Global iqtisodiy rivojlanish


-jadval Ro‘yxatga olingan kompaniyalarning bozor kapitalizatsiyasi



Download 3,18 Mb.
bet95/173
Sana31.03.2023
Hajmi3,18 Mb.
#923702
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   173
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A , (2)

7.11-jadval
Ro‘yxatga olingan kompaniyalarning bozor kapitalizatsiyasi129, YaIMga nisbatan %da

Davlatlar

Ro‘yxatga olingan kompaniyalarning bozor kapitalizatsiyasi, %

O`zbekiston
- listing kompaniyalari soni
- bozor kapitalizatsiyasi hajmi

5 %
171 ta
1,8 mlrd AQSh dol.

Ukraina

11 %

Turkiya

23 %

Qozog`iston

35 %

Rossiya

44 %

Misr Arab Respublikasi

120 %

- bank tizimidan tashqari ishtirokchilarning baholanishi juda pastligi;


- rivojlangan kapital bozorlari bilan taqqoslaganda, xalqaro investorlar aylanma tarkibida nisbatan past ulushga egaligi;
- kapitalning kutilayotgan baland daromadi yuqori darajadagi mamlakat xavflar tufayli mamlakat investitsion salohiyatini sezilarli darajada cheklashi.
O‘zbekiston Respublikasining 2035 yilgacha rivojlanish Strategiyasida milliy kapital bozorlarini isloh qilishda quyidagi asosiy strategik tashabbuslarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:
2025 yilgacha bo‘lgan davrda:
1. Tartibga solish va nazorat qilishning xalqaro standartlarini moslashtirish, jumladan, korporativ boshqaruv, fondlar va kompaniyalar hisoboti standartlarini (shu jumladan, XMXS va XAS), mijozlarni tasniflash, ma’lumotlarni saqlash va oshkor qilish standartlari va boshqalar.
2. Professional bozor ishtirokchilari uchun axloq kodeksi va xatti-harakat standartlarini yaratish.
3. Kapital bozorida ishtirokchi davlatlarning jahon uyushmalariga, xususan, Osiyo va Yevropa nazorat va tartibga solish tashkilotiga kirishi.
4. Ichki qimmatli qog‘ozlar bozorining jalb qiluvchanligini oshirish, IIHni joriy etish va jismoniy shaxslarga tegishli soliq imtiyozlarini taqdim etish.
5. Investitsiya sinfidagi davlat va korporativ yevroobligatsiyalarni, shuningdek, yuqori kredit reytingiga ega davlat qisqa muddatli obligatsiyalari va mahalliy valyutadagi obligatsiyalar hajmini oshirish.
6. Standartlashtirish va nazorat qilish bo‘yicha mahalliy brokerlik kompaniyalarining rivojlanishi, shuningdek, xalqaro ishtirokchilarni kapital bozorlariga ishtirokchilar yoki hamkorlar sifatida integratsiyalashtirish.
7. FCA (Buyuk Britaniya) misolida keng vakolatlarga ega mustaqil moliyaviy tartibga soluvchi tizimni yaratish.
8. Sinov va tekshirish orqali moliyaviy bozorlar xodimlarini litsenziyalash.
2030 yilgacha bo‘lgan davrda:
1. Investorlar va biznes egalarining, xususan, innovatsion rivojlanish yo‘nalishlarida investitsion inkubatorlar va akseleratorlarni yaratish.
2. Zamonaviy iqtisodiyotning talablariga, xususan, jismoniy shaxslar uchun ETF, ishlab chiqarish korxonalari uchun resurslar va valyuta hosilalari va institutsional investorlar uchun tuzilmali mahsulotlar talablariga javob beradigan mahsulot portfelini rivojlantirish.
3. Birja AT-infratuzilmasining texnologik jihozlanishi va hisoblash quvvatini rivojlantirish.
4. Chet ellik investorlarni jalb qilish uchun maxsus soliq tartiblari tamoyillarini ishlab chiqish.
2035 yilgacha bo‘lgan davrda:
1. Likvidliklarni joylashtirish tizimlarini yaratish va korporativ segmentdagi bank mahsulotlari bilan integratsiyalash.
2. Chakana segmentdagi bank, sug‘urta va investitsion-jamg‘arma mahsulotlarining integratsiyalashuvi va hayot sikliga xizmat ko‘rsatish modeliga o‘tish.
3. Kapital bozori aylanmasi hajmini 2,5 mlrd. dollaridan 114,0 mlrd.dollarigacha oshirish.
4. Kapital bozori aylanmasi hajmini yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 3,7 %dan 80 %ga oshirish.
5. Xorijiy investorlar ulushini 43 %dan 70 %ga yetkazish.
6. Kapitaldan kutilayotgan daromadni 22,7 %dan 11,7 %gacha o‘zgartirish.
Milliy moliya bozori va uning tarkibiy qismlaridagi holat va o‘zgarishlar tendensiyalarini o‘rganish mamlakatimiz moliya bozorlari yaxlit bozor ko‘rinishiga yetib kelayotganligi va to‘laqonli faoliyat yuritishga qodirligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga moliya bozorlarida aniq muammolar mavjud bo‘lib, mamlakatni 2035 yilgacha rivojlantirish Strategiyasida ushbu muammolarni bartaraf etish va moliya bozorlarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.



Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish