Gialinli tog’ay to’qimasi
Gialinli tog’ay ko’p uchraydigan tog’ay turidir. Embrion skeletinig ko’p qismi, voyaga
yetgan organizmda qovurg’alarning to’sh suyagiga tutashish joyi, bo’g’imlar yuzasi va havo
o’tkazuvchi yo’llar devori gialin tog’aydan tuzilgandir. U ko’kimtir rangi bilan farqlanadi.
Тog’ay tashqi tomondan biriktiruvchi to’qimaning yupqa qavati -perixondr bilan qoplangan.
Тog’ayning yuqori qavatidagi xondrotsit hujayralari xondroblast hujayralaridan ko’p farq
qilmaydi, chuqurroq qavatida esa tog’ay hujayralari asta-sekin kattalashadi. Хondrotsitning
yuzasi tekis bo’lmay, elektron mik-roskopda ko’rinuvchi mikrovorsinkalari bor. Bu hujayralar
yadrosi yumaloq bo’lib, xromatini kamdir. Sitoplazmasida konsentrik sisternalar shaklida
endoplazmatik to’r joylashganligi ko’rinadi.
Хondrotsit mitoz yo’li bilan bo’linadi. Hosil bo’lgan yangi hujayralar atrofida zich
hujayralararo modda bo’lgani uchun ular bir-biridan uzoqlashmay, izogen gruppalarini hosil
qiladi. Shuning uchun qari tog’aylardagi izogen gruppalar 8-10 tagacha xond-rotsitlar tutadi.
Hujayralararo moddaning holatiga ko’ra tog’ay hujayrasining shakllari turlicha bo’lishi mumkin.
Yosh tog’aydagi hujayralararo modda suvga va proteoglikanlarga boy, bu yerda tog’ay
hujayralari shakli yumaloq. Qari tog’aylarda hujayralararo modda zichlashgan bo’lib, hujayralari
odatda disk shaklini oladi. Yakka yoki izogen gruppalar atrofida yotgan hujayralararo modda
turlicha bo’yaladi, chunki uning tarkibida oqsillar va proteoglikanlar miqdori turlicha bo’ladi.
Hujayralararo moddaning hujayralar atrofida bevosita joylashgan, ko’p miqdorda
47
glikozaminoglikan va proteoglikanlar saqlovchi zonasi keskin bazofil bo’yaladi. Bazofil
bo’yaluvchi moddalar izogen gruppalarni har tomondan bir tekisda o’ragani uchun ular
sharsimon tanachalarni hosil qiladi. Yirik va qari tog’ayda bazofil tanachalar atrofida halqa
singari oksifil zona shakllanadi, chunki yosh ulg’ayib borgani sari tog’ay hujayralarining soni va
amorf moddada glikozaminoglikanlar miqdori kamayadi. Pirovardida hujayralararo modda
bazofiliyasining susayishi va unda kalsiy tuzlari o’tirishi kuzatiladi.
Hamma gilian tog’aylar ham bir xil tuzilishga ega emas, masalan, bo’g’imlar yuzasidagi
tog’ay perixondrga ega bo’lmaydi. Bo’g’im tog’aylarida uch zona ajratiladi. Тashqi zona mayda,
o’rta zona yirik, yumaloq hujayralardan, ichki zona esa kalsiy tuzlari o’tirgan tog’ay moddasidan
iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |