Global iqtisodiy rivojlanish



Download 3,18 Mb.
bet97/173
Sana31.03.2023
Hajmi3,18 Mb.
#923702
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   173
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A , (2)

Tayanch iboralar
Global moliyaviy bozor, “Rim klubi”, Ilmiy-texnik taraqqiyot, transmilliy korporatsiyalar, Xalqaro valyuta fondi, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro moliya tashkilotlari, Bretton-Vuds kelishuvi, Jahon valyuta bozori aylanmasi.

Nazorat uchun savollar
1. Global moliyaviy bozorlarning shakllanish belgilarini tushuntiring.
2. Jahon iqtisodiy va moliyaviy muhitining shakllanishiga ta’sir etgan sezilarli o‘zgarishlar sifatida qanday faoliyat yo‘nalishlari ko‘rsatiladi?
3. XX asr oxiriga kelib jahon iqtisodiyotida nechta asosiy tendensiya kuzatiladi va ularni izohlang.
4. Davlatlararo fondlar (tashkilotlar) daromadlarini shakllantirish usullari va moliyalashtirish tusiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
5. Bugungi kunda Xalqaro Valyuta Fondining asosiy maqsadi nimalardan iborat?
6. Xalqaro Valyuta Fondining funksiyalari nimalardan iborat?
7. Zamonaviy jahon moliya tizimida TMKlar rolini qaysi ko‘rsatkichlar yordamida ko‘rish mumkin?
8. Hozirgi vaqtda jahon hamjamiyati xalqaro moliya tizimini global tartibga solish jarayonini isloh etishning qanday variantini tavsiya etmoqda va ularni tushuntiring.
9. Bugungi kundagi bank tizimidagi asosiy muammolari umumlashgan holda qanday ifodalanadi?
10. Masofaviy bank xizmatlarining joriy etilishi natijasidaqanday afzalliklarga erishiladi?
11. O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy siyosati xalqaro moliyaviy munosabatlarda mamlakat milliy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qanday tamoyillarga asoslanadi?
12. Tashqi savdo, iqtisodiy, ilmiy va madaniy aloqalarda qanday yo‘nalishlar ustuvor hisoblanadi?


VIII BOB. GLOBALLASHUV SHAROITIDA ISHCHI KUCHI BOZORI VA MIGRATSIYASI MUAMMOLARI


8.1. Jahon ishchi kuchi bozori tushunchasining mohiyati, shakllanish sabablari va rivojlanish omillari

Aholining ommaviy migratsiyasi jahon hamjamiyatining XX asr ikkinchi yarmidagi hayotining eng xarakterli xususiyatlaridan biriga aylandi. Aholi migratsiyasi deganda, ma’lum hududlarda insonlarning doimiy yashash joyini almashtirish yoki unga qaytish sharti bilan ko‘chib o‘tishi tushuniladi.


Jahon iqtisodiyotida xalqaro (tashqi) migratsiyaning mehnat, oilaviy, rekreatsion, turistik va boshqa turdagi shakllari mavjud.
Biz xalqaro mehnat migratsiyasi, xalqaro ishchi kuchi bozori muammolarini ko‘rib chiqamiz. Xalqaro ishchi kuchi bozori milliy chegaralarni kesib o‘tuvchi turli-tuman mehnat resurslari oqimini qamrab oladi. Xalqaro mehnat bozori ishchi kuchining milliy va mintaqaviy bozorlarini birlashtiradi. Xalqaro mehnat bozori mehnat migratsiyasi shaklida namoyon bo‘ladi. Jahon bo‘yicha 1960 yilda 3,2 mln., 2004 yilda esa 35 mln.dan ortiqroq migrant mavjud bo‘lgan.
Jahon mehnat bozori deganda ishchi kuchini sotish, sotib olish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan davlatlararo ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar majmui tushuniladi130.
Jahon mehnat bozorida ishchi kuchining qiymati baholanishi bilan birga uni yollash, ish haqining miqdori, mehnat sharoitlari, ta’lim olish va kasb mahoratini o‘stirish imkoniyatlari, ish bilan bandlik kafolatlari va boshqa bir qator shartlar aniqlanadi. Jahon mehnat bozori jahon aholisining ish bilan bandlik darajasi, uning tarmoqlar, kasb-malaka, demografik, ishsizlikning ko‘lami va o‘zgarishi kabi asosiy jarayonlarni aks ettiradi.
Jahon mehnat bozori ham boshqa xil bozor tizimlari kabi makroiqtisodiy usullarni qo‘llash sohasi bo‘lib, u bir-biriga bog‘liq bo‘lgan talab va takliflar ta’sirida muntazam o‘zgari turadi.
Bozor iqtisodiyotining asosiy tarkibiy qismlaridan biri sifatida jahon mehnat bozorining shakllanishi uchun mehnat munosabatlarini huquqiy jihatdan ta’minlash, bozor rag‘batlari samarali ta’sir ko‘rsatishi uchun shart-sharoit yaratuvchi tashkiliy tadbirlar tizimini vujudga keltirish lozim.
Jahon mehnat bozoriga o‘tishning eng muhim sharti ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi munosabatlarda tenglik va erkinlik o‘rnatishdir.
Jahon mehnat bozorining iqtisodiy talablariga javob beradigan me’yorda amal qilishi esa bir qator shartlarning bajarilishini taqozo qiladi. Ularning asosiylari quyidagilardir:
- talab va taklifning erkin amal qilishini kafolatlovchi huquqiy asoslar mavjudligi;
- bozor sub’ektlarining erkin harakat qilishi uchun zarur zamin­-iqtisodiy makonning mavjudligi;
- jahon mehnat bozori infrastrukturasining mavjudligi;
- ish haqi miqdorining chegaralanmaganligi, uy-joy bozorining mavjudligi va boshqalar.
Jahon mehnat bozorida amalga oshadigan munosabatlar doirasida asosan mamlakatlarning ishchi kuchini sotuvchi va sotib oluvchilar ishtirok etadi va bu jarayonga bir tomondan ishlash istagi bor bo‘lganlar (bunga ish bilan band bo‘lganlar ham, ishsizlar ham kiradi), ikkinchi tomondan – tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish uchun xodimlarni yollovchilar kiradi. Jahon mehnat bozori faqatgina bo‘sh ish joylarini yaratishga va ishsizlarga ish topib berishgagina xizmat qilmasdan, balki yollanma mehnat sohasini keng mazmunda o‘rganishni ham o‘z ichiga oladi.
Ana shuning uchun ham mehnat munosabatlari va unda jalb etilgan xodimlar bilan bog‘liq keng miqyosli soha jahon mehnat bozori va aholini ish bilan band etish siyosatining ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi. Bunga ish haqi muammolari, mehnat sharoitlari, bajarilayotgan ish hajmi va intensivlik darajasi, korxonalarda ish bilan ta’minlashning barqarorligi, mehnat motivlari, jahon mehnat bozorining egiluvchanligini ta’minlash, ishchi kuchini mehnatga tayyorlash va qayta tayyorlash kabilar kiradi.
Ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifga ta’sir qiladigan omil ish haqidir. Ammo ushbu mexanizmdagi har bir o‘zgarish o‘zaro bog‘liq ravishda uning tarkibiga kiruvchi boshqa unsurlarning o‘zgarishiga olib keladi. Chunonchi, ishchi kuchi miqdorining ortib ketishi ish haqining kamayib ketishiga va, o‘z navbatida, ish joylari miqdorining nisbatan kamayishiga olib keladi va hakozo. Umuman olganda, bu to‘g‘ridagi asosiy ilmiy-uslubiy tasavvurlarni jahon iqtisodiyoti amaliyoti va nazariyasidan bilib olsak bo‘ladi. Hozirgi paytda jahon mehnat bozorining amal qilinishi va nazariy tushunchasiga har xil yondashuvlar mavjud bo‘lib, ularni o‘rganish mehnat bozori haqidagi dunyoqarashimizni yanada boyitadi.

Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish