Global iqtisodiy rivojlanish


Globallashuv tufayli milliy davlatlar suverenitetidagi o‘zgarishlar va transchegaraviy muammolarning integratsiyalashuvi



Download 3,18 Mb.
bet64/173
Sana31.03.2023
Hajmi3,18 Mb.
#923702
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   173
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A , (2)

5.4. Globallashuv tufayli milliy davlatlar suverenitetidagi o‘zgarishlar va transchegaraviy muammolarning integratsiyalashuvi

Globallashuv jarayonlarining chuqurlashuvi ijtimoiy-iqtisodiy hayot va uning alohida sohalarida milliy mamlakatlar o‘rni va vakolatlarining qisqarishiga olib keladi. Bunda milliy iqtisodiyotlarning iqtisodiy mustaqilligi va mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar kengayishi hisobiga davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarining ta’sir doirasi qisqarib boradi.


Globallashuvning ustun tomonlarini ko‘rish bilan birga uning jahon siyosiy-iqtisodiy tizimiga ta’siridagi o‘ziga xos salbiy jihatlarini ham o‘rganish jarayonning milliy mamlakatlarda shakllangan tizimlarni rivojlantirishda alohida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan yo‘nalishlarni aniqlash imkonini kengaytiradi. Jumladan, globallashuv ta’sirida milliy davlatlarning siyosiy-iqtisodiy mustaqilligi, alohida hudud yoki mintaqalardagi transcheraviy muammolarning integratsiyasi kelajakda jahondagi tinchlik siyosatiga qanday ta’sir etishi mumkinligini alohida ssenariylar asosida o‘rganish muhim hisoblanadi.
Siyosatshunoslikda suverenitet davlatning to‘la mustaqilligi, ya’ni ichki siyosatda ustunligi va tashqi siyosatda dahlsizligi shaklidagi eng muhim xususiyati sifatida ta’riflanadi69.
Bu tushuncha XIX asrda keng tarqalgan bo‘lsa-da, o‘rta asrlardagi feodal hukmdorlikning yagona boshqaruv kuchi g‘oyasidan kelib chiqqan. Ushbu tushuncha o‘tgan asrning boshlarida N.Makiavelli (mutlaq yoki avtokratik monarxiya irodasining qudratli kuchi sifatida), J.Boden (“siyosiy jamiyatdagi fuqarolar va sub’ektlar ustidan eng yuqori, mutlaq va doimiy hokimiyat” sifatida) va boshqa asarlarda o‘zining qator aniq ta’riflariga ega bo‘ldi. Bu g‘oya (suverenitet) XVII asrdagi 30 yillik urush va 1648 yilda Vestfal dunyosining tugaganidan so‘ng yanada mustahkamlandi. Keyinchalik milliy suverenitet (ko‘pincha davlat suvereniteti bilan sinonim) tushunchasi keng tarqaldi. Hozirda bu tushunchalar BMT Nizomida va boshqa ayrim xalqaro shartnomalarda davlatlarning suveren tengligi va xalqlarning o‘z-o‘zini belgilash huquqi to‘g‘risidagi qoidalar shaklida aks etgan.
Albatta, amalda davlat va millatlar suvereniteti doimo turli chegaralar bilan muntazam cheklanib kelgan. Ammo bugungi kunda davlatlarning to‘liq harakat erkinligi g‘oyasi ham nazariy jihatdan noto‘g‘ri bo‘bib chiqmoqda. Haqiqatan ham, ichki suverenitet doirasi xalqaro shartnomalar, jumladan, inson huquqlari masalalari bo‘yicha qonuniy ravishda qisqartirildi va aslida allaqachon o‘rnatilgan an’analardan kelib chiqdi70.
Urushdan keyingi davrdan boshlab ko‘pgina mamlakatlar ixtiyoriy ravishda suveren g‘oyalar va elementlar bilan o‘zlarini cheklay boshladilar. Ushbu fikr tasdig‘i uchun suverenitet pasaytirilgan hududlarga nazar tashlashning o‘zi kifoya. Bojlar va soliqlarni belgilash va ularning miqdorini aniqlash huquqi; tovarlar (kapital) va muayyan faoliyatni olib kirish va eksport qilishni ta’qiqlash yoki rag‘batlantirish; milliy valyutani chop etish; mahbuslarni saqlash va ular mehnatidan foydalanish qoidalarini belgilash; muayyan siyosiy erkinliklarni e’lon qilish yoki ularni cheklash; saylovlarning asosiy qoidalari va saylov ta’qiqlarini ishlab chiqish va boshqa ko‘plab muhim masalalar faqat davlatning xohish-istaklari bilan belgilanadi. Endi esa butun dunyo ko‘z o‘ngida yevropaliklar bir umumiy valyuta (evro) uchun muqaddas milliy valyutalaridan voz kechdilar.
Va nihoyat, suverenitetda hamisha eng muhim jihat sifatida e’tirof etiladigan element – urush va tinchlik huquqining xalqaro nazorat ostiga o‘tishi. Jahon urushlari va totalitar boshqaruv mutlaq suverenitet, jumladan, urush va repressiya boshlash huquqi xavfli ekanligini ko‘rsatdi. Bularning barchasi hech kim aralashmaydigan va faqat milliy huquq va urf-odatlar bilan tartibga solinadigan davlatning ichki ishlari torayib, xalqaro yoki jamoa huquqi kengaya borishini anglatadi. 2004 yildagi Ukraina voqealari uning nafaqat eng yaqin qo‘shni davlatlar, balki mamlakatdan geografik jihatdan uzoq bo‘lgan mamlakatlar ham uning saylov jarayonlariga ochiqdan ochiq aralashishini ko‘rsatdi.
Shunday qilib, bugungi kunda o‘tgan davrlarga nisbatan butunlay erkin va mustaqil davlatlar suvereniteti ancha pasaydi. Muhimi shundaki, davlatlar o‘zining suveren vazifalaridan kamdan-kam holatlarda ixtiyoriy ravishda voz kechadilar. Bunday altruizmni mamlakatlar jahon miqyosida ayrim real ustunliklarga ega bo‘lish evazigagina suverenitetdan voz kechayotganligi bilan izohlanadi71. Tabiiyki, bunday “almashinuv” asosan bayon etilgan jarayonlarning kuchli ta’siri natijasidagina amalga oshishi mumkin bo‘ladi.
Siyosatshunoslik fanida “milliy suverenitet doktrinasi eskirganligi”72, “suverenitet” tushunchasini jahon siyosiy hamjamiyatining shakllanishi hamda xususiy suverenitetlar chegarasini aniqlash, suverenitet tamoyillarining iyerarxik tuzilishi,73 shuningdek, TMKlar va nodavlat tashkilotlari bilan aloqalar doirasida qayta baholash lozimligi dolzarb masala sifatida ko‘tarilmoqda74. Biroq, aksariyat tadqiqotchilar suverenitet mohiyatidagi o‘zgarishlarning jiddiyligini va bu tushunchani qayta ko‘rib chiqish zarurligini hali ham tushunib yetmayaptilar.
Umumiy holda davlat hali ham tarixiy va siyosiy hayotning eng yuqori birligi bo‘lib qolmoqda. Biroq bugungi kunda ifodalangan erkinliklarning chegarasi bo‘lishga olib keluvchi va bu chegara doirasini davlatdan yuqori turuvchi ob’ektlarga beruvchi yangi kuchli omillar paydo bo‘lmoqda. Ko‘rib o‘tilgan tendensiyalar kelajakda rivojlanishda davom etadi. Masalaning murakkablik jihati shundaki, bu bir tomonlama va aniq jarayon bo‘lmasdan, ayrim yo‘nalishlarda suverenitetning kamayishi, lekin ba’zi yo‘llar bilan mustahkamlanishi va hatto o‘sishi kuzatiladigan ko‘p qirrali jarayondir. Shunga ko‘ra, milliy davlatlarni juda tez hisobdan chiqarib yuborish noto‘g‘ri, chunki u uzoq vaqt davomida yetakchi sub’ekt bo‘lib kelgan. Ayrim tadqiqotchilarning xavotirlari ham o‘rinliki, davlat suvereniteti va an’anaviy funksiyalarining keskin qisqarishi betartibliklarni keltirib chiqarishi mumkin75.
Umuman olganda, butun tarixni insoniyatning yaqinlashish jarayoni sifatida ifodalash mumkin. Shu sababli aynan globallashuv qachon boshlanganligi haqida qizg‘in bahs-munozaralar hali to‘htamagan. Ayniqsa, buyuk geografik kashfiyotlardan boshlab jahon integratsiyasining tezlashish jarayoni yaqqol ko‘zga tashlanadi. Biroq, globallashuv deb ataladigan hozirgi jarayon hali ham ilk bosqichlarda rivojlanib kelmoqda76.
Aniq aytish mumkinki, globallashuv dunyoning barcha sub’ektlariga bog‘liq bo‘lgan jarayondir. Davlatlar uchun umumiy bo‘lgan muammolar sonining ortishi, shuningdek, integratsion sub’ektlar soni va turlarining kengayishi bundan dalolatdir. Globallashuv jarayonlari keng ma’noda kurrai zamin miqyosiga ega bo‘lgan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotning asosiy sohalarida o‘zaro munosabatlarning keskin o‘sishi va murakkablashuvi bilan ajralib turadi77.
Boshqacha aytganda, alohida mamlakatlar, millatlar, mintaqalar va boshqa sub’ektlar (korporatsiyalar, turli uyushmalar va boshqalar) bir markazga birlashadi. Alohida mahalliy hodisalar va mojarolar ko‘plab mamlakatlarga ta’sir etadi, shu bilan birga, dunyoning eng muhim markazlaridagi qarorlar barcha mamlakatlar taqdiriga ta’sir qiladi.
Globallashuv juda xilma-xil jarayonlar majmui bo‘lib, hayotning deyarli barcha sohalari uning ta’siri kuzatiladi. Tabiatda ko‘pgina ijobiy va salbiy hodisalar ham global xarakter kasb etib kelmoqda. Masalan, atrof-muhitni muhofaza qilish uchun kurash, globallashuvga qarshi harakatning o‘zi, terrorizm, giyohvand moddalar savdosi va boshqalar. Bu borada islom dini bilan bir qatorda boshqa dinlarni ham globallashtirish g‘oyasi e’tiborlidir.
Har qanday taraqqiyot jarayonida vaziyatning ma’lum qismi vaqtincha bo‘lsa ham avvalgidan ham yomonroq holatga tushadi. Shuning uchun ham ayrim jarayonlarning kelajakda katta istiqbolga ega bo‘lishi ularning har bir jihati ijobiyligini e’tirof etishni nazarda tutmaydi. Jarayon tanqidchilarining ta’kidlashlaricha, globallashuv har doim ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Xususan, ular globallashuvning bir xil taqsimlanmagan afzalliklariga va turli mamlakatlar turmush darajasining kengayishiga ishora qilishadi. Tabiiyki, milliy suverenitetning kamayishi nafaqat ijobiy tomonga ega, balki salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqaradi. Har qanday keskin burilish kabi bu jarayon ham juda ko‘p salbiy holatlarni keltirib chiqaradi, masalan, vatanparvarlik kabi fazilatlarning zaiflashishi. Chegaralarning ochiqligi esa qaysidir jihatdan yaxshi, qaysidir jihatdan esa (masalan, terrorizmning tarqalishi nuqtai nazaridan) yomon. Ayniqsa, axloqiy yo‘nalishda mavjud bo‘lgan me’yorlarning o‘rnini bosuvchi, kerak bo‘lsa, undan-da kuchlilari targ‘ib qilinmasa, juda ko‘p salbiy oqibatlar kelib chiqadi.
Bir tomondan, ba’zi tendensiyalarga qarshi kurashish foydasiz. Biroq, boshqa tomondan, rivojlanish uchun to‘lanadigan “badal”ning turi va hajmi oldindan ma’lum bo‘lsada, muqarrar yuzaga kelishi kutilayotgan zararni birmuncha kamaytirish, o‘tish davri qiyinchiliklarini tinchlik bilan, salbiy oqibatlarni kamaytirgan holda amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi, ularning baynalmilallashuvi globallashuv mexanizmi sifatida harakat qiladi. Albatta, bu o‘zgarishlar, odatda, amaliy korporativ va shaxsiy maqsadlar uchun amalga oshiriladi. Lekin ular, dastlab, ba’zi sabablarga ko‘ra, keyinchalik butunlay kutilmagan va oldindan aytish qiyin bo‘lgan natijalarga olib kelishi mumkin. Biroq, jamiyatning boshqa quyi tizimlarida ishlab chiqarish va tarkibiy o‘zgarishlar o‘rtasida sezilarli vaqt oralig‘i mavjud. Bundan tashqari har doim jamiyatda turli omillar o‘rtasida murakkab bog‘lanishlar bor. Shunday qilib, ishlab chiqarish va siyosat o‘rtasidagi chuqur sabab-oqibat munosabatlari sezilarli darajada o‘zgarib, amalga oshiriladi shuning uchun ham ular har doim ham sezilavermaydi.
Biroq, zamonaviy texnik-iqtisodiy kuchlar qarshisida milliy chegaralar oldingiga qaraganda ancha jiddiylashganini inkor etish qiyin. Bunga ko‘pgina omillar, xususan, savdo, transportning kuchli rivojlanishi, xalqaro kapital, TMKlar va boshqalar yordam beradi78.
Shuni ham yodda tutish kerakki, “globallashayotgan dunyoda nafaqat davlatlar, balki ko‘proq hudud va mintaqalar o‘zaro aloqada bo‘ladi”.
Lekin bularning barchasi eski, avval o‘rganilgan fikrlar. Umumiy holatda quyidagilarni texnika va axborot sohalaridagi yangi tendensiyalar sifatidan alohida ajratib ko‘rsatish mumkin:
- axborot tarqatish tezligi va sayyoramizdagi istalgan joyda joylashgan odamlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkoniyati;
- efirga chiqish uchun texnik erkinlik;
- auditoriyaning bir necha marta o‘sishi;
- axborot olish imkoniyatining yuqoriligi va uning xalqaro miqyosda to‘liqligining ortishi;
- kompyuter texnologiyalari va kompyuterlarning mavjudligi. Majoziy ma’noda aytganda, zamonaviy inson turli xil ma’lumotlarni qabul qiladigan va uzatadigan, ko‘pincha, milliy chegaralarni chetlab o‘tadigan ministansiya funksiyalariga ega bo‘ladi79.
Ishlab chiqarishning eng tez o‘sayotgan sohalari, masalan, tijorat maqsadlarida tobora ko‘proq foydalaniladigan fazo yoki INTERNET o‘z tabiatiga ko‘ra alohida milliy doiralardan yuqori turadi80.
Milliy iqtisodiyotlar o‘rtasidagi yaqin aloqa dunyoning turli burchaklaridagi mahalliy inqirozlarga juda tez va asosan oldindan rejalashtirilmagan holda javob berishga olib keladi, so‘nggi yillarda turli mamlakatlarda yuz bergan inqirozlar buni tasdiqlaydi81. Ushbu beqarorlikning asosiy sabablarini siyosiy institutlar allaqachon milliy chegaralarni allaqachon tark etganligi va moliya (tovar va xizmatlar) bozorlaridagi tebranishlarni rejalashtiruvchi hamda boshqaruvchi jahon boshqaruv tuzilmalarini talab qiluvchi iqtisodiyotdan ortda qolayotganligi bilan izohlash mumkin.
Shunday qilib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘zgarishi, hayotning barcha sohalarida, jumladan, siyosiy sohada ham u yoki bu tarzda islohotlarga olib keladi. Martin Veberning fikricha, global iqtisodiyotning shakllanishi, alohida davlatlarning jahon tarixiy jarayonlariga ta’sirining zaiflashuviga olib keladi. Biroq davlatdagi o‘zgarishlar ko‘p jihatdan iqtisodiyot katta rol o‘ynaydi. Suverenitetni tubdan o‘zgartirish uchun esa jamiyatning boshqa sohalarida ham jiddiy islohotlarni amalga oshirish zarur.
Globallashuv jarayonlari chuqurlashib borayotgan bugungi davrda alohida mintaqalarda mavjud bo‘lgan turli transchegaraviy muammolar bir-biri bilan integratsiyalashib, global muammolar ko‘rinishiga keladi. Jahon miqyosida hozirgi davrda mavjud bo‘lgan transchegaraviy muammolar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
- suv transporti yo‘nalishlari;
- gidroenergetika sohasidagi energiya ta’minoti masalalari;
- yerlarni sug‘orishda mavjud bo‘lgan transchegaraviy suv manbalaridan foydalanish;
- turli texnogen holatlar (radiatsiya tarqalishi, suv toshqini va boshqalar);
- anklav va eksklav hududlardagi transport yo‘lagi masalalari va boshqalar.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan transchegaraviy muammolar globallashuv jarayonlari ta’sirida birlashadi va ushbu muammolarning bartaraf etilishi hudud bilan bog‘liq mamlakatlar manfaatlariga u yoki bu darajada o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Transchegaraviy muammolarni bartaraf etishda mazkur hududlarning mintaqalashuvi yechim sifatida qaraladi.
Kommunikatsiyalarning intensivlashuviga yordam beruvchi globallashuv transchegaraviy mintaqalarning shakllanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Ularning shakllanishida sanoat, transport, savdo korxonalari, ta’lim, ilmiy va madaniy muassasalar ishtirok etadi va ular o‘rtasida ko‘plab aloqalar o‘rnatiladi. Yevropada transchegaraviy hududlarning shakllanishida Yevropa Ittifoqining mintaqaviy siyosati katta yordam beradi, bu turli mamlakatlarning chegara hududlari, shu jumladan, Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi aloqalarni rivojlantirishga sharoit yaratadi.
Globallashuv sharoitida mintaqalashuvni o‘rganish juda dolzarb bo‘lib, Pol Krugman tomonidan ushbu masalani hal etish uchun “yangi iqtisodiy geografiya” doirasidagi urinishlar iqtisodiyot yo‘nalishida Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Transchegaraviy mintaqalashuv – umumiy mintaqalashuv jarayonining maxsus qismi hisoblanadi. Transchegaraviy mintaqalashuvni o‘rganishga o‘tishdan oldin, ushbu muammo ko‘rib chiqiladigan mintaqaviy paradigmani aniqlash kerak. Umuman olganda, aloqalarni intensivlashtirishga hissa qo‘shadigan globallashuv mintaqalashuvni oshirish ta’siriga ega. O‘z-o‘zidan shakllangan yoki maqsadli ravishda shakllangan mintaqalar qo‘shimcha raqobat afzalliklariga ega bo‘lishga harakat qiladilar. Ular iqtisodiyot va ijtimoiy sohani tezroq va har tomonlama rivojlantiradilar, innovatsiyalar orqali hududning barqaror rivojlanishini ta’minlaydilar. Natijada dunyoda yana qutblashuv jarayoni kuchayadi: mavjud resurslaridan eng samarali foydalanadigan hududlar boshqalarga nisbatan tezroq rivojlanadi.
Globallashuv sharoitida nazariy fikrlash va tahliliy amaliyot bilan isbotlangan va aksiomalar deb hisoblash mumkin bo‘lgan mintaqalashuv bilan bog‘liq uchta gipotezani ko‘rsatib o‘tish mumkin, Ular:
- globallashuv mintaqalashuvni kuchaytiradi;
- mintaqalashuv esa qutblanishga olib keladi ;
- dastlabki ikki aksioma asosida globallashuv qutblanishni kuchaytiradi.
Qutblanishning chuqurlashuvi, sivilizatsiyalarning siklik rivojlanishi va jahon yetakchiligining o‘zgarishi muqarrarligi haqidagi Kondratiyev-Vallerstayn gipotezasiga muvofiq, yangi o‘sish xodisalari paydo bo‘la olmaydi degani emas. Bu gipotezani mintaqaviy rivojlanish va raqobatni baholashda ham qo‘llash mumkin.
Bunda asosiy masala mintaqaviy rivojlanishni rejalashtirishda yuqoridagi aksiomalar mamlakatlar, mintaqalar va hududiy boshqaruv organlari tomonidan qanday qo‘llanilishi kerakligi hisoblanadi. Davlat organlari:
a) o‘sish nuqtalari rivojlanishini rag‘batlantirish orqali qutblanishni rag‘batlantirishi;
b) qoloq hududlarni qo‘llab-quvvatlash, qishloq-shahar hamkorligini rivojlantirish, rivojlanishning turli darajalariga ega bo‘lgan hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni rag‘batlantirish orqali uyg‘unlashuvni ta’minlashga intilishi;
s) mintaqaviy tafovutlarga befarq munosabatda bo‘lishi mumkin.
Transchegaraviy mintaqalashuvning paydo bo‘lishi ko‘p jihatdan iqtisodiy globallashuv jarayonlariga bog‘liq bo‘lib, bozorlarni mustahkamlash va iqtisodiyotni makon doirasida tashkil etishda yangicha yondashuvlarni talab qiladi. Lekin transchegaraviy mintaqalashuv davlatlar va xalqaro tashkilotlarning global masalalarni hal etish imkoniyatlari cheklanganligiga nisbatan munosabatdir. Tinch-totuv yashash va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash uchun jamoaviy harakatlarni tashkil etuvchi yangi tizimlar talab qilinadi.
Dunyoda paydo bo‘lgan izchil mintaqalarning umumiy iyerarxik tizimida transchegaraviy hududlarning o‘rnini 5.1-jadvaldagi kabi ko‘rsatish mumkin.

Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish