi real iqtisodiyot dinamikasiga nisbatan jadal o‘sishi kuzatilmoqda. Bunda asosan moliya, iqtisodiyot va innovatsiyalar sohasida rivojlangan mamlakatlarning ta’siri yuqori bo‘lgan holda, ular jahon moliya tizimida o‘z yetakchilik mavqeini mustahkamlashga qaratilgan faol chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqdalar.
XX asrning 90 yillarida jahonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimining hajmi 449 mlrd. dollarni tashkil etgani holda, 2018 yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 2,3 trln. dollarga yetdi. Mazkur holat mamlakatlar iqtisodiyotiga, shuningdek, xalqaro kapital oqimiga bo‘lgan ehtiyojning tobora ortib borayotganligi bilan izohlanadi.

Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish