6.1-jadval.
Jahon iqtisodiyotining rivojlanishi
(10 yillik qo‘shimcha o‘sish sur`ati, %)
Yillar
|
Yalpi ichki mahsulot
(GDP)
|
Jahon yalpi mahsuloti o‘sishida yetakchi mamlakatlar
|
1820-1870
|
0,7
|
Buyuk Britaniya
|
1900-1950
|
2,3
|
AQSh
|
1950-1980
|
1,5
|
Yaponiya
|
2000-2020
|
5,4
|
Xitoy
|
2010-2030
|
5,2
|
Hindiston
|
Jadval ma’lumotlariga ko‘ra, XIX asr davomida jahon yalpi mahsulotining qo‘shimcha o‘sish sur’atlari 0,7 % atrofida bo‘lib, bu davrda jahon mamlakatlari ichida Buyuk Britaniya yetakchi o‘rinda bo‘lgan. XX asrning birinchi yarmida AQSh jahon iqtisodiyoti rivojlanishida yetakchi o‘ringa chiqdi va bu davrda ko‘rsatkichning qo‘shimcha o‘sish o‘rtacha surati 2,3 %ga ko‘tarildi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng jahon yalpi ichki mahsulotining o‘sish darajasida sezilarli pasayish kuzatildi (1,5 %) va bu davrda Yaponiya jahonning yetakchi mamlakatiga aylandi.
XXI asrning boshlariga kelib, jahon iqtisodiyoti rivojlanishi qutblari o‘zgarib, Xitoy va Hindiston jahon iqtisodiy taraqqiyotida yetakchi o‘rinlarni egallamoqda. Asrimizning o‘tgan davrida jahon yalpi mahsulotining 10 yilliklar davomidagi qo‘shimcha o‘sish darajasi 5 %dan ortiqroqni tashkil qilmoqda.
Iqtisodiy globallashuv qator yangi sifat belgilariga egaligi tufayli uni iqtisodiy hayot baynalmilallashuvining alohida bosqichiga ajratish mumkinki, bu bosqich o‘tgan asrning boshi yoki o‘rtalariga nisbatan farq qiladi. Xo‘jalik faoliyatining o‘zaro bog‘liqligi hozirgi vaqtda nafaqat kuchliroq namoyon bo‘lmoqda, balki global darajaga chiqib, deyarli barcha mamlakatlarni qamrab olmoqda. Albatta, eng avvalo, sanoati rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotlari o‘zaro birikib ketadi, lekin boshqa mamlakatlar ham turli tezlik va jadallik bilan umumjahon jarayonlariga jalb etiladi. Kompyuter texnikasi va elektron telekommunikatsiyalarning tez rivojlanishi, yuqori tezlikka va tejamkorlikka ega transportning paydo bo‘lishi barcha qit’alar va davlatlarni bir-biriga yaqinlashtirdi, xalqaro ayirboshlashning keskin o‘sishi uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratdi.
Bir mamlakatdan boshqa mamlakatga ko‘chayotgan tovarlar va xizmatlar, kapital va ishchi kuchi oqimlari, global kompaniyalar va axborot tizimlari, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar va korporatsiyalar faoliyati global iqtisodiyotni tashkil etadiki, barcha milliy xo‘jaliklar u yoki bu darajada unga qo‘shiladi. Global iqtisodiyotdagi har qanday uzilishlar xavf-xatarlarni olib keladi.
Iqtisodiy globallashuvning erishilgan darajasi ko‘pgina bashoratlardan o‘tib ketdi. Yuqorida keltirilgan jahon tovarlar va xizmatlar eksporti va jahon yalpi ichki mahsuloti o‘rtasidagi o‘zaro nisbat global o‘zaro bog‘liqlikning haqiqiy ko‘lamlarini kamaytiradi. Chunki jahon YaIMning 60 % xizmatlarga to‘g‘ri keladi, ularning ko‘p qismi esa (ta’lim, tibbiy xizmat ko‘rsatish, davlat boshqaruvi, ulgurji va chakana savdo) xalqaro savdoning predmeti hisoblanmaydi. Bu savdo qilinmaydigan (nontradable) deb ataluvchi, ya’ni xalqaro savdoda ishtirok etmaydigan xizmatlardir. Jahon savdosida ishtirok etmaydigan xizmatlar chiqarib tashlangan jahon YaIMda tovarlar eksportining ulushi umumjahon YaIM hajmida tovarlar eksportining ulushiga nisbatan ancha ko‘p (ayrim hisoblarga ko‘ra, deyarli 50 %)93.
Angus Meddisonning (AQSh) ushbu metodikadan foydalangan holda 1992 yil uchun olgan natijasi 31 % ga teng. Agar xizmatlar eksporti ham hisobga olinsa, 1992 yil uchun ushbu ko‘rsatkich yana 20 % ga ko‘payib, 37 %ni tashkil etgan bo‘lardi. Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar milliy ishlab chiqarishning xalqaro savdodagi ishtiroki o‘tgan asrning boshiga nisbatan juda yuqori darajaga yetganligini ko‘rsatadi (6.2-jadval).
2000 yilda jahon miqyosida ishlab chiqarilayotgan yalpi mahsulotning o‘sish darajasi 5,2 %ni tashkil etib, bu ko‘rsatkich 207 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta’sirida 2010 yilda 0,9 % gacha pastlagan va keyingi davrda (2015-2020 yillarda) o‘rtacha 2,5 % atrofida o‘sgan.
Xalqaro savdoning o‘sish darajasiga ham yuqorida aytib o‘tilgan global inqirozlarning ta’siri yuqori bo‘lib, 2020 yilga kelib, bu ko‘rsatkich 4,2 %ga yetgan. Xalqaro savdoning jahon yalpi mahsulotiga nisbati esa yillar davomida barqaror o‘sish tendensiyasiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |