Gistologiya va embriologiya


Siyrak biriktiruvchi to’qima tolalari



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/79
Sana28.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#131350
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   79
Bog'liq
17gistologiyapdf

Siyrak biriktiruvchi to’qima tolalari 

 

Kollagen  tolalar.  Kollagen  (yunon.  kolla-yelim,  genos-yaratmoq,  yelim  hosil  qiluvchi 



demakdir)  faqatgina  asl  biriktiruvchi  to’qimada  bo’lmay,  balki  suyakda-ossein,  tog’ayda-

xondrin  tolalari  nomi  bilan  mavjud.  Kollagen  tolalar  siyrak  biriktiruvchi  to’qimada  turli 

yo’nalishda  yotuvchi  to’g’ri  yoki  egri-bugri  tortmalar  holida  joylashadi.  Kollagen  tolalar 

tarkibida fibrillyar oqsil-kollagen bo’lib, u fib-roblast hujayralarida polipeptid zanjirlar shaklida 

hosil  bo’la  boshlaydi.  Kollagen  tolalar  birlamchi  fibrillalardan,  ular  esa  protofibrillalardan, 

protofibrillalar esa tropokollagenlardan iborat. 

Hozirgi vaqtda kollagenning 12 tipi mavjud. Bu tiplar har xil a’zolarda bo’lgan kollagenning 

ximiya-viy tarkibi, joylashishi va xususiyatlariga ko’ra tafovut qilinadi: 

1-tip-terida, suyakda, ko’z muguz pardasida, sklerada uchraydi.  

2-tip-gialin va tolali tog’aylarda joylashadi.  

3-tip-homila  terisining  dermasida,  retikulyar  to’qimada  va  yirik  qon  tomirlar  devorida 

uchraydi. 

4-tip-bazal membranalarida va ko’z gavharini o’rovchi kapsulada joylashadi. Qolgan 5-12 

tipdagi  kollagenlarning  xususiyatlari  aniq  emas.  Kollagen  tolalarda  glitsin,  prolin,  oksiprolin, 

glyutamin,  asparagin  kabi  aminokislotalar  ko’p  bo’lib,  oltingugurt  saqlovchi  aminokislotalar 



 

43 


kam. Kollagen tolalar juda pishiq va cho’zilmaydi. Pay suyultirilgan ishqor va kislotalarda 10 

marta shishadi. 

Elastik  tolalar.  Elastik  tolalarning  hosil  bo’lishi  kollagen  tolalarning  hosil  bo’lishiga 

o’xshaydi. Fib-roblastlar elastik tolalarning ham hosil bo’lishida ishtirok etadi. Elastik tolalar 

tolali biriktiruvchi to’qimada va biriktiruvchi to’qimaning ba’zi boshqa turlarida uchraydi. Ular 

maxsus bo’yoqlar bilan bo’yalganda kollagen tolalardan aniq ajralib ko’rinadi. Elastik tolalar 

qalinligi  8-20  nm  keladigan  fibrillalardan  hosil  bo’lib,  tolalar  qalinligi  siyrak  biriktiruvchi 

to’qimada 1-3 mkm bo’lsa, elastik bog’lamlarda 8-10 mkm gacha yetadi. 

Elastik  tolalarda  kollagendan  farqli  ravishda  ko’ndalang  chiziqlik  yo’q.  Bu  holat  elastik 

tolani  hosil  qiluvchi  oqsillarning  betartib  joylashishi  bilan  ta’riflanadi.  Elastik  tola  oqsillari 

umumiy qilib, elastin deb ataladi. 

Elastik tolalar yaxshi cho’ziladi, lekin uzilishi ham oson. Elastik tolalarda vaqt o’tishi bilan 

mineral tuzlar o’tirib, uni sinuvchan qilib qo’yadi.  

Retikulyar  tolalar.  Biriktiruvchi  to’qimaning  ba’zi  turlarida,  qon  yaratuvchi  a’zolar 

stromasida, jigarda, qon tomirlar, mushak va nerv tolalari atrofida kollagen va elastik tolalardan 

tashqari  retikulyar  yoki  retikulin  tolalar  ham  uchraydi.  Bu  tolalar  3-tipdagi  kollagenga  kirib, 

kumush tuzlari bilan impregnatsiya qilinganda aniq ko’ringani uchun ba’zan argirofil tolalar ham 

deb ataladi. Retikulyar tola deb nomlanishi ularning to’r hosil qilishini bildiradi. 

Retikulyar tolalar kuchsiz kislota, ishqorlar va tripsin ta’siriga chidamlidir.  

Retikulyar  (to’rsimon)  to’qima  (textus  reticularis).  Bu  to’qima  retikulyar  hujayralar  va 

retikulin  tolalardan  tashkil  topgan.  Retikulyar  hujayralar  to’siqlari  bilan  birlashib,  to’rsimon 

tuzilmani  hosil  qiladi.  Retikulyar  hujayralarga  retikulin  tolalar  zich  tegib  turadi.  Retikulyar 

to’qima  organizmning  turli  qismlarida  uchraydi.  Bu  to’qima  suyak  ko’migi,  limfa  tuguni  va 

taloqning  stromasini  hosil  qiladi.  Retikulyar  to’qi-mani  ichak  shilliq  qavatida,  buyrakda  va 

boshqa  organlarda  ham  uchratish  mumkin.  Uning  asosiy  vazifalaridan  biri  qon  shaklli 

elementlari ishlab chiqishda maxsus mikromuhit hosil qilishdir.  

Retikulyar  to’qimaning  ba’zi  hujayralari  to’rdan  ajrab,  erkin  retikulyar  hujayralarni  hosil 

qiladi.  Тaloq  va  limfa  tugunining  retikulyar  to’qimasidan  qon  yoki  limfa  doimo  o’tib  turadi. 

Shuning uchun bu a’zolarning retikulyar hujayralari yot antigen bilan to’qnashadi va shu antigen 

to’g’risida limfotsitlarga ma’lumot yetkazib beradi. 

 


Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish