Global iqtisodiy rivojlanish


VI bob bo’yicha qisqacha xulosalar



Download 3,18 Mb.
bet81/173
Sana31.03.2023
Hajmi3,18 Mb.
#923702
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   173
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A , (2)

VI bob bo’yicha qisqacha xulosalar
Dunyo mamlakatlari va xalqlarining o‘sib borayotgan o‘zaro bog‘liqligi, rivojlanish darajasi, madaniyat, tarixiy an’analardagi barcha farqlarga qaramay, shunday bosqichga o‘tdiki, bu bosqichni “globallashuv” deb atamoqdalar.
Iqtisodiy globallashuv qator yangi sifat belgilariga egaligi tufayli uni iqtisodiy hayot baynalmilallashuvining alohida bosqichiga ajratish mumkinki, bu bosqich o‘tgan asrning boshi yoki o‘rtalariga nisbatan farq qiladi. Xo‘jalik faoliyatining o‘zaro bog‘liqligi hozirgi vaqtda nafaqat kuchliroq namoyon bo‘lmoqda, balki global darajaga chiqib, deyarli barcha mamlakatlarni qamrab oladi.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati integratsion jarayonlar rivojlanishi va bozor o‘zgarishlariga alohida ahamiyat berayotgan va asosiy ustuvor yo‘nalish - bozor islohotlarini chuqurlashtirish va keyingi iqtisodiy liberallashuv bo‘lib qolayotgan hozirgi zamonaviy sharoitlarda hududiy va jahon bozorlaridagi talablar va raqobatning keskin shakllari ortib boradi. Ular, o‘z navbatida, navbatdagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish zaruriyatini talab etuvchi omillarga aylanadi. Faqat barqaror iqtisodiy rivojlanish va to‘liq quvvatdagi bozor infratuzilmasini shakllantirishgina mamlakatimizning global jahon xo‘jaligi tizimiga samarali integratsiyalashishi imkonini beradi.
Jahon tajribasiga ko‘ra, zamonaviy jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashish davomli jarayon bo‘lib, uzoq muddatli iqtisodiy strategiya ishlab chiqilishi, iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish, xo‘jalik aloqalari shakl va usullarini tubdan qayta tuzishni talab etadi.
Globallashuv fenomenining mohiyati shundaki, u jahon bozorida tan olingan va tan olinmaganlarning foydalari farqini kuchaytiradi. Bu barcha sohalarda (sport, san’at, fan, musiqa, bank ishi yoki korporativ sohalar) o‘z aksini topadi.
Hozirgi sharoitda tashqi savdo siyosati davlatning iqtisodiy tizimiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim vosita hisoblanadi va tashqi iqtisodiy faoliyat mexanizmlari orqali amalga oshiriladi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida har qanday mamlakatning global iqtisodiy tashkilotlarga qo‘shilishi ushbu mamlakat uchun ma’lum bir yo‘qotishlar bilan birga katta afzalliklar ham beradi. Bugungi sharoitda mamlakatlarning siyosiy-iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqib, xalqaro tashkilotlarga qo‘shilishdan kuriladigan afzalliklar yo‘qotishlardan ustun bo‘lmoqda.
O‘zbekiston milliy iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va jahon hamjamiyatidagi o‘rnini mustahkamlash bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bunda tashqi aloqalar, ayniqsa, tashqi savdo aloqalarining ahamiyati beqiyosdir.
Shuning uchun hukumatimiz tomonidan mamlakat eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Mamlakatimiz o‘zining eksport salohiyatini yanada oshirish maqsadida JSTga a’zo bo‘lishni reja qilgan. Hozirgi kunda JSTga 164 ta mamlakat a’zo hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi 1994 yilda a’zo bo‘lish to‘g‘risida ariza topshirgan va shu kundan e’tiboran kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan.
Hozirgi kunda mamlakatimizda JSTga a’zolik borasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Ekspertlar tomonidan a’zolik olib kelishi mumkin bo‘lgan natijalar tahlil qilinmoqda.

Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish