Organizmning tarixiy rivojlanishi davrida turli fiziologik vazifalarni bajarishga moslashish
nati-jasida hujayralar shaklini va ichki tuzilishini morfologik jihatdan unga muvofiq ravishda
o’zgar-tiradi, deb yuqorida aytib o’tilgandi. Bunday o’zga-rishlarni organizmning har xil
qismlarida uchraydigan epiteliy hujayralaridan yaxshi ko’rish mumkin. Bu hujayralarning
ko’pchiligida turlicha maxsus stuktu-ralar hosil bo’lgan. Bular hujayra sitoplazmasining
tabaqalanishi natijasida paydo bo’lib, o’ziga xos fiziologik vazifalarni bajarishga moslashgan.
Epiteliy to’qimasi hujayralarida uchraydigan bunday maxsus strukturalarga: mikrovorsinkalar,
Mikrovorsinkalar-mayda sitoplazmatik o’simta bo’lib, hujayraning apikal qismi yuzasida
joylashgan, shakli silindrsimon, uchi yumaloq, ya’ni gumbazsimon bo’ladi. Har bir hujayrada
bunday mikrovorsin-kalarning soni 1000 taga yaqin bo’ladi. Ularni faqat elektron mikroskopda
kuzatish mumkin. Kiprikchalar tashqi ko’rinishidan mayda tukchalarga o’xshagan bo’lib,
tebranuvchi epiteliy hujayralarining apikal qismi yuzasini qoplab turadi. Ularning soni 250-300
23
taga yetadi. Kiprikchalar xuddi protoplazmatik o’simtalarga o’xshab, tashqi tomondan hujayra
apikal qismidagi membrana bilan qoplangan bo’ladi. Kiprikchalar o’ziga xos morfologik
tuzilishga ega. Ularda ko’ndalang kesimi mikroskopda ko’rilganda markazida bir juft, periferik
qismida esa 9 juft mikronaychalar borligi aniqlangan. Elektronmikroskop yordamida
o’rganilganda ular hujayra sitoplazmasining apikal qismida joylashgan bazal tanachalar bilan
bevosita tutash-ganligi ma’lum bo’ldi. Kiprikchalarning uzunligi bo’ylab mikronaychalar o’tgan
bo’lib, ular ko’ndalang kesimining o’lchami 200-250Е ni tashkil qiladi. Mikronaychalarning
ikkitasi, odatda, kiprikchaning o’rtasida, qolgan to’qqiz jufti chekka qismida joylashgan bo’ladi.
Хivchinlar ayrim umurtqasiz hayvonlardan ignatanlilar, yelka oyoqlilar va bosh
skeletsizlarning ovqat hazm qilish sistemasi epiteliysini tashkil etuvchi hujayralarning apikal
yuzasida bittadan o’simtasi bo’lib, bu epiteliy bir qavatli, bir qatorli xivchinli prizmasimon
epiteliy deyiladi. Yuqori tabaqalangan umurtqali hayvonlarning spermatozoi-dining harakat
organi ham xivchinlarga kiradi. Хivchinlarning o’ziga xos vazifasiga qaramasdan, morfologik
tuzilishi kiprikchalarga o’xshaydi. Epite-liy kiprikchalari hamda xivchinlarning ko’ndalang
kesimi elektron mikroskopda ancha yaxshi o’rganilgan.
Patli epiteliy sudralib yuruvchilar va ayrim qushlar ko’zi pirillash pardasining ichki tomonini
qoplovchi epiteliyning apikal qismida joylashgan. U ko’zning shox (muguz) pardasini muttasil
tozalab turadi. Bunga bir qavatli, ko’p qatorli prizmasimon patli epiteliy deyiladi.
Тonofibrillalar epiteliy hujayrasi sitoplazma-sining tabaqalanishi jarayonida hosil bo’ladigan
o’ziga xos element. Har bir tonofibrillaning diametri 60-150 A ga teng bo’lib, juda mayda
keratindan tashkil topgan tonofilament, ya’ni protofibrilla tolachala-ridan iborat. Hozirgi zamon
tekshirishlar shuni kursatadiki, tonofibrillalar yonma-yon turgan hujayralar membranasiga
tutashib turadi, lekin bir hujayradan ikkinchi bir hujayra sitoplazmasiga o’tmaydi. U epiteliy
hujayrasi va to’qimani mustahkamlashda aktiv ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: