Global iqtisodiy rivojlanish


-rasm. Moliyaviy globallashuvning asosiy ko‘rsatkichlari



Download 3,18 Mb.
bet27/173
Sana31.03.2023
Hajmi3,18 Mb.
#923702
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   173
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A , (2)

1.5-rasm. Moliyaviy globallashuvning asosiy ko‘rsatkichlari12

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan jarayonlarni tizimli ko‘rsatkichlar asosida baholash jahon mamlakatlari, uning ayrim mintaqa va hududlarida globallashuv jarayonining holati va rivojlanish tendensiyalarini aniq baholash hamda jarayonlarni chuqurlashtirish yo‘nalishlarini to‘g‘ri belgilash imkonini kengaytiradi.


I bob bo’yicha qisqacha xulosalar
XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asrning o‘tgan 20 yilida jahon iqtisodiyoti taraqqiyotining o‘ziga xos jihatlaridan biri xalqaro iqtisodiy munosabatlarning global ravishda rivojlanib borishidir. Jahon xo‘jaligi tizimida alohida davlatlar guruhlari, xalqaro iqtisodiy guruhlar, alohida kompaniyalar va tashkilotlar orasidagi iqtisodiy munosabatlar borgan sari kengayib, chuqurlashib bormoqda. Bu jarayonlar xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va baynalmilallashuvida, ularning bir-biriga bog‘liqligi va yaqinlashuvida, mintaqaviy xalqaro tuzilmalar va davlatlar guruhlarining rivojlanishi va mustahkamlanishida namoyon bo‘ldi.
Global iqtisodiy munosabatlar tizimiga quyidagilar kiradi:

  1. Xalqaro mehnat taqsimoti.

  2. Xalqaro tovar va xizmatlar savdosi.

  3. Xalqaro kapital va investitsiyalar harakati.

  4. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi.

  5. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari.

  6. Global iqtisodiy integratsiya.

Jahon xo‘jaligi XX va XXI asrlar chegarasida to‘liq tizimga aylandi. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi rivojlanish jarayonida quyidagi bosqichlardan o‘tdi.
Hozirgi zamon jahon xo‘jaligi shakllanishining birinchi bosqichi (XIV – XIX asr oxiri) jahon tovar bozori va jahon savdosining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, u jahon xo‘jaligining globallashuv jarayonining dastlabki elementlariga aylandi.
Jahon xo‘jaligi rivojlanishining ikkinchi bosqichi (XIV asr oxiri – XX asr boshlari) kapitalizmning ishlab chiqarishni monopollashtirish bosqichiga o‘tishining dastlabki bosqichi sifatida tavsiflandi.
Globallashuvning uchinchi bosqichi (I va II jahon urushlari o‘rtasidagi davr) jahon iqtisodiy munosabatlarini o‘rnatishda o‘tgan muvaffaqiyatlar uchun halokatli bo‘ldi.
To‘rtinchi bosqich (ikkinchi jahon urushi oxiridan 90-yillar boshigacha) davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy reja munosabatlarini yangicha qayta qurish, jahon iqtisodiyoti uchun yangi tartib topishga urinish davri bo‘ldi.
Beshinchi bosqich (90–yillar boshidan hozirgi davrga qadar) jahon iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi davridir. Asosiy omillar – sotsialistik tuzumning qulashi, binobarin, Markaziy va Sharqiy Yevropadagi sobiq ijtimoiy blok davlatlar va qolgan mustamlakalarning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi, bu mamlakatlarda ochiq bozorlarning o‘sishidir.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi – siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy qarorlar qabul qilishda ustun ta’sir ko‘rsatish salohiyatiga ega bo‘lgan alohida shaxslar xulq-atvoriga (nano daraja), alohida korxonalar (mikro daraja), davlatlar ichidagi mintaqalarning tovar, moliyaviy, valyuta va mehnat bozorlari (mezo daraja), milliy iqtisodiyot (makro daraja) va xalqaro, shu jumladan mintaqaviy mamlakatlararo daraja (mega darajasi)da ta’sir qiluvchi iqtisodiy munosabatlarga ta’sir qiluvchi ko‘p darajali hodisadir.



Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish