Mikroskopik tadqiqotlar
Organizm to’qimalari va organlarining sog’lom holatini, tuzilishini, kasalliklarda sodir
bo’ladigan patologik-morfologik o’zgarishlarni chuqur va mukammal o’rganish uchun, avval
ulardan gistologik preparatlar tayyorlanadi. Gistologik preparatlar tayyorlash usullari, masalan,
sitologiya, embriologiya va patologik anatomiyadagi usullar bilan deyarli bir xil.
Gistologik preparatlar qanday mikroskopda tekshirilishiga qarab yetarli darajada yupqa
bo’lishi kerak. Masalan, yorug’lik mikroskopida o’rganiladigan preparatlarning qalinligi 1
mikrometrdan 50 mikrometrgacha bo’lganda ular nur tutamini oson o’tkazadi. Elektron
mikroskopda o’rganiladigan prepa-ratlarning qalinligi esa 30 nanometrdan 60 nano-metrgacha
bo’lganda ular elektronlarni bemalol o’tkaza oladigan bo’la oladi. Preparatlar tirik to’qimalardan
ham, nobud bo’lgan, ya’ni fiksatsiya qilingan to’qima-lardan ham tuzilmalar olib tayyorlanishi
mumkin. Fiksatsiya deganda, tuzilmalarning butunligini saqlab qolish uchun ular aynimasligini
chorasini ko’rish tushuniladi. Buning uchun organ yoki to’qimadan kesib olingan kesma
fiksatorga-spirt, formalin, buen eritmasi, og’ir metall tuzlari, fiksatsiyalovchi aralashma
kabilarga solib qo’yiladi yoki muzlatiladi. Kesmalarni bo’yash deganda esa, kesmadagi ayrim
tuzilmalarning kontrastligini oshirish uchun ularni turli xil bo’yoqlar bilan bo’yash tushiniladi.
Bo’yoqlar kislotali va neytral bo’ladi. Har ikkala bo’yoqlar bilan bo’yaladiganlari neytrofil
tuzilmalar deyiladi. Тayyor preparatlarni maxsus usullar bilan bir necha daqiqadan bir necha
yillargacha saqlab qo’yish va o’rganish mumkin.
Gistologik preparatlar, odatda, turli tekshirish-mikroskopiya usullari yordamida tadqiq
qilinadi. Biologiya laboratoriyalarida aksari yorug’lik mikros-kopidan foydalaniladi. Bu
mikroskopning 50 dan ortiq markasi bor, ular yo tabiiy yorug’lik bilan, yoki sun’iy yorug’lik
bilan ishlaydi.
Hozirgi vaqtda gistologik preparatlarni mikros-kopda ko’rishning eng asosiylari ustida
qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Qorong’i maydonli mikroskopda ko’rish. Bu mikroskopning tuzilishi va unda preparatlarni
ko’rish prinsipi yorug’ maydonli mikroskopdagi bilan deyarli bir xil bo’lib, u tirik hujayra va
to’qima tuzilma-larini o’rganishga mo’ljallangan. Unda hujayrani qorong’i mayonda ko’rish
maxsus kondensor yordamida amalga oshiriladi, ya’ni yorug’lik nuri kondensor orqali ob’ektga
qiyalatib tushiriladi.
Fazali kontrast mikroskopda ko’rish. Bo’yalmagan tirik hujayralar, odatda, yorug’lik
nurini tutib qolmasdan, o’zidan o’tkazib yuboradi. Shuning uchun ular mikroskopda ko’rinmaydi
yoki anglab bo’lmas darajada ko’rinadi. Ularni ko’rish uchun tegishli bo’yoqlar bilan bo’yashga
to’g’ri keladi. Fazali kontrast mikroskopiya usuli o’rganilayotgan bo’yalmagan tuzilmalarning
bizga zarur bo’lgan kontrastligini ta’minlaydi. Kontrast-likni odatda, ob’ektivdagi fazali
plastinka deb ataladigan kondensorga o’rnatilgan maxsus halqa diafragma hosil qiladi. Ob’ektni
qanchalik yaxshi ko’rish nurning qancha sinishiga bog’liq, yorug’lik nuri ob’ektdan qancha tez
o’tsa, uning yoritilishi, demak, kontrastligi shuncha ortadi, binobarin, hujayra tuzilmalari ham
shunga yarasha yaxshi ko’rinadi.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |