Global iqtisodiy rivojlanish


Jahon iqtisodiyoti globallashuvining siklliligi tarixi va uning rivojlanish qonuniyatlari



Download 3,18 Mb.
bet49/173
Sana31.03.2023
Hajmi3,18 Mb.
#923702
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   173
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A , (2)

4.3. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining siklliligi tarixi va uning rivojlanish qonuniyatlari

Globallashuv nafaqat oxirgi ikki asrda, balki insoniyat taraqqiyotining avvalgi davrlarida, jumladan, qadimgi tarixda ham mavjud bo‘lgan. Qadimgi davrlarda ham globallashuv va global iqtisodiyotning mavjudligi bugungi kunda yetakchi iqtisodiy tarixchilar tomonidan e’tirof etilgan. Masalan, I.Uollershteynning yozishicha, Rim imperiyasi ham, qadimgi Xitoy ham antik davrda “jahon tizimi” deb nomlangan jahon iqtisodiyotiga ega bo‘lgan. Zamonaviy G‘arbiy Yevropa davlatlari birinchi marta o‘rta asrlar oxirida globallashuv jarayoni bilan to‘qnash keldilar. I.Uollershteynning fikricha, g‘arbiy Yevropa shaharlari va mamlakatlari o‘rtasidagi savdoning keskin o‘sishi natijasida XII asrning ikkinchi yarmidan boshlab “Yevropa jahon iqtisodiyoti”, ya’ni Yevropa mamlakatlarini qamrab olgan global iqtisodiyot shakllana boshladi45.


Biroq, undan avvalroq qadimgi Rus va Vizantiyada globallashuv jarayonlari yuz berganligi tarixdan ma’lum. Jumladan, ma’lumotlariga ko‘ra, O‘rta yer dengizida intensiv xalqaro savdo qadimgi dunyo qulashidan avval VII-VIII asrlar mobaynida davom etgan46. Ammo keyinchalik IX asr davomida yana xalqaro savdoning asta-sekin o‘sib borishini ko‘ramiz, bu jarayon endi nafaqat Sharqiy O‘rta yer dengizi (birinchi navbatda, Vizantiya), balki qadimgi Rus hududini ham qamrab oladi. Arxeologik tadqiqotlarga ko‘ra, Vizantiya, Rossiya va boshqa qo‘shni mamlakatlar o‘rtasidagi intensiv xalqaro savdo X-XI asrlarda o‘z cho‘qqisiga yetdi47. Biroq, bundan oldin ham, IX asrda globallashuv qo‘shni mintaqani – Volgabo‘yi, Kaspiy dengizi va Arab sharqidagi davlatlarni qamrab oldi48.
Shunday qilib, bu davrda mintaqaviy globallashuvning ikki jarayoni parallel ravishda rivojlandi: ulardan biri Volga-Kaspiy savdo yo‘li bilan bog‘liq bo‘lib, VIII asrning oxirida boshlandi va X asrning oxirigacha davom etdi; ikkinchisi, O‘rta yer dengizi bilan bog‘liq – Qora dengiz savdo yo‘li – Qora dengizga quyiladigan daryolar havzalari (Dnepr, Don, Dnestr, Janubiy Bug)da IX asrning ikkinchi yarmida boshlandi va XII asrning ikkinchi yarmigacha davom etdi. Bu savdo yo‘llarining birinchisi o‘sha davrda “Varyaglardan forsiylarga”, ikkinchisi – “Varyaglardan yunonlarga” deb atalgan.
Globallashuv doimo bozor iqtisodiyotiga asoslangan. Globallashuvni intensiv xalqaro savdoni bozordan tashqari sharoitlardan tashqarida tasavvur qilish mumkin emas. Globallashuvning mohiyati bo‘lgan xalqaro savdoning tez rivojlanishi doimo o‘z-o‘zidan bozor kuchlarining ta’sirida vujudga kelgan.
Iqtisodiy tarixni o‘rganish ma’lum hududlarda globallashuv ro‘y bergan davrlarni aniqlashga imkon beradi. Ayrim hollarda globallashuv davrlari ketma-ket yuz berib, bu hodisaning davriyligi haqida xulosa chiqarishga imkon beradi. Shunday qilib, qadimgi davrda O‘rta yer dengizida rivojlangan global iqtisodiyotning markazlari qadimgi Gretsiya va Karfagen bo‘lgan. Shu nuqtai nazardan miloddan avvalgi VI-II asr o‘rtalarida Yunon-Karfagen siklini ajratib ko‘rsatish mumkin. O‘rta dengizning qadimgi tarixida va qadimgi Xitoy tarixida ham shunga o‘xshash sikllar kuzatiladi. G‘arbiy Yevropada ham xuddi shunday sikllar XII asrdan to hozirgi davrgacha ro‘y berdi.
Umuman olganda, insoniyat tarixidagi globallashuvni 5 ta davrga ajratish mumkin (4.2-rasm):

Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish