Global iqtisodiy rivojlanish


-rasm. Globallashuv natijasida shakllangan jahon xo‘jaligining yangi sifat xususiyatlari



Download 3,18 Mb.
bet39/173
Sana31.03.2023
Hajmi3,18 Mb.
#923702
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   173
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A , (2)

3.1-rasm. Globallashuv natijasida shakllangan jahon xo‘jaligining yangi sifat xususiyatlari
- deyarli barcha mamlakatlar milliy iqtisodiyotlarining o‘zaro bog‘liqligining ortishi;
- ilgari yopiq holatda bo‘lgan milliy iqtisodiyotlarning xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb etilishi;
- turli mamlakatlarda boshqaruv tizimlari va shakllarining bir xilligi va o‘xshashligining ortishi;
- jahon moliyaviy, tovar va mehnat bozorlarining shakllanishi.
Globallashuv jarayonlari murakkab va kompleks jarayon bo‘lganligi sababli, bugungi jamiyatda iqtisodiyotga ham, hayotning boshqa ko‘plab sohalariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatib, u nafaqat iqtisodiy, balki boshqa ijtimoiy fanlarda ham tadqiqot predmeti hisoblanadi va uning harakatlantiruvchi kuchlari texnika fanlari tadqiqotida o‘z o‘rnini topadi.
Yuqoridagi rasmda ko‘rsatib o‘tilgan jahon xo‘jaligining yangi va avval mavjud bo‘lmagan xususiyatlari globallashuv jarayonining chuqurlashuvi hamda milliy iqtisodiyotlarning barcha sohalarining o‘zaro bog‘liqligi ortishi natijasida yuzaga keladi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi uni harakatga keltiruvchi qator kuchlar ta’sirida shakllanadi. Globallashuv jarayonini harakatlantiruvchi kuchlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin (3.2-rasm):



3.2-rasm. Globallashuv jarayonini harakatlantiruvchi kuchlar

1. Kapitalning konsentratsiyalashuvi va markazlashuvi.


2. Xo‘jalik hayotining transmilliylashuvi, ya’ni yirik transmilliy kompaniyalar va moliya guruhlarining rivojlanishi.
3. Jahon va milliy darajadagi bozor raqobati.
4. Fan texnika taraqqiyoti.
5. Texnologik innovatsiya taraqqiyoti.
6. Iqtisodiy faoliyat (xo‘jalik hayoti)ning erkinlashuvi.
7. Xizmat va kapital bozorini tartibga solishning qisqarishi.
8. Jahon xo‘jaligi erkinlashuvi jarayonining kuchayishi.
XX asrning so‘nggi yillaridan boshlab jahon siyosiy tizimdagi o‘zgarishlar, mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy va siyosiy aloqalarning integratsiyalashuvi bilan globallashuv jarayonlarining jadallashuvi yuz berdi. Ushbu jarayonlarning tarkibiy qismi sifatida jahon miqyosida moliyaviy resurslarning konsentratsiyasi va alohida moliyaviy markazlarda markazlashuv jarayoni, ya’ni kapitalning jahon miqyosida qayta taqsimlanishi yuz berdi. Jahon moliya (valyuta, qimmatli qog‘ozlar, sug‘urta, kredit va boshqa) bozorlarining globallashuv jarayonida alohida mamlakatlar hududidan global miqyosga kengayishi milliy iqtisodiyotlarning globallashuvga bog‘liqlik darajasini oshirdi.
Moliyaviy resurslarning nisbatan faol harakati jahon moliyaviy markazlari orqali yuz bera boshladi. Ushbu markazlar qatoriga Yevropada – London, Frankfurt, Parij, Syurix, Jeneva, Lyuksemburg; Amerikada – Nyu-York va Chikago, Osiyoda – Tokio, Singapur, Syangan, Bahrayn kabi moliyaviy markazlarni kiritish mumkin. So‘nggi yillardagi o‘zgarishlar natijasi sifatida mintaqaviy moliyaviy markazlar qatoriga Keyptaun, San-Paolo, Shanxay va boshqalar qo‘shilgan bo‘lsa, Karib dengizi basseynidagi ayrim ofshor markazlari – Panama, Bermud, Bagam, Kayman va Antil orollari bir qancha vaqtdan buyon jahon moliyaviy markazlari sifatida faoliyat olib bormoqda30.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan jahon moliyaviy markazlari jahon moliyaviy resurslar bozoridagi resurslarning asosiy harakat yo‘nalishlarini belgilab berayotganligi milliy iqtisodiyotlar hamda uning tarkibiy qismlarini o‘z faoliyatini jahon moliyaviy markazlari faoliyatiga moslagan holda faoliyat yuritishga majbur qilmoqda.
Globallashuv jarayonini harakatlantiruvchi kuchlarning yana biri bu – iqtisodiy faoliyatning transmilliylashuvi, ya’ni yirik transmilliy kompaniyalar va moliya guruhlarining rivojlanishidir.
Transmilliy korporatsiyalar zamonaviy jahon iqtisodiyotining eng harakatchan sub’ektlaridan biri bo‘lib, shakllanish davridan hozirgi kunlargacha jiddiy taraqqiy etdi. TMKlar “kolonial-xomashyo” shaklidan global kompaniyalar ko‘rinishigacha rivojlanib keldi. TMKlar taraqqiyoti ularning son va sifat jihatidan o‘sishi bilan XXI asrning boshlariga kelib son jihatidan 100 mingdan ortiqroqqa yetib keldi31.
TMKlar ishtirokidagi qo‘shilishlar va qo‘shib olinishlar shaklida kapitalning xalqaro birlashishi (konsolidatsiyasi) jarayoni bugungi kunda jahon iqtisodiyotining transmilliylashuvi va globallashuv jarayonini harakatlantiruvchi asosiy kuchlaridan biriga aylandi.
Hozirgi vaqtga kelib TMKlarning jahon iqtisodiyotiga ta’siri juda yuqori. Bir millionga yaqin xorijiy filiallarni boshqarayotgan 100 mingdan ortiq TMKlarning qo‘l ostida xususiy ishlab chiqarish fondlari (XIChF)ning 30 %i, xalqaro savdoning 50 %dan ortig‘i mujassamlashgan, ular tomonidan jahon bozorlaridagi deyarli barcha xomashyo savdosi nazorat qilinmoqda. TMKlarning umumiy valyuta zahirasi jahonning barcha federal banklarining birgalikdagi zahirasidan bir necha marta ko‘pligidan, ushbu moliyaviy resurslar miqdorining 1-2% ga o‘zgarishi istalgan ikkita mamlakat valyutasi paritetini o‘zgartirib yuborishga qodir.
Globallashuv jarayonini harakatlantiruvchi kuchlardan yana biri jahon va milliy darajadagi bozor raqobatidagi o‘zgarishlar hisoblanadi. Globallashuv sharoitida raqobatning quyidagi turlarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin (3.3-rasm):




Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish