Global iqtisodiy rivojlanish


Jahon iqtisodiyoti globallashuvining asosiy mexanizmlari



Download 3,18 Mb.
bet41/173
Sana31.03.2023
Hajmi3,18 Mb.
#923702
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   173
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A , (2)

3.2. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining asosiy mexanizmlari

Jahon iqtisodiyoti globallashuv jarayonlarini harakatga keltiruvchi kuchlarning aniq bir nuqtada uchrashishi natijasida yuzaga keluvchi mexanizmlar faoliyati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Bu mexanizmlar globallashuv jarayonlarining asosiy natijalarini aks ettiruvchi jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular globallashuvdagi raqobat, ishlab chiqarish ko‘lamining bir mamlakat doirasidan chiqib, ko‘p millatli ko‘rinish olishi, alohida yo‘nalish yoki hududda faoliyat ko‘rsatuvchi moliya bozorlarining birikishini ta’minlashi mumkin.


Jahon iqtisodiyotining globallashuvi jarayonni shakllantiruvchi hamda tezlashtirish uchun shart-sharoitlarni yaratib beruvchi uch asosiy mexanizmning amal qilishi bilan izohlanadi (3.4-rasm).



3.4-rasm. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining asosiy mexanizmlari
Jahon savdosida raqobatning kuchayishi natijasida, bir tomondan milliy ishlab chiqaruvchilar va tashqi raqobatchilar o‘rtasidagi raqobat, ikkinchi tomondan tashqi raqobatchilar o‘rtasidagi raqobat orqali iste’molchilar uchun juda qulay xarid va iste’mol sharoitlari yaratiladi.
Raqobat ko‘lami xalqaro ixtisoslashuv va turli sohalardagi hamkorlik ta’siri ostida xalqaro savdoda ishtirok etuvchi tashqi savdo operatsiyalari ishtirokchilari sonining keng o‘sishi bilan bog‘liq. Iqtisodiy hayotning baynalmilallashuvi raqobat bazasini kengaytiradi. Yirik monopoliyalar bilan bir qatorda o‘rta, kichik va hatto eng kichik firmalar ham bozor raqobatiga kirishadi. An’anaviy rivojlangan eksportga ega mamlakatlar raqobatiga “yangi industrial mamlakatlar” orasidan yangilari qo‘shilib, jahon bozoridagi vaziyatni o‘z foydasiga o‘zgartirishga qat’iy urinishlar qiladi. Milliy eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash va tashqi savdo operatsiyalarini shakllantirishda hukumatlarning faol ishtiroki me’yorga aylandi.
Raqobatning keng tarqalishi uning o‘ziga xos jarayonlari harakatini ham tezlashtiradi: uning shakl va usullarini jadal yangilash, yangi raqobatbardosh mahsulotlar va yangi bozorlarni izlab topish darajasi ortadi. Fan-texnika taraqqiyoti raqobatga maxsus o‘zgarish xususiyati (dinamika)ni beradi. Qayerda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, mahsulot sifatini yaxshilash va foydani maksimallashtirish bo‘yicha raqobat bo‘lsa, fan-texnika taraqqiyoti nafaqat raqobatning samarali vositasi, balki uning eng kuchli katalizatori sifatida maydonga chiqadi.
Fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish mahsulot turini yangilash, bozor talabidagi o‘zgarishlarga tez javob berish, mahsulot sifat xususiyatlariga o‘sib boruvchi talablarni qondirish uchun keng imkoniyatlar ochadi. Bugungi kunda yangilik raqobatbardoshlikning asosiy omillaridan biriga aylangani bejiz emas. Bu, asosan, butunlay yangi ehtiyojlarini yoki shunday yangi bozorlarni tashkil etish yoki allaqachon yuqori sifat darajasiga ega bo‘lgan ma’lum ehtiyojlarni qondirish imkonini beradi.
Jahon sanoati eksporti tahlili ushbu davrda kimning eksporti eng tez sur’atlar bilan ortib borayotganligi, ya’ni fan-texnika taraqqiyoti ta’siri bilan tez yangilanayotganligi, qaysi tovarlar raqobat ustunligiga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Mutaxassislarning fikricha, tubdan yangi mahsulot ishlab chiqarishni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan kompaniyalar ishlab chiqarishga joriy etilganidan keyin 5-10 yil ichida foyda o‘sish sur’ati an’anaviy mahsulot ishlab chiqarishni davom ettirayotgan raqobatchilarnikidan ikki barobar yuqori bo‘ladi. Yangi mahsulotlarning bozordagi muvaffaqiyatiga, an’anaviy narxlardan farqli o‘laroq, mahsulotning iste’mol xususiyatlari (sifat, yangilik, ishonchlilik va hokazolar)ga bog‘liq holda nisbatan yuqori narxlarni belgilash mumkin. Bu raqobatning narx bilan bog‘liq bo‘lmagan shakllari ahamiyatini oshirish konsepsiyasini qo‘llab-quvvatlashda kuchli dalildir.
Ayni paytda, narx asosidagi raqobat ma’lum darajada cheklangan, lekin uni yetarli darajada hisobga olmaslik xato bo‘ladi. Jahon amaliyotida mahsulotlar (yarim o‘tkazgichlar, maishiy elektron uskunalar)ning keng ko‘lamli va tez arzonlashishiga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Odatda, fan-texnika yutuqlaridan foydalanib narxlarni pasaytirish ishlab chiqarish xarajatlarini keskin kamaytirish orqali yuz beradi.
Uzoq vaqt davomida iste’molchilarning afzalliklari o‘zgarib turadigan markaz sifatida narxning ahamiyati sifat, yangilik, mahsulotning progressivligi va ishonchliligi, xalqaro standartlarga muvofiqligi, ishlash qulayligi, dizayni, iste’molga tayyorligi, texnik xizmat ko‘rsatish samaradorligi kabi ko‘rsatkichlar hisobiga pasayib bormoqda. Iste’mol qiymatlarining yangi tizimini tashkil etuvchi bu parametrlar raqobatning yangi epitsentrlarini tashkil etib, u alohida eksport qiluvchi firmalarni ham, eksportyor sifatida harakat qiluvchi butun mamlakatlarni ham qamrab oladi.
Iste’molchi talablari doirasi qanchalik keng va ularning darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, eksport qiluvchilarga va ularning raqobatbardoshligiga nisbatan talablar shunchalik kuchayadi. Zero, raqobatbardosh mahsulot, odatda, faqat raqobatbardosh korxona tomonidan ishlab chiqarilishi mumkin va bunday korxona o‘z mamlakatining raqobatbardoshligi sifatida tavsiflanadigan muayyan shart-sharoitlarga muhtoj.
Raqobatbardoshlik – bu korxonalarning raqobatchilar mahsulotiga nisbatan narx va narx bilan bog‘liq bo‘lmagan xususiyatlari bo‘yicha iste’molchilarga yanada jozibador bo‘lgan mahsulotlarni loyihalashtirish, ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha real va potensial qobiliyatidir.
Mamlakat raqobatbardoshligini aniqlash uchun 340 ga yaqin ko‘rsatkich va ekspertlarning 100 dan ortiq baholaridan foydalaniladi. Tahlil ma’lumotlari quyidagi omillarga asoslangan holda guruhlanadi:
- iqtisodiyotning salohiyati va o‘sish sur’atlari;
- sanoat ishlab chiqarish samaradorligi;
- fan va texnika yutuqlarining o‘zlashtirilish darajasi;
- ichki bozorning o‘zgaruvchanligi va sig‘imi;
- moliya tizimining moslashuvchanligi;
- iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ta’siri;
- ishchi kuchining malaka darajasi;
- mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik;
- ijtimoiy-iqtisodiy va ichki siyosiy vaziyat.
Jahon iqtisodiyoti globallashuvining yana bir mexanizmi bu – ko‘p millatli ishlab chiqarishning shakllanishi hisoblanadi.
So‘nggi o‘n yilliklarda xilma-xil, ko‘pincha bir-biriga zid ta’sir ko‘rsatuvchi jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayoni jamiyat iqtisodiy va siyosiy hayotining asosiy sohalarida bosqichma-bosqich chuqurlashib bormoqda. Tovarlar, xizmatlar, xodimlar va investitsiyalar transchegaraviy almashinuvining keskin o‘sishi o‘zaro bog‘liq ko‘plab omillar, shu jumladan, o‘z operatsiyalarini kengaytirishda chet el bozorlariga tobora ko‘proq yo‘naltirilgan firmalarning o‘zgaruvchan strategiyasining natijasidir. Masalan, “Fortune Global 500” ro‘yxatiga kiruvchi kompaniyalarining 98% dan ortig‘i tashqi bozorlarda faoliyat ko‘rsatadi.
O‘z navbatida, iqtisodiyotning globallashuvi firmalarning tashkiliy tuzilishi va geografiyasiga, shuningdek, ularning strategiyasi va taktikasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Firmalarni nafaqat milliy, balki mintaqaviy va global bozorlarda ham raqobatga kirishishiga hamda ushbu bozorlarda mavjud imkoniyatlardan foydalanishga majbur qiladi. Shunday qilib, ikki tomonlama jarayon rivojlanmoqda va tezlashmoqda, natijada globallashuv firmalar faoliyatiga ta’sir qiladi, uning natijalari globallashuv jarayonining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi.
Yirik transmilliy korporatsiyalar (TMK) xalqaro biznes sohasida eng muhim o‘yinchilar bo‘lishi davom etmoqda, ular faoliyatining baynalmilallashuvi asta-sekin xalqaro ishlab chiqarish makonini shakllantirmoqda, bu esa mamlakatlar, mintaqalar va tarmoqlarning tobora ko‘payib borishini qamrab olmoqda.
“Ko‘p millatli ishlab chiqarish” atamasining turli talqinlari mavjud. Ushbu ishlab chiqarishni xorijiy nazorat yoki qaror qabul qilish ostida tovarlar va xizmatlar, shuningdek, oraliq va yakuniy mahsulotlar ishlab chiqarish sifatida talqin qilinishi ushbu atamani aniq va lo‘nda izohlaydi33.
Xalqaro ishlab chiqarish ustidan nazorat sub’ektlari yirik ko‘p millatli korxonalar hisoblanadi34.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar (TTXI) ko‘p millatli ishlab chiqarish amalga oshiriladigan korxonalarni boshqarish ustidan nazoratni amalga oshirish uchun TMKlarning eng muhim vositasi hisoblanadi. Umumiy qabul qilingan ta’rifga ko‘ra, TTXI uzoq muddatli munosabatlarni talab qiladigan va boshqa mamlakatda faoliyat ko‘rsatuvchi korxona (to‘g‘ridan-to‘g‘ri investor) ustidan uzoq muddatli nazoratni aks ettiruvchi investitsiyadir.
Firmalar mavjud aktivlarni sotib olish yoki yangi investitsiyalar kiritish yo‘li bilan tashqi bozorlarda o‘z o‘rnini mustahkamlashi mumkin. Muayyan turdagi investitsiyalarni tanlash bir qator omillarga bog‘liq bo‘lib, ularning asosiy qismi investitsiya kiritilayotgan mamlakatning institutsional va madaniy xususiyatlari hisoblanadi. Mahalliy bozordagi bitim xarajatlari darajasi, mamlakatdagi erkinlashtirish va xususiylashtirish siyosati, mintaqaviy integratsiya darajasi, valyuta xatarlari, shuningdek, birlashish uchun kerakli moliyaviy vositachilar roli ham muhim ahamiyatga ega.
Ko‘p millatli ishlab chiqarish jarayoni ishlab chiqarishning milliy doiradan chiqib, xalqaro darajaga o‘tishi bilan xarakterlanadi va ushbu mexanizmning faoliyati yuqorida aytib o‘tilgan ko‘p millatli korxona (transmilliy korporatsiya)larning rivojlanishi bilan bog‘liq.
Globallashuv jarayonlarining rivojlanishida xalqaro moliya bozorlarining integratsiyalashuvi mexanizmi ham muhim o‘rin tutadi. Chunki ko‘p millatli ishlab chiqarishning shakllanishi va jahon savdosida raqobat jarayonlarining kuchayishi ko‘p jihatdan moliyaviy resurslarning ko‘chishi hamda ularning integratsiyasi bilan bog‘liq.
Xalqaro moliya bozorlarining integratsiyasi ko‘p millatli ishlab chiqarishning tayanch nuqtasi hisoblangan transmilliy va ko‘p millatli korporatsiyalar faoliyatini yo‘naltiruvchi ahamiyatga ega bo‘lish bilan birga, ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) jarayonlariga yangiliklarni joriy etish uchun zaruriy moliyaviy oqimlarni yo‘naltiradi.
Global iqtisodiyotning vujudga kelishini nafaqat tovarlar va xizmatlar eksportining ulkan ko‘lamlari, balki kapitalni olib chiqish, qimmatli qog‘ozlar, bank depozitlari, qarz talablari va majburiyatlari shaklidagi mulkchilik huquqlari savdosi namoyon etmoqda. Xalqaro fond va valyuta bozorlaridagi aylanmalar savdo aylanmalaridan o‘nlab, ba’zan yuzlab marta ortiqdir.
Jahon iqtisodiyoti faoliyatidagi kapital davriy aylanmasi qonuniyati moliyaviy bozor rivojlanishining ob’ektiv asosidir. Jahonning ba’zi joylarida ortiqcha erkin kapital paydo bo‘ladi, ba’zi joylarda unga talab paydo bo‘ladi. Jahon valyuta va moliya-kredit bozorlari bu qarama-qarshiliklarni jahon xo‘jaligi darajasida hal qiladi. Jahon valyuta, kredit, qimmatli qog‘ozlar bozorlari tashkil topishining ko‘rinishi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- kapitalning ishlab chiqarish va bank ishlaridagi konsentratsiyasida;
- xo‘jalik aloqalarining baynalmilallashuvida;
- banklararo telekommunikatsiyalarning rivojlanishida.
Jahon moliya markazlari bu - banklar, ixtisoslashgan kredit-moliya institutlari yig‘iladigan joy. Unda xalqaro valyuta, kredit, moliya operatsiyalari, qimmatli qog‘ozlar, oltin oldi-sotdisi amalga oshiriladi. Xalqaro moliya markazlari orasida London, Nyu-York, Frankfurt, Parij, Syurix, Tokiodagi bozorlar ajralib turadi.
Davlatlararo har tomonlama hamkorlikning bir ko‘rinishi sifatida xalqaro tashkilotlar va fondlar yuzaga chiqmoqda. Ular siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy sohalarda umumiy tusdagi maqsadlarga erishish uchun davlatlar, milliy institutlar, nodavlat assotsiatsiyalarni birlashtiradi. Xalqaro tashkilotlar o‘z faoliyatini har tomonlama muvofiqlashtirish uchun o‘z fondlarini tashkil etadilar.
Davlatlararo kelishuvlar asosida ishtirokchi davlatlarning yagona moliya va kredit siyosatlarini amalga oshirish uchun pul mablag‘larining davlatlararo maqsadli fondlari tuziladi. Davlatlararo fondlar (tashkilotlar) daromadlarini shakllantirish usullari va moliyalashtirish tusiga ko‘ra bir nechta turlarga bo‘linadi.
Moliya-kredit tashkilotlarining davlatlararo va xalqaro fondlari ushbu fondlarning asosiylaridan biri hisoblanadi. Ular nizom kapitalida ishtirok etuvchilarga maqsadli kreditlar ajratadilar va maqsadli fondlarni tashkil etadilar. Bu tashkilotlar faoliyati davomida olgan daromadlaridan ulushiga ko‘ra dividend to‘laydilar hamda turli maqsadlar uchun zahira fondlarini shakllantiradilar. Mazkur tashkilotlar jumlasiga Xalqaro investitsiya banki (XIB), Xalqaro iqtisodiy hamkorlik banki (XIHB), Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki (YETTB), Xalqaro Valyuta Fondi (XVF)ni kiritish mumkin.
Xalqaro moliya bozorlarining integratsiyalashuvi mexanizmi globallashuv jarayonining muhim qismi bo‘lib, jahon moliyaviy resurslarining mintaqalar hamda tarmoqlar kesimida taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini ta’minlaydi.



Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish