Global iqtisodiy rivojlanish



Download 3,18 Mb.
bet99/173
Sana31.03.2023
Hajmi3,18 Mb.
#923702
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   173
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A , (2)

Keynscha yondashuv. Keyns va monetarchilar mehnat bozorining amal qilish tartibini tushuntirib berishga boshqacha yondashadilar. Neoklassiklardan farqli ravishda ular mehnat bozoriga doimiy va fundamental muvozanat xos ekanini isbotlashga urinadilar.
Keynscha model (J.M.Keyns, keyinroq R.Rordon va boshqalar) ishchi kuchi bahosi (ish haqi) qat’iy belgilangan va amalda o‘zgarmaydi (ayniqsa, kamayish tomonga) degan qoidadan kelib chiqadi. Modelning bu unsuri tasdiqlanib o‘tirilmasdan shak-shubhasiz dalil sifatida qabul qilinadi. Keynschilar fikricha, bozor iqtisodiyoti sharoitida to‘la bandlikni kafolatlovchi hech qanday mexanizm mavjud emas. Mazkur nazariyaga ko‘ra, bandlik darajasini oshirish va real ishsizlikni kamaytirish tashqi omillarga bog‘liq emas. Aksincha, mehnat bozoriga faol ta’sir o‘tkazishni ichki omillar, jumladan, investitsiyalar va omonat qo‘yilmalar orqali amalga oshirish darkor. Shu bilan birga, bozor sharoitida tovarlar va ishchi kuchi bahosi pasayish belgisiga egadir. Shunday qilib, bu omillar (tashqi - qurg‘oqchilik, iqtisodiy pasayish va ichki omillar) iqtisodiyotni yanada qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Shuning uchun ham keynschilar mehnat bozorini avtomatik tarzda tartibga solish mexanizmini inkor qiladilar. Bu konsepsiyaga ko‘ra, baho (ish haqi) bozor regulyatori emasligi (bo‘lmasligi) tufayli ham u chetdan kiritilishi kerak. Bozor regulyator rolini davlat bajaradi. Davlat yalpi talabni kamaytirib yoki ko‘paytirib mavjud tengsizlikka barham berish mumkin. Shunday qilib, bu modelga ko‘ra, ishchi kuchiga talab mehnatga bo‘lgan bozor baholarining tebranishlari bilan emas, balki yalpi talab bilan, boshqacha qilib aytganda, ishlab chiqarish hajmi bilan tartibga solinadi.
Monetarcha model. Keynscha yondashuv tarafdorlari singari monetarchilar maktabi vakillari ham ishchi kuchiga bo‘lgan baholarning qat’iy strukturasida ham bu baholarning bir xil yo‘nalishdagi o‘sib boruvchi harakati shart-sharoitlaridan kelib chiqadilar. Monetarchilar tomonidan ilgari surilgan yondashuvga ko‘ra, ishsizlikning tabiiy darajasi mehnat bozorining strukturasiga xos xususiyatlarni o‘zida aks ettiradi. Uning o‘sishi bozordagi baholarni tez moslasha oladigan qilib qo‘yadi. Me’yoriy amal qilishiga to‘sqinlik qiladi, muvozanatsizlikni va bundan kelib chiqqan holda ishsizlikni kuchaytiradi, deb hisoblashadi. Bu maktab vakillarining fikriga ko‘ra, mehnat bozori beqarorligi kuchayishiga olib keluvchi bunday salbiy omillarga davlat tomonidan ish haqi minimal darajasining belgilab ko‘yilishi, kasaba uyushmalarining yetarli kuchga ega ekanligi, vakansiyalar mavjudligi haqidagi hamda rezerv ishchi kuchi haqidagi axborotlarning yo‘qligi kiradi. Monetarchilar bozorni muvofiqlashtirish uchun pul-kredit siyosati dastaklarini qo‘llashni taklif qiladi. Bunda so‘z markaziy bankning hisob stavkasi tijorat banklarining markaziy bank hisobidagi majburiy rezervlari hajmi kabi dastaklar haqida boryapti.
Jahon aholisi yoshiga bog‘liq ravishda ikki tipdagi odamlarni o‘z ichiga oladi: mehnatga layoqatli - 15-60 yoshlilar, mehnatga layoqatsiz – bolalar va qariyalar. Aholi umumiy hajmining taxminan 70 foizi birinchi tipga tegishli, biroq bu ulush turli hududlarda o‘zgarib turadi. Masalan, Osiyo va Afrikada voyaga yetmaganlar, Yevropa va Shimoliy Amerikada qariyalar ulushi yuqoriroq.
O‘z navbatida, mehnatga layoqatli aholi ham ikkiga ajratiladi: iqtisodiy faol va faol bo‘lmaganlar. Uy bekalari, talabalar (ta’til paytida), davlat qaramog‘idagi fuqarolar, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmaganlar iqtisodiy faol bo‘lmaganlar qatoriga kiradi. Bizni iqtisodiy faol aholi, ya’ni mehnatga layoqatli va unga intiluvchi odamlar qiziqtiradi. Fuqarolarning aynan shu toifasi mamlakat ichkarisida va xorijdan ish qidirish jarayonida faol ishtirok etadi.
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi uzoq tarixga ega bo‘lsa-da, XX asrga kelib u ishlab chiqarish omillari harakatining yetakchi ko‘rinishlaridan biriga, binobarin, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning alohida muhim sohasiga aylandi.
Ushbu holatni quyidagi sabablar bilan bog‘lash mumkin:
- xo‘jalik hayotining baynalmilallashuvi;
- ijtimoiy-demografik o‘zgarishlar;
- fan-texnika va axborot sohasidagi inqilob;
- integratsiya jarayonlarining rivojlanishi;
- transmilliy korporatsiyalar faoliyati.
Bu omillar mehnatga layoqatli aholining harakatchanligining kuchayishiga sababchi bo‘ldi. Zero, insonlar mamlakatlar va qit’alararo ko‘chish uchun rivojlangan kommunikatsiya infratuzilmasidan foydalanishadi. Hozirgi kunga kelib shunday jahon ishchi kuchi bozori (JIKB) vujudga keldiki, bu bozorning asosini milliy xo‘jalik tizimlari va jahon iqtisodiyoti doirasida ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi, tabiati va joylashuviga sezilarli ta’sir etuvchi iqtisodiy faol aholining mamlakatlar va hududlar o‘rtasidagi jami migratsion aylanmasi tashkil etadi. XXI asrning boshiga kelib migrantlarning bir yildagi o‘rtacha miqdori 35 mln. kishiga yetdi (1960-yilda 3,5 mln)132. Jahon ishchi kuchi bozori faqatgina migrantlarni emas, balki turli darajadagi migratsiya xizmatlarini, shuningdek, xorijiy mehnatkashlarning huquqiy maqomi, ularning mehnatini himoyalash, ularga ijtimoiy kafolatlar berish va boshqa shu kabi masalalar bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlarni ham o‘z ichiga oladi. Fuqarolarni o‘z vatanidan tashqarida ish qidirishga majbur etuvchi eng asosiy omil turmush darajasini yaxshilash va o‘z qobiliyatlaridan unumli foydalanishga intilish hisoblanadi. Ayni paytda ishsizlik, qishloq xo‘jaligida aholining ko‘payib ketishi kabi salbiy ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar ham yashash joyini vaqtincha yoki doimiy o‘zgartirishga sabab bo‘lmoqda.



Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish