10. Xalqaro Valyuta Fondi qachondan o‘z faoliyatini amalda boshlagan? A) 1950 yil
B) XVI asr o‘rtalari – XVII asrning ikkinchi yarmi
C) 1960 yil
D) 1946 yil
VIII BOB. GLOBALLASHUV SHAROITIDA ISHCHI KUCHI BOZORI VA MIGRASIYASI MUAMMOLARI
1. Qanday nazariyasining asosiy tamoyillari tashqi bozor aralashuvi natijasida muvozanatdan chiqib ketishi mumkin bo‘lgan erkin bozor faoliyati mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha yondashuvga asoslangan? A) Mehnat bozori nazariyasi
B) Bandlik klassik nazariyasi
C) A.Toffler nazariyasi
D) Bandlikning industrial modeli
2. Bandlik bozor mexanizmi tomonidan muvozanatga kelmaydi, balki u davlatning ishsizlik va inflyatsiya darajasini tartibga solish bilan bog‘liq iqtisodiyotga aralashuvi natijasida barqarorlashadi. Bandlik modellarining ushbu xususiyati qaysi modelda nazarda tutilgan? A) Bandlikning postindustrial modeli
B) Bandlikning klassik nazariyasi
C) Keyns modeli
D) Bandlikning yangi modeli
3. Moddiy ishlab chiqarish sohasining rivojlanishiga mutanosib holda sohada band bo‘lganlar miqdorining ortib borishi kuzatiladi. Bandlik modellarining ushbu xususiyati qaysi modelda ko‘rsatib o‘tilgan? A) Bandlikning yangi modeli
B) Bandlikning klassik nazariyasi
C) Keyns modeli
D) Bandlikning industrial modeli
4. Ishga yollangan mustaqil shaxslar ko‘chishi to‘g‘risida so‘z yuritilganda qachon yevropaliklarning okean ortiga chiqib ketishi eng yirik migratsion oqim deb hisoblanadi? A) XVIII–XIX asrlarda
B) XX asrning 50-yillarida
C) XIX–XX asrlarda
D) XIX asrning o‘rtalarida
5. Migratsion jarayonlarni rivojlanishining bu to‘lqini XIX asr oxiri – XX asrning boshida sodir bo‘lib, eski migratsiya nomini olgan. Bu davr uchun sanoat ishchilarining ko‘chishi xarakterlidir. A) ikkinchi to‘lqin
B) birinchi to‘lqin
C) uchinchi to‘lqin
D) ikkinchi va uchinchi to‘lqin
6. Migratsion jarayonlar rivojlanishining nechanchi to‘lqini XIX asrning deyarli 2/3 qismini tashkil qiladi va sanoat ishchilarining ko‘chishi xarakterli bo‘lib, eski migratsiya nomini olgan. A) ikkinchi to‘lqin
B) birinchi to‘lqin
C) uchinchi to‘lqin
D) ikkinchi va uchinchi to‘lqin
7. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng qoloq mamlakatlardan rivojlangan mamlakatlarga o‘zaro qarama-qarshi ikkita migratsion guruhlarning ko‘chib o‘tishi migratsion jarayonlar rivojlanishining nechanchi to‘lqini sifatida belgilanadi? A) ikkinchi to‘lqin
B) birinchi to‘lqin
C) uchinchi to‘lqin
D) ikkinchi va uchinchi to‘lqin