Gistologiya va embriologiya


-mavzu. ICHKI MUHIT TO’QIMALARI



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/79
Sana28.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#131350
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   79
Bog'liq
17gistologiyapdf

5-mavzu. ICHKI MUHIT TO’QIMALARI   

QON VA LIMFA 

 

Reja: 

 

1. 



Ichki muhit to’qimalarining ta’rifi. 

2. 


Qonning vazifalari. 

3. 


Qon plazmasi. 

4. 


Qonning hujayralari. 

5. 


Qon hosil bo’lishi. 

6. 


Limfa. 

          7.          Adabiyotlar. 

8.        Тayanch iboralar. 

 

Mezenximadan  hosil  bo’lib,  tayanch-trofik  vazifani  bajaruvchi,  lekin  tuzilishi  bilan 



farqlanuvchi  to’qi-malar  ichki  muhit  to’qimalari  (tayanch-trofik,  birik-tiruvchi  to’qima)  nomi 

bilan ifodalanadi. Bu to’qima tarkibiga qon, limfa, siyrak va zich biriktiruvchi to’qima, retikulyar 

to’qima, tog’ay va suyak to’qimasi kiradi. 

Ichki  muhit  to’qimasini  o’rganish  I.I.  Mechni-kovning  klassik  eksperimental  ishlaridan 

boshlandi. I.I. Mechnikov birinchi bo’lib fagotsitoz nazariyasini yaratdi. 

Biriktiruvchi  to’qima  hujayralarining  kelib  chiqishi  ustida  taniqli  rus  gistologi 

A.A.Maksimov  bir  qator  noyob  eksperimental  ishlar  qildi  va  u  birinchilardan  bo’lib  qon  va 

biriktiruvchi to’qimalar genetik va funksional nuqtai nazardan bir ekanligini isbotladi. Rus olimi 

A.A.Zavarzin  va  uning  o’quvchilari  tomonidan  yillar  davomida  biriktiruvchi  to’qima  va  qon 

hujayralari ustida olib borilgan izlanishlar bir qator yangi fikrlar tug’dirdi. Jumladan, u struktura 

bilan  funksiyaning  birligini  ta’kidlab,  retikulo-endotelial  sistemaning  organizmdagi  rolini 

chuqur va asosli qilib ko’rsatib berdi. Biriktiruvchi to’qima haqidagi fikrlarning  rivojlanishiga 

rus  olimlari  A.A.  Bogomols,  G.K.  Хrushchev,  N.G.  Хlopin,  A.V.  Rumyansevlar  katta  hissa 

qo’shdilar.  Keyingi  yillarda  yangi  usullarning  qo’llanish  natijasida  biriktiruvchi  to’qima 

haqidagi fikrlar ham ancha ilgarilab ketdi. 

Hamma  ichki  muhit  to’qimalari  uchun  xos  umumiy  xususiyat-bu  ularda  hujayralar  va 

hujayralararo  moddalarning  mavjudligidir.  Ichki  muhit  to’qimasi-ning  qon  va  limfa 

to’qimasidagi hujayralararo modda suyuq bo’lsa, tog’ay va ayniqsa, suyak to’qimalarida uning 

zichlashganligini kuzatish mumkin. 

Bajaradigan vazifasi bo’yicha ham ichki muhit to’qimasining tarkibiy qismi bir-biridan farq-

lanadi.  Qon,  limfa,  siyrak  biriktiruvchi  to’qima  butun  organizmni  ozuqa  moddalar  bilan 

ta’minlagani  uchun  ularni  trofik  to’qimalar  deb  ataladi.  Shu  to’qimalar  organizmga  tushgan 

mikroblar  va  yot  oqsillar  bilan  kurashda  asosiy  o’rin  tutadi.  Qon  va  biriktiruvchi  to’qima 

hujayralari  fagotsitoz  qilish  va  antitelolar  hosil  qilish  qobiliyatiga  ega.  Ichki  muhit  to’qima-

sining  boshqa  turlari  esa  ko’proq  mexanik  vazifani  bajaradi.  Ular  suyak,  tog’ay  va  zich 

biriktiruvchi to’qimalardir.  

Ichki  muhit  to’qimasi  hujayralari  epiteliy  to’qimasidan  farqli  ravishda  nopolyar 

hujayralardir. Shunday qilib, ichki muhit to’qimasi mezenximadan rivojlanib, organizm ichida 

joylashadi va trofik, himoya va tayanch vazifalarini bajaradi. 

Ichki muhit to’qimasini quyidagicha klassifikatsiya qilish mumkin:              




 

28 


      Qon limfa va to’qima suyuqligi bilan birlikda organizmning ichki muhitini tashkil qiluvchi 

to’qi-madir.  Qon  harakatchan  muhit  bo’lib,  o’z  tarkibini  doimo  o’zgartirib  turadi.  Qon 

tarkibining  o’zgarishi  tartibsiz  bo’lmay,  balki  organizmning  ma’lum  funk-sional  holatiga  mos 

ravishda yuz beradi. 

Qon tarkibining organizm funksional holati bilan o’zaro bog’liqligi meditsina amaliyotida 

katta ahamiyatga ega, chunki ko’p hollarda qondagi o’zgarishlar ikkilamchi bo’lib, turli organlar 

fiziologik vazifa-sining buzilishi tufayli kelib chiqadi. 

I.A.Kassirskiy  iborasi  bilan  aytganda  "qon-organizmning  oynasi  bo’lib,  unda  organ  va 

to’qimalarda bo’ladigan har xil o’zgarishlar o’z aksini topadi". 

Qon  suyuq  hujayralararo  modda-plazmadan  va  unda  muallaq  joylashgan  shaklli 

elementlardan iborat. Ularning o’zaro nisbati sog’lom odamda 50:45 ni tashkil etib, gematokrit 

ko’rsatkich  deb  ataladi.  Gematokrit  ko’rsatkichning  u  yoki  bu  tomonga  o’zgarishi  qonning 

suyulishi yoki quyilishini ko’rsatib, muhim diagnostik belgi hisoblanadi. 

Qon  miqdori  voyaga  yetgan  organizmda  tana  og’irligining  taxminan  7  protsentini  tashkil 

etib, o’rta hisobda 5-5.5 litrga teng. 

Qonning vazifalari: 

1) transportlik va trofik vazifasi-o’pkadan kislorodni to’qima va organlarga yetkazib, ulardan 

karbonat angidridni olib ketadi; ichak va me’dada so’rilgan va organizm uchun muhim bo’lgan 

har xil oziq moddalarni to’qimalarga yetkazib beradi; 

2) himoya vazifasi - asosan oq qon tanachalari tomonidan bajariladi va organizmga tushgan 

mik-roblar,  zaharli,  begona  zarrachalarni  fagotsitoz    qilishdan  iborat  bo’ladi.  Qon  tarkibida 

maxsus oqsil moddalar-antitelolar bo’lib, ular o’z navbatida organizmga tushgan begona oqsillar, 

mikroblarga  javoban  ishlab  chiqariladi.  Antitelolarning  asosiy  roli  ko’rsatib  o’tilgan 

antigentlarni zararsiz-lantirish hisoblanadi; 

3)  gomeostatik  vazifasi-qon  orqali  har  xil  organ  va  sistemalarning  fiziologik  faoliyatini 

bajarishda ishtirok etuvchi gormonlar va turli xil moddalar tashiladi. O’z ximiyaviy tarkibining 

muayyanligi  tufayli  qon  organizmda  fizik-kimyoviy  ko’rsat-kichlarning  doimiyligini, 

chunonchi,  tana  haroratining,  osmotik  bosimning  va  organizmdagi  kislota-asos  tengligining 

doimiyligini ta’minlab turadi. 

 


Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish